Gidrologiya va gidrogeologiya


 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix06.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#125624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
0CmB8agX5K903OS4l0ScL32etcE3m4aZPG62IgtL

 
1.3 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari
Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha 
munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga olib keldi. 
Buning salbiy oqibatlari dunyoning turli mintaqalarida tez-tez yuz berayotgan suv 
toshqinlari, to`fonlar, o`rmon yong`inlari, qurg`oqchilik, muzliklarning erishi, qush 
va hayvon turlarining yo`qolib borayotgani, qish kuzatilmaydigan joylarda 
kutilmaganda qor yog`ishi, aksincha, doimo sovuq ob-havo hukm suradigan 
o`lkalarda haroratning iliq kelishi va yana shunga o`xshash ko`plab anomal 
hodisalar misolida yaqqol namoyon bo`lmoqda. 
Ayniqsa, bir mavsumda xilma-xil iqlim sharoitining ro`y berayotgani, 
haqiqatan ham, kishini jiddiy o`yga toldiradi. Poyoniga yetgan qish faslidagi 
holatni eslang-a. AQSHning o`nlab shtatlarida qalin qor yog`ib, qahraton sovuq 
zabtiga olgan bir paytda Atlantika okeanining boshqa tarafida — Yevropa 
davlatlarida daryolar o`zanidan toshdi. Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk 
Britaniya, Irlandiyada takror va takror qayd etilgan kuchli shamol hamda jala 
talafotlarga sabab bo`ldi. Qurbonlar kuzatildi. Avstraliyada esa mutlaqo boshqacha 
manzara — haroratning haddan ziyod ko`tarilib ketgani natijasida o`rmon 


20 
yong`inlari kelib chiqdi. “Tilsiz yov” minglab gektarlardagi daraxtlarning kulini 
ko`kka sovurdi. Mazkur davlat iqtisodiyotiga, o`simlik va hayvonot dunyosiga 
katta zarar yetdi. Garchi Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari uchun to`fonlar 
azaldan katta tashvish sanalsa-da, so`nggi yillarda ularning ko`lami ancha oshgani 
xavotir keltirib chiqarmoqda. 
Vaziyat jiddiyligiga qaramay, sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga 
chiqarilayotgan zaharli moddalar hajmining hamon yuqoriligi, ekologiyaga xavf 
soluvchi turli tadqiqotlarning davom ettirilayotgani iqlim o`zgarishlari bilan 
bog`liq inqirozni yanada murakkablashtirayapti. Agar tezkor choralar ko`rilmasa, 
kelgusida global tusdagi muammolar bundan-da ayanchli ko`rinish olishi mumkin. 
BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi tomonidan 
yaqinda e’lon qilingan navbatdagi ma’ruzada bayon etilgan tahlillar ana shunday 
xulosa chiqarishga asos bo`lmoqda. 
Mutaxassislarning fikricha, iqlimdagi o`zgarishlar dunyoning barcha okean 
va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli o`zgarishlarga sabab bo`layotir. Kelgusi 
o`n yillikdan boshlab fasllar bilan bog`liq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. 
Masalan, juda qattiq sovuq hukm suradigan qish o`rnini birdaniga jazirama yoz 
egallashi hech gap emas. Hatto bir kecha-kunduz oralig`ida issiq va sovuq 
haroratning almashinuvi tez-tez ro`y berishi ehtimolga yaqin. Boshqacharoq 
izohlansa, yil davomida faqat qish va yoz fasli hukm sursa, ne ajab. Buning 
oqibatida havo tarkibida atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi 
moddalar miqdori, ummon suvlarining esa kislotalilik darajasi ortishi taxmin 
qilinmoqda. 
2016 yildan 2035 yilga qadar sayyoramizda harorat taxminan 0,7 daraja, 
2081 yilga borib esa, 1986 — 2005 yillardagi ko`rsatkichga nisbatan qiyoslaganda, 
qariyb 2 daraja ko`tarilishi kutilmoqda. Natijada doimiy muzliklarning erish 
jarayoni tezlashib, okeanlar sathi yuksaladi. Xususan, 2081 — 2100 yillarda 
ummon suvlari sathi 1986 — 2010 yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha 
ko`tariladi. Bu esa, o`z navbatida, toshqinlar ko`payishiga, yer ko`chkilari va 
eroziyaga, baliqlar hamda quruqlikdagi jonzotlarning pala-partish migratsiyasiga 
sabab bo`ladi. 


21 
Iqlim o`zgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko`rsatmasdan 
qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajo`xori, guruch 
va bug`doy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda. 
Aytish kerakki, BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo 
ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan mazkur ma’ruza qariyb ikki ming 
sahifadan iborat bo`lib, undan ana shu kabi ko`plab yo`nalishlarga oid bashoratlar 
o`rin olgan. Ma’ruzani tayyorlashda 310 nafarga yaqin muallif va taqrizchi, 400 
nafar hammuallif ishtirok etgan. Hujjat Yaponiyaning Yokogama shahrida 
o`tkazilgan xalqaro anjumanda keng omma e’tiboriga havola qilinib, tadbir 
chog`ida “Xo`sh, endi nima qilish kerak?” degan savolga ham javoblar, 
mulohazalar bildirildi. Asosiy fikrlar shu bo`ldiki, aslida iqlim o`zgarishlarini 
butunlay to`xtatishning iloji yo`q. Chunki, dunyo aholisining iste’mol talabi bunga 
imkon bermaydi. Lekin kelib chiqishi ehtimoli bo`lgan jiddiy xavf-xatarlarning 
oldini olish yoki ularning ta’sir darajasini yumshatish mumkin. Ekspertlarning 
ta’kidlashicha, eng avvalo, havoga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi 
miqdorini 80 foizgacha qisqartirish zarur. Buning uchun esa Kioto protokolining 
o`rnini bosadigan yangi global hujjat tayyorlanib, qabul qilinishi lozim. Ishlab 
chiqarishga zamonaviy, ekologik sof texnologiyalarni joriy etish, aholi o`rtasida 
targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish samaradorlikka erishishda, ayniqsa, 
muhim ahamiyatga ega. 
Gap atrof-muhit musaffoligini saqlash, global iqlim o`zgarishi ta’sirini 
kamaytirish haqida borar ekan, bu yo`nalishda bevosita mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. O`zbekiston 
Respublikasi BMTning iqlim o`zgarishi bo`yicha konvensiyasini ratifikatsiya 
qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar bajarilmoqda. 
Ishlab chiqarishga ekologik sof mexanizmlarni tatbiq etish, avtomashinalarni 
ekologik sof yoqilg`iga o`tkazish, qishloq xo`jaligida tejamkor texnologiyalarni 
qo`llash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi vazifalar shular 
jumlasidandir. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bu 
boradagi islohotlarning mantiqiy davomi bo`ldi, deyish mumkin. Vazirlar 
Mahkamasining “2013 — 2017 yillarda O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit 


22 
muhofazasi bo`yicha harakatlar dasturi to`g`risida”gi qarori asosida atrof-muhitga 
salbiy ta’sir ko`rsatayotgan issiqlik gazlari emissiyasini kamaytirish, neft, gaz, 
kimyo, energetika korxonalarini rekonstruksiya qilish, ekologik sof energiya 
manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo`yicha qator loyihalar amalga 
oshirilayotir. SHuningdek, o`tgan yil dekabr oyida O`zbekiston Respublikasining 
“Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi. 
Targ`ibot-tashviqot masalalari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo`q. 
Xususan, ekologik ta’limni takomillashtirish, ekologik muammolarni bartaraf 
etishda yoshlarning faolligini oshirish borasida ibratli ishlar qilinmoqda. 
O`zbekiston ekologik harakati, Oliy va o`rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv 
xo`jaligi vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakati, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida an’anaviy 
tarzda o`tkazib kelinayotgan “Global iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha eng 
yaxshi g`oya” tanlovi bunga bir misoldir. Aytaylik, bu galgi tanlovga 
mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy o`quv yurtlari talabalaridan bir yuz 
yigirmadan ortiq ilmiy loyiha, ma’ruza va maqolalar qabul qilindi, g`olib va 
sovrindorlar munosib taqdirlandi. Eng muhimi, yosh tadqiqotchilarning ilmiy-
ijodiy ishlarida qishloq xo`jaligi, sanoat, neft-gaz tarmog`i, chiqindilarni 
boshqarish sohalariga ekologik sof texnologiyalarni tatbiq etish, suvni tejash, tabiat 
boyliklaridan oqilona foydalanish borasidagi dolzarb masalalar qamrab olingani 
diqqatga molikdir. 
Turli xalqaro anjumanlar, konferensiyalarda global iqlim o`zgarishi 
oqibatida kelib chiqayotgan salbiy holatlar juda ko`p muhokama qilinadi. Taklif-
mulohazalar bildiriladi. Lekin ana shunday tadbirlarning aksariyati yakunida yakdil 
bir qarorga kelinmasligi ham bor gap. Vaholonki, global tusdagi muammoni bir 
yoki ikki davlatning sa’y-harakati bilan bartaraf etib bo`lmaydi. Bunga birgalikda 
kurashish talab etiladi. Musaffo osmon, go`zal tabiat va uning bebaho ne’matlari 
kelgusi avlodlar uchun ham atalganini dildan his qilganlargina, farzandlariga uni 
bekamu ko`st holda yetkazishga intiladilar. Binobarin, insoniyatning asl vazifasi va 
maqsadlaridan biri ham mana shunda. 


23 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin