Xviii bob. Elekòromagniò ÒO‘lqinlar


À. S. Popov (1859 — 1906)



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix07.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#126171
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
379-402

À. S. Popov
(1859 — 1906)


389
da qarshilik 100 000 W dan 1000 —
500 W gacha (ya’ni 100 — 200
marta) kamaygan. Kogerrer silkitil-
sa, uning qarshiligi yana tiklanadi va
undan yana tok o‘tmaydi. Demak,
elektromagnit to‘lqinlar kogerrer-
ning qarshiligini o‘zgartirib, uni
elektr tokini o‘tkazadigan qiladi.
Natijada yakorni tortuvchi rele
chulg‘amidan tok oqib, kontakt C
yopiladi. Yakor rele kontaktini yopib,
tokning qo‘ng‘iroq chulg‘amidan
oqishiga imkon beradi. Qo‘ng‘iroq o‘z
yakorchasini tortadi va bolg‘acha
urilib, tovush eshitiladi. Shu paytning o‘zida qo‘ng‘iroq kontakti D
zanjirni uzadi va qo‘ng‘iroq orqali tok oqishi to‘xtaydi. Qo‘ng‘iroq
yakori kogerrerga urilib, uning qarshiligini oshiradi va dastlabki hola-
tiga qaytadi. Priyomnik elektromagnit to‘lqinlarni yana qabul qilishga
tayyor bo‘ladi. 1895- yil 7- mayda A.Popov o‘z ixtirosini namoyish
qildi va shu kun radioning tug‘ilgan kuni bo‘lib qoldi.
Keyingi izlanishlar. Radiopriyomnikning sezgirligini oshirish uchun
A.S. Popov kogerrerdan chiqqan simlardan birini yerga, ikkinchisini
esa baland ko‘tarilgan o‘tkazgich bo‘lagiga uladi. Shunday qilib, dunyoda
birinchi qabul qilish antennasi yaratildi. Kogerrerning bitta simini yerga
ulash esa Yerning o‘tkazuvchi sirtini ochiq tebranish konturining bir
qismiga aylantirib, qabul qilish masofasini oshirdi.
Birinchi radioaloqa atigi 250 m masofada o‘rnatilgan edi. Popov
o‘z kashfiyotini takomillashtirib, tez orada bu masofani 600 m ga
yetkazdi. 1899- yilda esa aloqa o‘rnatilgan masofa 20 km gacha uzaytirildi.
1901- yilda esa radioaloqa masofasi 150 km ga yetkazildi. Hozirgi zamon
radiopriyomniklarining ish prinsipi ham Popov radiopriyomnigidan
farq qilmaydi. Zamonaviy radiopriyomniklar ham kuchsiz elektromagnit
tebranishlarni antennalari orqali qabul qilishadi. Bu signallar zanjirlarni
ta’minlovchi energiya manbalarini boshqaradi, xolos. Hozirgi paytda
bunday boshqaruv elektron lampalar va tranzistorlar yordamida amalga
oshiriladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin