1
1
И.А.Каримов, Амир Темур ҳақида сўз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, 34-б.
I bob. Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari.
1-§. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.
XIV asr o„rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo„rlari
taxt, hokimiyat uchun o„zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib
Sharqiy Turkiston yerlarida Mo„g„liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni
etib Chig„atoy avlodidan Tug„luq Temur ko„tarildi. Tug„luq Temur dastlabki
davrlardanoq o„z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga bir
necha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o„zaro urushlar avj olib,
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga
mo„g„ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron,
mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi.
Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo„ja Ilg„or qishlog„ida Barlos
beklaridan Muhammad Tarag„ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25
sha'bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag„ay bahodir Qashqadaryo
vodiysidagi barlos urug„ining boshlig„i bo„lib, Xoja ilg„or qishlog„idan edi.
Onasi esa Takina Moh begim bo„lgan.
Amir Muhammad Tarag„ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi
bo„lgan. U o„z zamonasining obro„li, e'tiborli, ziyoli o„ziga to„q shaxslaridan
bo„lgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi ta'lim va tarbiya ko„rgan.
Ko„pchilik adabiyotlarda ataylab uni “savodsiz”, faqat “qonxo„r”, “zolim” shoh
sifatida tasvirlanishi haqiqatga to„g„ri kelmaydi
2
.
Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo„lgan ermak
o„yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o„yinlar bilan shug„ullandi.
Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san'atini
mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo„lib yetishadi. Endi u
o„z tengqurlarini guruhlarga bo„lib, jang mashqlarini o„tkaza boshlaydi.
3
1
1
Якубовский А. Темур. Вопросы истории. 1946. № 8-9. с. 42-74.
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 14-15 б.
Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur
yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo„lib, u o„z atrofiga barlos
urug„idan chiqqan yosh jangchilarni to„plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug„luq
Temur hyech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida
Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarliq milliy g„urur va iftixor
hissiyoti kuchli bo„lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini
dushman qo„liga bermaslik uchun Tug„luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada
uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq
oladi.
Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqliq o„zaro
kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to„g„ri yo„l edi.
Chunki Movarounnahr amirlarining Tug„luq Temurga qarshi bosh ko„tarib
chiqishi mug„ul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron
etishiga olib kelishi muqarrar edi.
Tug„luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o„g„li
Ilyosxo„jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo„jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o„sha
vaqtda Balx hokimi bo„lib turgan Amir Qozog„onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq
to„zadi. Temur o„z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mo„g„ullarga qarshi kurash
boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo„lgan janglarning birida, aniqrog„i
Seyistonda turkmanlarga qarshi bo„lgan janglarda o„ng qo„li va o„ng oyog„idan
yaralanib bir umrga oqsoq bo„lib qoladi.
1363 yilda Tug„luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo„lgan kurashlarni
kuchaytirib yuboradi. Lekin mo„g„ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahr yerlarini
bermasliklari ma'lum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tug„luq Temur
vafotidan so„ng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qo„shinlari
1365 yilda Ilyosxo„ja qo„shinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va
Chinoz oralig„ida bo„lgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar o„rtasidagi kelishmovchilik
tufayli mag„lubiyat bilan tugaydi. Ushbu voqyealardan so„ng Amir Husayn va Amir
Temur o„rtasida dastlabki ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da g„alabaga erishgan
Ilyosxo„ja uchun Movarounnahrga keng yo„l ochilgan edi.
U katta qo„shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda
Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr boshliq sarbadorlar Ilyosxo„jaga qarshi
chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko„rsatib qarshilik
qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan mo„g„ul qo„shinlari
Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo„ladilar.
Movarounnahrda mo„g„ullar ustidan qozonilgan g„alaba haqida xabar eshitgach,
Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo„l olib Samarqand yaqinidagi Konigil
degan joyda sarbadorlarning rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o„zaro
kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo„li bilan o„ldiriladi.
Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi
tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur o„rtasidagi
munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.
Bu vaqtga kelib butun Movarounnahr yerlarida o„zaro urushlardan so„ng ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol og„irlashib ketgan edi. Mana shunday bir vaqtda, mamlakatda o„zaro
urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda
zarur edi. Buni birinchi bo„lib anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi
zimdan kurash olib borib 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq
bo„ladi.
4
Vatan haqida qayg„urish, Vatan mustaqilligini tiklash haqidagi fikrlar shu
yillar yuzaga chiqib, Amir Temur Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda
Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.
Biroq mamlakatda ahvol og„ir edi. Movarounnahr hududi hali mo„g„ul
istilochilaridan batamom xalos bo„lmagan, qashshoqlikka mahkum etilgan mehnatkash
xalq og„ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Amir Temur taxtga o„tirgach, birinchi
harakatni mamlakatni mo„g„ul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil markazlashgan
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 21-23 б.
davlatni barpo qilishga qaratdi. Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib
qoidalar joriy qildi.
1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga
kirishadi. Shuningdek, qo„rg„on va saroylar bino qildiradi. Bu qurilishlar
mo„g„ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.
Dostları ilə paylaş: |