Signal vazifasining ko‘magida biz bo‘lib o‘tayotgan katta aha-
miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi
signalni qabul qilamiz va
uzatamiz.
Nazorat vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish
jarayoni nazorat qilinadi.
Tarbiya qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jara-
yoni bo‘lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi
psixologik xususiyatlar:
1) muloqotning kasbiy yo‘nalganligi;
2) muloqotning huquqiy jihatdan tartibga solinishi;
3) muloqotning majburiyligi;
4) muloqot maxsus obyektining
mavjudligi;
5) muloqotda psixologik to‘siqlarning mavjudligi;
6) jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati
hamda xususiyatlarini bilish zarurligi.
Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo‘ladigan muloqot-
ning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero-
ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan
shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa
shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib
tashlashga harakat qilsalar,
aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish-
ga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga hara-
kat qilishadi.
Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi-
ladi. Shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo-
dim muloqot qilishga majbur.
Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch-
rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Mulo-
qotga
kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha
xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi-
mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo‘lgandan so‘ng boshlanadi.
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi
ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko‘p hollarda bunday
shaxslar
jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Mu-
loqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular
sun’iy ravishda vujudga keladi.
130
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud:
1) motivatsion to‘siqlar;
2) aqliy (intellektual) to‘siqlar;
3) emotsional to‘siqlar;
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh
tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas-
ligi jarayonida namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi
mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi.
Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv,
asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar huquqni muhofaza qilish or-
ganlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom
oilalar va
muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib
borayotgan vaqtda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: