Gidrologiya va gidrogeologiya


Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga beriladigan tavsiyalar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix06.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#125624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
0CmB8agX5K903OS4l0ScL32etcE3m4aZPG62IgtL

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu
 
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga beriladigan tavsiyalar 
Mustaqil ish fan bo`yicha tuzilgan namunaviy va ishchi dasturlarda 
keltirilgan, tavsiya qilingan ilmiy, o`quv va uslubiy adabiyotlardan hamda mavzuni 
talaba tahlili asosida tanlagan adabiyotlardan foydalanib amalga oshiriladi. 



Mustaqil ish o`quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo`lganligi uchun, u 
bilan jiddiy shug`ullaniladi va umumiy tartibda reyting tizimi talablari asosida 
baholanadi. 
Mustaqil ish quyidagilardan kelib chiqqan holda bajariladi: 

birinchidan o`quv rejasida ko`rsatilgan ma’ruza va amaliyot darslari hajmi 
talabaga fanni chuqur va to`liq, o`rganish imkonini bermaydi; 

ikkinchidan fanni o`rganish uchun ajratilgan soatlar natijalaridan 
foydalanib amaliy ko`nikmalarni to`liq shakllantirib bo`lmaydi; 

uchinchidan o`quv rejasi bo`yicha ishlash, talabada ilmiy va uslubiy 
adabiyotlar bilan ishlash ko`nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi 
va shular sababli talaba fan bo`yicha keng qamrovli fikrlashni yetarli 
darajada rivojlantira olmaydi. Shu kabi yetishmovchiliklar o`rnini 
to`ldirish uchun albatta mustaqil ish o`tkaziladi. 



Namuna 
Mavzu: IQLIMNING GLOBAL O`ZGARISHI 
 REJA: 
1.Kirish 
2. Asosiy qism: 
2.1 Iqlim o`zgarishi nima? Iqlim o`zgarishiga olib keladigan harakatlar; 
2.2
Global iqlim o`zgarishi oqibatlari 
2.3 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari; 
3. Xulosa 
KIRISH 
Insoniyat 
taraqqiyoti, 
urbanizatsiya 
jarayonining 
tezlashishi, 
globallashuvning jadallashuvi Ona sayyoramiz xavfsizligiga rahna solib, bir qator 
masalalar bilan birgalikda ekologik muammolarni ham keltirib chiqardi. Atrof-
muhitga jiddiy zarar yetkazayotgan ekologik xavf, o`rni kelganda, hattoki yadro 
talafoti va terrorizmdan ham dahshatliroq bo`lib, yer yuzidagi barcha xalqlarni 
tobora bu haqida chuqurroq o`ylashga majbur etmoqda.
Butunjahon 
yovvoyi 
tabiat 
(WWF), 
Global 
Footprint 
Network 
jamg`armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda 
o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra, 1970 yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon 
va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52% ga 
kamaygan, ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76% ga, Yer 
ustida yashaydiganlar va suvda istiqomat qiladiganlar soni 39% ga qisqargan. Har 
yili inson faoliyati oqibatida 11 mln. gektar tropik o`rmonlar kesilib, nobud 
bo`ladi. Bu o`rmonlarni tiklash borasidagi ishlardan 10 barobar ko`pdir. Har kuni 
atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilib, bu havoning 
isishiga, o`z navbatida esa Dunyo okeanidagi suv sathining ko`tarilishiga olib 
kelmoqda. 
Karbonat angidridning havo tarkibida oshishi, chiqindi gazlarning 
me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil 


10 
bo`lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik 
muammo –global iqlim o`zgarishi yuzaga keldi. 
Afsuski, boshqa ekologik muammolardan farqli o`laroq global iqlim 
o`zgarishi Yer yuzi aholisini kam tashvishga solayapti. Bu asosan u haqida 
yetarlicha ma’lumot va bilim yo`qligi hamda xavfli jarayonning sekinlik bilan 
amalga oshayotganli bilan bog`liqdir. Xususan, mamlakatimiz ommaviy axborot 
vositalarida mazkur 
mavzuga e’tibor juda ham kam bo`lib, natijada 
yurtdoshlarimiz iqlim o`zgarishining oqibatlari va xavflari xususida deyarli 
axborotga ega emaslar. Mazkur referat OAV vakillari hamda oliy o`quv 
yurtlarining talabalariga iqlim o`zgarishi masalalari, shuningdek mazkur mavzuda 
materiallar tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lishga yordam beradi degan 
umiddamiz. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin