1411 yilda u Kermon viloyatiga karab yo„l oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412
yilda esa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yo„l oladi va shu asnoda mag„lubiyatga
uchrab poytaxtni Isfanxonga ko„chiradi.
Iskandar Mirzoning
Pir Ali Mirzo degan o„g„li bo„lgan. U 1400 yilda tug„ilib,
otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan o„tadi.
12
Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 o„g„lidir. U 1388 yilda tug„ilgan. U
1404 yilda Temurning Xitoyga yurishida o„ng qo„li bo„lgan. Temur vafotidan keyin u
Shohruh Mirzo xizmatida bo„ldi. 1409 yilda Hisor viloyatini bo„ysuntirish uchun
jo„natadi. Shu yildan e'tiboran Farg„ona hukmronligini oladi. Urushlardan so„ng u 1416
yil Hirotga qaytib keladi. Uni qamalda ushlaydilar. U Ka'batulla ziyoratiga yo„l oladi va
qaytib kelmaydi, 1425 yilda o„sha yerda vafot etadi.
Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5 o„g„lidir. U 1391 yilda
tug„ilgan. Otasi vafotidan so„ng Shoxruh, Mirzo mulozamatida bo„lgan. Unga Shibirg„on
viloyatini suyurg„ol qilib bergan. U 1429 yilda vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo va
Usmon Mirzo degan o„g„li bo„lgan.
Boyqaro Mirzo Umar Shayx Mirzoning 6 o„g„lidir. U 1393 yilda tug„ilgan.
Uning onasi Mulkat og„o begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi. Amir
TUmur vafotidan so„ng u Shoxruh, Mirzo huzurida mulazamatda bo„ladi.
1414 yilda Shoxruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand
qal'alari hamda butun Luristonni suyurg„ol qilib beradi. U 1415 yilda Sherozga
yuradi. Uni amirlar hamda qozilar kutib oladi va darvozani ochib beradilar.
1423 yil uni Samarqandga Ulug„bek huzuriga jo„natadilar va Ulug„bek Mirzo
farmoniga ko„ra uni qatl qiladilar. Undan 3 o„g„il qoladi - Muzaffar Mirzo, Muhammad
Mirzo, G„iyosinddin Mansur Mirzolardir.
Dostları ilə paylaş: