Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B
Umar Shayx Mirzo Umar Shayx Mirzo Amir Temurning 2-o„g„li bo„lib 1356 yilda tug„ilgan.
Umar Shayx Mirzoningonasi To„lin Og„odir.
Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak bo„lib, mohir chavandoz
va tolmas jangchi bo„lgan. Shu bois bo„lsa kerak, uning jangovarlik faoliyati
haqida ko„pgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan.
1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi
olib borgan jangida 15 yoshli Umar Shayx Mirzo alohida jangovarlik namunasini
ko„rsatgan. Shuningdek, u Farg„onada mo„g„ullarga qarshi ko„pgina janglarda ishtirok
etadi. U o„zining mardligi bilan sohibqiron qo„shinida ustuvor sarkarda bo„lgan.
Umar Shayx Mirzo Sirjon qal'asini muhosara qilish ishini amir Idigu
barlosga topshirib, o„zi Sherozga keladi. Sherozda ishonchli kishilardan amir Sanjaq
huzuriga kelib, uni fors mamlakatlarini zabt qilish ishiga mutassadi qilib, so„ngra otasi
sohibqironning huzuriga jo„naydi. Umar Shayx Mirzo Kurdistondan o„tib
borayotganda, yo„l chekkasidagi Harmotu qal'asiga ko„zi tushadi. Qal'ani yaqinroqdan
tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qal'a tomon nazar tashlaydi. Shu payt qal'a
ichidan otilgan nogahoniy
o„q Mirzoning qulog„i tagidagi ko„k tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu
zahotijon beradi.
Umar Shayx Mirzo jasadini avval Sherozga muvaqqad dafn qiladilar.
Keyinchalik marhum Umar Shayx Mirzoning xotinlari Sevinch Qutlug„ Og„o
begim, Beka Mulk Og„o begim va Mulkat Og„o begimlar hamda hali voyaga
yetmagan (sag„ir) o„g„li Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga (Shahrisabz)
olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar.
Marhum Umar Shayx Mirzodan olti o„g„il qoladi. Ularning kattasi Pir
Muhammad Mirzo 16 yoshda edi. Undan keyingilari Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo,
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 69-81 бб.
Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi. Amir Temur Fors
mamlakatining hukmdorligini 16 yoshli Pir Muhammad Mirzoga topshiradi.
11