391
199- rasm.
Modulatsiya. Modulatsiyasiz birorta
ham: telegraf, telefon, televizion aloqani
amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, telegraf
modulatsiyasi kalit yordamida nurlanishni
kesishga, ya’ni qisqa (nuqta) va uzun (tire)
200- rasm.
(Morze alifbosi asosida) ma’lumotlarni uzatishga asoslangan (197-
rasm). Shuningdek, biror tovush chastotasidagi tebranishlar (198-
rasm) berilgan bo‘lsin. Bu tebranishlarga
modulatsiyalanuvchi tebra-
nishlar deyiladi. «Eltuvchi» tebranishlar tovush chastotasidagi teb-
ranishlar yordamida o‘zgartiriladi, ya’ni tovush tebranishlari
modulatsiyalanadi. Modulatsiyalangan tebranishlarning ko‘rinishi 199-
rasmda ko‘rsatilgan. Modulatsiyalash ham ikki xil bo‘ladi. Masalan,
biz yuqorida ko‘rganimizdek, yuqori chastotali tebranishlar ampli-
tudasini tovush chastotasidagi tebranishlar bilan o‘zgartirish mumkin.
Bunday modulatsiya
amplituda modulatsiyasi deyiladi. Shuningdek, «el-
tuvchi» tebranishlar chastotasini moslab o‘zgartirish usulidan ham
foydalaniladi. Bu usul
chastota modulatsiyasi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: