YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH
MASALALARI
Muxsinjon Mo‘minov
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga
muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid
tushunchalar, qarashlar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, sanʼat sohasi, estetik ehtiyojlar, madaniy-maʼrifiy
faoliyat.
ISSUES OF EDUCATION OF YOUTH IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM
Mukhsinjon Muminov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the concepts and views on educating the younger
generation in our country in the spirit of patriotism, the formation of a sense of
patriotism in young people.
Keywords: patriotism, art, aesthetic needs, cultural and educational activities.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga
davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi.
Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi,
dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so‘z bilan aytganda maʼnaviy-
mafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o‘zgarishlar paydo bo‘la
boshladi. Chunki, mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvozalarini
ochib,insonlarni ezgulik sari boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev - Mustaqillik
yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga
hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy etuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni
voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan
ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirla
rtahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa,
uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish,
ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash,
tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan
dalolat bermoqda», - deb bu borada qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida aniq vazifa
va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar. Bu so‘zlar zamirida hali oldimizda bu sohada juda
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
734
http://oac.dsmi-qf.uz
ko‘p ishlarni qilishimiz lozimligini hayotni o‘zi isbotlamoqda. - Maqsadimizga
erishish yangi demokratik jamiyatni qurish, islohatlarning taqdirini qanday kuchlarga
ega ekanliklarimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga
erishganligiga, qanday g‘oyalarga eʼtiqod qilishiga, maʼnaviy jihatdan qanchalik
boyishiga bog‘liqdir»- deydi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom
Karimov. Shu bois yoshlarning maʼlumot olish imkoniyatini oshirish, milliy
umuminsoniy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash
eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o‘zbek xalqining
asrlar davomida shakllangan umuminsoniy maʼnaviyatini va milliy qadriyatlarini
singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
madaniyat va sanʼat sohasining asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki,
madaniyat va sanʼat jamiyat hayotining muhim ajralmas qismi bo‘lib, u inson
ruhiyatiga kuchli taʼsir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Milliy Vatanparvarlik haqida so‘z borganda, bu o‘zbek xalqining qoniga singib
ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o‘z eliga
sadoqat ahloqiymaʼnaviy qadriyatlar, g‘oyalar, qarashlar yig‘indisi tushuniladi.
Taʼlim muassasalarida ham Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tarbiyalash
taʼlimining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Vatanparvarlik his-tuyg‘ularini
shakllantirishda O‘zbekistonning davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya, o‘zbek tili,
Konstitutsiya va boshqa shu millatga, shu zaminga xos, mos bo‘lgan tuyg‘ular,
fazilatlar o‘tkazilayotgan madaniy-maʼrifiy faoliyatda o‘z aksini topmoqda. Yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi davlat darajasidagi masalalardan bo‘lganligi
bois, bunday maqsadlarga aniq rejalashtirilgan yo‘l xaritalarida belgilangan
vazifalardan iborat ishlarni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Vatanparvarlik mavzusida juda ko‘p olim-u ulamolarimizning ijod namunalari-
yu, bu haqdagi fikrlari bizgacha yetib kelgan. Amir Temur, Alisher Navoiy,
Muhammad Zaxiriddin Bobur, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ajdodlarimizning ijod
namunalari hozirgi kungacha, yaʼni bizning zamonamizda ham o‘ziga xos o‘rin
egallagan bo‘lib, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
Vatan tushunchasini har kim har xil maʼnoda, o‘zining tushunish darajasida talqin
qiladi. Bu - insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri
o‘tadigan, taʼlim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Vatanni
sevish, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon ko‘zdan, qora kuchlardan
himoya qilish, uning shaʼnini himoya qilish - bularning barchasi siz-u bizning
oldimizda turgan masʼuliyatli vazifalardandir. Vatan tushunchasini, uni sevish,
ardoqlash, himoya qilish tuyg‘usi nafaqat insonda, balki hayvonot olamida ham
kuzatish mumkin. Baliq suvga, hayvon o‘zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O‘sha
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
735
http://oac.dsmi-qf.uz
tafakkur qilmaydigan jonzotlar ham, hasharotlar ham o‘zining uyini taniydi, uni quradi,
unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi. Shunday
ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji bo‘lgan
insonda esa bu tuyg‘u yuksak darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Shiddat bilan
rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami
kundan-kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari,
tashkbbuslari bilan yurtimiz hayotida misli ko‘rilmagan darajadagi taraqqiyotning
pog‘onalarini ko‘rib guvohi bo‘lib turibmiz. Insonlarning tinchhotirjam yashashi,
ularning manfaatlarini himoya qilish, yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro‘yini
ko‘tarish, Prezidentimizning taʼbirlari bilan aytganda, -xalqni rozi qilish» yo‘lida
qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik
masala sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar
Strategiyasida belgilangan beshta ustivor yo‘nalishlari mazmunida ham shu yurtda
yashayotgan xalqimizning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning
farovon turmush tarzini yaxshilash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi,
obro‘yini oshirish va boshqa masalalar turibdi. Bunday ulug‘ ishlarni amalga
oshirishda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli insonlarning fidoiyligi muhim ahamiyat kasb
etadi. “Vatan” - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, - «Ona yurt» degan maʼnoni anglatadi.
Vatan insonning kindik qoni to‘kilgan, avlod va ajdodlari tug‘ilgan joyi, ijtimoiy
muhiti va inson, uning hayoti va maʼnaviy tushunchalarni anglatadi. -Vatanparvarlik -
deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi
uchun faol bo‘lishga undaydigan maʼnaviy - axloqiy fazilatlar tushuniladi.
Vatanparvarlik - ota-bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o‘tmishi
va kelajagi, xalq urfodatlarini, kuy-qo‘shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish
demakdir».
Yoshlar tarbiyasi masalasi davlatimiz siyosatining hozirgi kunda eng muhim
strategik vazifalaridandir. Yoshlar tarbiyasi tarbiyalash va ularning shaxsini har
tomonlama kamol toptirish barcha umumtaʼlim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu
vazifalar o‘quvchilarda barcha qobilyatni o‘sishiga, ijodiy intilishni vujudga
keltirishga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Ilg‘or g‘oyalarni davrimizda roy berayotgan
o‘zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o‘g‘il va
qizlarda g‘oyaviy eʼtiqodni maʼnaviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba
bo‘lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli taʼsir ko‘rsatadigan
ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya
tizimi tarkib topadi.Vatanparvarlik tushunchasi ko‘pincha harbiy faoliyatga nisbatan
ishlatiladi. Bir jihatdan olib qaralganda, bu to‘g‘ri. Ammo, biz bu tuyg‘uni faqat
harbiylarga nisbatan ishlatsak, biz vatanparvarlikning tor maʼnoda qo‘llagan bo‘lamiz.
Vatanparvarlikni barcha faoliyat doirasida ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
736
http://oac.dsmi-qf.uz
Vatan tushunchasi keng va tor maʼnolarda qo‘llash mumkin. Keng maʼnodagi
tushunchasi: Vatan - bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-
azaldan iqtiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, tor maʼnodagisi esa kishi tug‘ulib
o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. O‘zbeklarda falonchi vatanli bo‘ldi,
deyilganda o‘sha odam uy-joyli, boshpanali bo‘ldi degan maʼno ham shu nuqtai
nazardan aytilgan bo‘lsa kerak. Alisher Navoiy ijodida Vatan tushunchasi keng
maʼnolarda qo‘llanilgan. Bir taʼrifida Vatan so‘zini geografik maʼnoda, yaʼni, tug‘ilib,
o‘sib-ulg‘aygan joy mazmunida tadbiq etgan. Masalan, shoir ustodi Sayyid Hasan
Ardasherga yozgan sheʼriy maktubida: Ki bo‘lmoq vatan ichra dushvor edi,Ko‘ngulga
jafo dafʼi ozor edi
, - derkan, ona shahri Hirotnieʼtiborga olgan. Ustod Maqsud
Shayhzoda aytganidek, Navoiy «hatto Xuroson saltanatining yiroq viloyatlariga
borganda ham o‘zini “g‘urbatda” his etgan», degan qarashlar mavjud. Navoiy 1465-66
yillarga qadar, asosan, Hirot va Mashhadda yashagan. Sheʼrdagi “g‘urbat” so‘zidan
ko‘rinib turibdiki, bu sheʼrni u o‘z vatani Hirotda emas, balki g‘urbatda - musofirlikda,
demak, Mashhadda yozgan bo‘lishi kerak, degan taxminlar ham mavjud «Navoiyning
o‘z tug‘ilgan ona shahri Hirotdan, qavmu qarindoshlaridan uzoq Mashhadda kechirgan
yillari ancha mashaqqatli bo‘lgan bo‘lsa kerakki, - deydi professor Abduqodir
Hayitmetov, - u «Majolisun nafois»da u yillarni eslab o‘zini “g‘arib” deb ataydi va
kasal bo‘lib qolganda «bir joyda yiqilib qolganini aytadi». Tadqiqotchining
taxminicha, ruboiy «shu vaqtlarda (yaʼni Mashhadda - I. H.) yozilgan bo‘lsa ajab
emas». Demak, “g‘urbat” va “g‘arib” to‘rtlikdagi “belgi” so‘zlar bo‘lib, ruboiyning
yaratilgan vaqti, bosh g‘oyasi va lirik qahramonning qayg‘uli holatini anglashga
«ochqichidir. Darhaqiqat, xuddi shunday: G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish…
Shu misraning o‘zi go‘yo tugal mazmunli sheʼr. Uni o‘qigan zahoti, yurtidan
yiroqlardagi kishining qismati tasavvurda qariyb to‘la jonlanadi. Vatandan judolik-
g‘urbat. G‘urbatda yashash - g‘ariblik. G‘arib - shodlikdan mahrum bir bechora.
Ruboiyning oxirgi baytidagi obrazli qiyos Vatan va farzand o‘rtasidagi bog‘liqlikni
chuqur isbotlaydi. Barkamol avlod taʼlim va tarbiyasi bilan bog‘liq qarashlarni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatida juda ko‘p uchratamiz. Maʼlumki, Navoiy ham
ijodkor, ham amaldor sifatida el osoyishtaligini saqlash, qishloq va kentlarni
obodonlashtirish, yoshlarni bilim olishga chorlash uchun amaliy sharoitlar yaratishda
tinmas va tolmas tashabbuskor bo‘lgan. U o‘z asarlarida bu g‘oyalarni keng targ‘ib
etgan. Navoiy asarlaridagi g‘oyalar, o‘z davrida ilgari surilgan va amalga oshirilgan
tadbirlar mazmun va mohiyatini bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq
tadbirlarda keng qo‘llashimiz zarur.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
737
http://oac.dsmi-qf.uz
Dostları ilə paylaş: |