386
Sinov savollari
1. Magnit maydon induksiyasi elektr maydon kuchlanganligining o‘zga-
rishiga bog‘liqmi? 2. Elektr maydon kuchlanganligi-chi? 3. Elektromagnit
to‘lqinlar qanday vujudga keladi? 4. Elektromagnit to‘lqinlar deb qanday
to‘lqinlarga aytiladi? 5. Elektromagnit to‘lqinlarda
E va
B vektorlar qanday
joylashgan? 6. Elektromagnit to‘lqinlarning
E va
B vektorlarining fazalari
mos keladimi? 7. Maksvell nazariyasiga asosan elektromagnit to‘lqinlarning
tezligi qanday aniqlanadi? 8. Elektromagnit to‘lqinlarning vakuumda tarqalish
tezligi qancha? 9. Òo‘lqin uzunligi deb nimaga aytiladi? 10. Òo‘lqin uzunligi
qanday aniqlanadi? 11. Òo‘lqinning tarqalish tezligi muhitga bog‘liqmi?
Òo‘lqin uzunligi. 12. Vakuumdagi va muhitdagi to‘lqin uzunliklari qanday
bog‘langan? 13. Òo‘lqin chastotasi muhitga bog‘liqmi? 14. Elektromagnit
to‘lqinlarning qanday xossalarini bilasiz? 15. Elektromagnit to‘lqinlarning
qanday xossalari yorug‘lik to‘lqini xossalariga o‘xshaydi? 16. Yorug‘lik elek-
tromagnit to‘lqinlar emasmi? 17. Yana qanday nurlar elektromagnit tabiatga
ega? 18. Elektromagnit to‘lqinlar nimalari bilan farq qiladi? 19. Barcha
to‘lqinlarning tarqalish tezliklari bir xilmi? 20. Elektromagnit to‘lqinlar-
ning to‘lqin uzunligi, chastotasi va nurlanish manbayini tahlil qiling.
120- §. Gers vibratori. Ochiq tebranish konturi
M a z m u n i : tebranish konturi; ochiq teb-
ranish konturi.
Òebranish konturi. Umuman olganda, o‘zga-
ruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebra-
nish konturi yoki o‘tkazgich elektromagnit
to‘lqinlar manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin,
chunki elektromagnit to‘lqinlarni uyg‘otish uchun
elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya.
Lekin nurlanish sezilarli bo‘lishi uchun esa elek-
tromagnit maydon hosil qilinadigan hajmni
orttirish taqozo qilinadi. Shuning uchun ham 179-
rasmda ko‘rsatilganga o‘xshash yopiq tebranish
konturlari elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilish uchun yaroqsizdir. Chunki
bunday konturda elektr maydon kondensator qoplamlari orasida, magnit
maydon esa induktiv g‘altak ichida mujassamlashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: