1.2
GLOBAL IQLIM O`ZGARISHI OQIBATLARI
14
Global iqlim o`zgarishi – XXI asrning asosiy muammolaridan biri.
Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha
munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab
bo`layotir.
Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12
kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning
qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol
tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli
energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi.
Iqlim esa ma’lum bir hududdagi ob-havoning ko`p yillik rejimi bilan
ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz
sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator
omillar bilan aniqlanadi.
Iqlim atamasi grekcha “klima”-qiyalik ma’nosini, ya’ni quyosh nurlarining
yerga tushgan paytida og`ish-tushish qiyaligini anglatadi. Bu atama yunon
astronomi Gipparx (mil.avv.160-125 yillar) tomonidan fanga kiritilgan.
Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer sayyorasi yuzasiga yaqin
bo`lgan atmosfera qobig`ining troposfera qatlamida ro`y beradigan tabiiy
jarayonlar natijasidir. Iqlim fasllar bo`yicha o`zgarish xususiyatiga ega. Iqlimga
ta’rif beradigan bo`lsak-“Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida
takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi”. Ob-havo esa iqlim
ko`rsatkichlarining ayni joydagi, ayni vaqtdagi holatidir. Ob-havo bir kecha-
kunduzda bir necha marta o`zgarishi mumkin. Yil davomida ma’lum joyning
iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo`lib turadi.
Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga
tushadigan quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo`lsa, nurlarning
issiqlik va yorug`lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo`lsa shuncha kam
va kuchsiz bo`ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan
biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir
kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol
qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan.
Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq
holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat.
Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi.
Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi.
Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining
(VSP) asosidir. Bunday usul meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan
ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak.
15
Shuni alohida aytish joizki, iqlimiy sharoit bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar
ta’sirida tabiatning rivojlanish bosqichlarida o`zgarishlar bo`lib turgan. Bunga
Antarktida materigi va Shpitsbergen orollarida mavjud bo`lgan ko`mir konlari
hamda to`rtlamchi davrda ro`y bergan takroriy muzlashlar davri inkor etib
bo`lmaydigan dalillardir. Olimlar iqlimiy jarayonlarda davriy o`zgarishlar
mavjudligini ham e’tirof etadilar.
Iqlimshunos olim A.V.Shnitnikov tomonidan Yerning shimoliy yarim
sharidagi quruqliklarda (materiklarda) tabiiy namlikning 1800 yil davomidagi
davriy o`zgarishlari o`rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo`ladi, birinchisi
300-500 yil davom etadigan salqin, nam, iliq davr bo`lsa, ikkinchisi 1000 yildan
ortiq kuzatiladigan issiq va quruq iqlim davridir
[1]
. Keyinchalik olib borilgan
tadqiqotlar Shnitnikov fikrini tasdiqladi. Masalan, E. Le Rua Ladyuri Sharqiy
Yevropa iqlimini o`rganar ekan “kichik muzlik davri” bo`lganligini va asrlar osha,
ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o`zgarishini isbotladi.
[2]
Yer tarixida ro`y bergan iqlimiy o`zgarishlar paleoiqlimshunoslik fani
vakillari tomonidan o`rganiladi. Bundan tashqari, bu sohaga tegishli
paleogeomorfologiya, paleobotanika, paleozoologiya kabi fan ilmiy yo`nalishlari
ham mavjud. Bu o`rinda geologiya fani alohida o`ringa ega.
Sayyoramizda hukmronlik qilayotgan hozirgi iqlimiy sharoit asosan yaqin
o`tmishda, to`rtlamchi davrning quyi, o`rta va yuqori qismida ro`y bergan muzlik
davridan so`ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo`lsada,
iqlimning hosil bo`lishida atmosfera qobig`ining ahamiyati alohida o`rin tutadi.
Atmosfera tarkibining shakllanishi va o`zgarishi organik dunyoning rivojlanish
jarayoni bilan bevosita bog`liq. Akademik I.V.Vernadskiy fikri bilan aytganda, u
organik dunyoning taraqqiyoti hosilasidir
[3]
. Atmosfera sayyoramizni o`ta qizib
va keskin sovub ketishdan saqlab turuvchi himoya vositasidir. Yerning havo
qobig`i bo`lmasa, hayot ham bo`lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko`ra
atmosferada karbonat angidrid gazi bo`lmaganda harorat 6
0
C ga, suv bug`lari
bo`lmaganda esa Yer sirtida harorat 25
0
C ga pasayib ketgan bo`lar edi.
Havo haroratining ko`tarilishi 1850 yildan boshlab, bugungi kunga kelib 1
darajaga oshgan. Agarda u 2 darajaga etsa, krizis holatlar vujudga keladi. Sanoat
inqilobi amalga oshirila boshlangach atmosferada karbonat angidridning miqdori
30 foizga oshgan. Olimlar iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni 3 guruhga –
astronomik, geografik va havoni sirkulyatsion omillarga ajratadilar. Bu omillar
qanday guruhlanmasin, yer iqlimining shakllanishida quyidagilar muhim o`rin
tutadi. Bu borada bosh omil quyoshdan yer sirtiga yetib keladigan radiatsiya va
yorug`lik miqdoridir. Yer yuzida suvlik va quruqlikning taqsimlanishi, joyning
geografik o`rni, yer yuzasining tuzilishi, quyosh nurlarining yer sirtidan qaytishi
16
ko`rsatkichlari, atmosfera tarkibi va sirkulyatsiyasi va havo-dengiz oqimlari
kabilardir.
Yer shari iqlimini tabaqalashtirishda turlicha yondashuvlar mavjud. Bular
orasida B.P.Alisov tomonidan 1930 yillarda ishlab chiqilgan genetik
klassifikatsiyasi ko`pchilik tomonidan ma’qullangan.
Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik
qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo`ylab
hukmronlik qiladigan ettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik,
2 ta mo`tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik,
mo`‘tadil, arktika-antarktika va 3 ta oraliq: subekvotorial, subtropik, subarktika-
subantarktika iqlimiy mintaqalariga ajratadi. Yuqorida qayd qilingan havo
massalarining, iqlim mintaqalarining shakllanishida yer yuzida radiatsiya balansi,
havo harorati va namlikning qutblardan ekvatorga tomon o`zgarishi asos qilib
olingan.
Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning o`rtalariga kelib
kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, yer yuzasida aholi sonining ortishi,
tabiiy resurslarga bo`lgan talab va ehtiyojning to`xtovsiz oshishi va nihoyat fan va
texnikani rivojlanishi insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi yer shari
iqlimining o`zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda.
Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin:
Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib
borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda
karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va
aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg`ilarni yoqish va energiya
sarflash orqali atmosfera haroratiga ko`rsatilayotgan ta’sirning ortib
borayotganligi;
Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o`zlashtirilishi (yer, suv, o`rmon,
tog`-kon) tufayli yer sirti albedosining o`zgarishi;
Dunyo okeani sathining ko`tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi,
buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda,
energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko`rsatish;
Yer sharida bo`ladigan, bo`layotgan etnik nizolar, davlatlararo
kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat
chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani;
Inson omili ta’sirida Yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli,
tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi;
17
Kosmosni o`zlashtirish maqsadida raketalarni fazoga chiqarilishi
natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar.
Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko`ra, yuqorida qayd qilingan jarayonlar
tufayli global iqlim isishi kuzatilmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan
tashqari ko`p miqdorda to`planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim
jarayonlarining o`zgarishiga olib kelmoqda. Ularning bunday g`ayritabiiy
ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo
sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari
ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Miqdori yildan-yilga ko`payib
borayotgan asosiy issiqlik gazlari oksidlangan gaz va metan bo`lib, ma’lumki,
metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada
to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga
tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo`ladi.
Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari:
suv bug`i
karbonat angidrid (SO
2
)
metan (SN
4
)
azot oksidi (N
2
O)
gidroftoruglerodlar (GFU)
perftoruglerodlar (PFU)
oltingugurt geksaftoridi (SF
6
)
[4]
Yer o`z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga
egadir. Ular yerni issiq “ko`rpa”ga o`rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi
haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona
gazlarisiz yer hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo`lar edi. Ammo
afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o`tilgan gazlar
chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr
neft yoqiladi. Buning natijasida havodagi SO
2
ning miqdori yiliga 30% ga ortib
bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha: harorat oshishi natijasida muzliklar
eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari, okean
oqimlari, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim, global
gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Oqibatda
yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz berib u o`ta ko`p yog`in
yog`ishi yoki umuman yog`masligi bilan belgilanadi, qurg`oqchilik va toshqinlar
soni ko`payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar yuz beradi. Bir
qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo yerda harorat
yana 5 darajaga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus
oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur
sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu
muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi.
18
Iqlim o`zgarishi muammosi O`zbekistonga ham o`z ta’sirini ko`rsatmay
qolmaydi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni
ko`rsatish mumkin:
- suv resurslari taqchilligining kuchayishi;
- o`rtacha haroratning oshishi;
- yog`ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yog`ingarchiliklarsiz
qurg`oqchilik uzoq davom etishi va bir martada ko`p miqdorda
yog`ingarchiliklar bo`lishi;
- qishloq xo`jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay
o`zgarishi;
- harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog`liq
muammolar ko`payishi;
- o`simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta
taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va
bajariladigan funksiyalar tubdan o`zgarishi;
- sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo`jalik
yuritish mumkin bo`lgan erlar kamayishi;
- iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to`liq qayta taqsimlanishi va boshqalar
[5]
.
Albatta iqlim o`zgarishi natijasida ko`rilishi mumkin bo`lgan zararni hali
hech kim hisoblagani yo`q. Xo`sh, bizning faoliyatimiz iqlim o`zgarishiga ta’sir
ko`rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar,
neft, gaz, ko`mir va o`tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO
2
, atmosferadagi
aerozollar, sement sanoati. Shuningdek dehqonchilik, ozon qatlamining
yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o`rmonlarning kesilishi ham iqlim
o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, 1901-2012 yillarda
o`rtacha global harorat Selsiy bo`yicha 0,89 darajaga ko`tarilgan. Bu 1400 yil
mobaynidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon
davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo
harorati yana 0,3-0,7 darajaga ko`tarilishi ehtimoldan xoli emas
[6]
. Buning
oqibatida yaqin o`n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko`tarilishi,
yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona
effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo`lmish
tog`lardagi muzliklarning zahiralari erishi natijasida kamayib boradi. 1960 yildan
boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi.
Sharqiy-Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat)
mamlakatlarining sezuvchanlik va tez zarar ko`rishi darajasini tavsiflovchi
miqdoriy baholash o`tkazilgan. Baholash natijalariga ko`ra, O`zbekiston iqlim
o`zgarishlariga juda sezuvchan (2 o`rin) va undan zararlanadigan (6 o`rin)
mamlakat hisoblanadi. O`zbekiston uchun xavfli tabiat hodisalari oqibatida
extimoli bo`lgan o`rtacha yillik yo`qotishlar hajmi 92 mln AQSH dollarini tashkil
etib, bu Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi
[7]
.
Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi muammosini bartaraf
qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham “tabiat-inson-jamiyat”
munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg`un rivojlanishiga bog`liqdir.
19
Ushbu muvozanat yo`llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish lozim:
-iqlim o`zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yer shari
aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish;
-issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni)
kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va
unga o`tish;
- muqobil energiya manbalariga o`tish va ularning samaradorligini oshirish;
-ekinzorlardan, ayniqsa sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini
kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish;
-uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan
usullarni joriy etish;
-har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg`usi va mas’uliyatini
oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish;
-maishiy
chiqindilarni
oqilona
bartaraf
qilish
texnologiyasini
takomillashtirish;
-iqlim isishi indikatori va oqibatlarini hududlar doirasida o`rganish va uni
bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda
loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tadqiq qilish.
Dostları ilə paylaş: |