D.R.Bozorov , professor,t.f.d.
C – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti, 2017 yil
3
KIRISH
Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish, nazorat qilish va talaba bilimini
baholash TIMI rektorining 2009 yil 19 oktabr 241 a/f buyrug`i bilan amalga tadbiq
etilgan “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to`g`risida” gi va 2010 yil 08
oktabr 333 a/f buyrug`i bilan amalda tabiq etilgan “Talabalar bilimini baholash
reyting tizimi to`g`risida” gi buyruqlariga asosan amalga oshiriladi.
O`qitish jaryonida ta’lim berish sifatini ko`tarish ishlaridan biri fanlarni
o`zlashtirish uchun mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni sifatli o`tkazishdan
iboratdir. Buning sababi hozirgi kunda talabaning mustaqil ta’limiga va uni
ijodiy ishlashiga, (faoliyatiga), o`quv jarayonining asosiy bir tarkibiy qismi deb
qaraladi. Oxirgi takomillashtirilgan va tasdiqlangan o`quv rejalarida (OT
DSTida) o`qitishning mustaqil ta’lim qismiga katta ahamiyat berilayotganligini
inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko`rsatma «Iqlimshunoslik» fanidan mustaqil ishlarini
bajarish bo`yicha lotin alifbosida tayyorlangan birinchi ko`rsatma bo`lib, asosan
5141100 - “Gidrologiyasi(suv omborlarida)”, 5630100 - “Ekologiya va atrof muhit
muhofazasi(suv xo`jaligida)” bakalavr yo`nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar
uchun mo`ljallangan, undan 5450200- “Suv xo`jaligi va melioratsiya”, 5340700-
“Gidrotexnika qurilishi(suv xo`jaligida)”, 5450400- “Gidrotexnika inshootlari va
nasos stansiyalaridan foydalanish”, 5450100- “Irrigatsiya tizimlarida suv
energiyasidan foydalanish”, 5111000- kasb ta’limlari “Suv xo`jaligi va
melioratsiya” bakalavr yo`nalishlari talabalari “Gidrologiya” qismi bo`yicha
mustaqil ishlarni bajarishda foydalanishi mumkin.
|