379
XVIII BOB. ELEKÒROMAGNIÒ
ÒO‘LQINLAR
Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz
fizigi J . M a k s v e l l elektr va magnit maydonlar o‘zaro bir-birlariga
bog‘liq degan xulosaga keldi. Ulardan birortasining o‘zgarishi ikkinchisini
vujudga keltiradi. Ular yagona elektromagnit maydonning elektr yoki
magnit maydonlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishidir.
Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko‘rinishi bo‘lib, u
bizning ongimizdan tashqarida mavjud.
Elektromagnit to‘lqinlar esa o‘zgaruvchan elektromagnit may-
donning fazoda tarqalishidir.
117- §. Uyurmali elektr maydon. Siljish toki
M a z m u n i :
uyurmali elektr maydon; siljish toki.
Uyurmali elektr maydon. O‘zgaruvchan magnit maydonda turgan
harakatsiz o‘tkazgichda induksiya EYK ning vujudga kelishi haqida
yuqorida fikr yuritilgan edi. Lekin elektr toki
vujudga kelishi uchun
zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud
bo‘lmog‘i kerak. Unda mazkur holda elektronlarni qanday kuchlar
harakatga keltiradi, degan savol tug‘iladi.
Òabiiyki, bu kuch issiqlik jarayonlariga ham, kimyoviy jarayon-
larga ham bog‘liq emas. U Lorens kuchi ham emas. Chunki u harakat-
siz zaryadga ta’sir etmaydi. Maksvell magnit maydonning har qan-
day o‘zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu
elektr maydon harakatsiz o‘tkazgich ichidagi elektronlarni harakat-
ga keltirib, zanjirda induksion EYK ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi,
degan gi potezani olg‘a surdi.
Demak, elektr zaryadi hosil qilgan
elektr maydondan farqli
o‘laroq, magnit maydonning o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan
elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega,
ya’ni uyurmali maydondir.
Maksvell elektromagnit induksiya hodisasini tahlil qilib, induksiya EYK
ning vujudga kelishiga sabab — uyurmali elektr maydonning vujudga
kelishidadir, o‘tkazgich esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi va bu maydonni
qayd qiluvchi asbobgina bo‘lib xizmat qiladi, degan fikrga keldi.
Shuning uchun ham, elektromagnit induksiya hodisasining asosiy
ahamiyati elektr tokini vujudga keltirishda emas, balki uyurmali elektr