387
fizigi G . G e r s aynan shunday yo‘l tutdi. U g‘altakdagi o‘ramlar
sonini va kondensator plastinkalari yuzasini kamaytirdi va kondensator
qoplamlarini bir-biridan uzoqlashtirib (193-
a,b rasmlar), uchqun
hosil qiluvchi bo‘shliq bilan ajratilgan ikkita tayoqchadan iborat sis-
tema holiga keltirdi. Natijada yopiq tebranish konturidan ochiq tebra-
nish konturini (Gers vibratorini) hosil qildi (193-
d rasm). Ochiq
tebranish konturida elektromagnit maydon konturni o‘rab turgan
bo‘shliqda mujassamlashgan bo‘ladi va shuning uchun ham elektro-
magnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Bunday sistemada
tebranish, kondensator qoplamalariga ulangan EYK manbayi hisobidan
quvvatlab turiladi. Uchqunli bo‘shliq esa kondensator qoplamalari
orasidagi potensiallar farqini dastlab zaryadlangan potensiallar
farqigacha orttirish uchun ishlatiladi.
v
T
=
1
va
T
L C
=
×
2p
bo‘lganligidan
L va
C ning kamayishi bi-
lan tebranish chastotasi ortadi. Bu vibratorda endi o‘zgaruvchi elektr
maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo‘lmay, balki vibra-
torni tashqi tomondan o‘rab turadi. Natijada elektromagnit nurlanish-
ning intensivligi keskin ortadi. Gers 1- ochiq vibrator tarqatadigan
elektromagnit to‘lqinlarni shu to‘lqinlar chastotasiga moslangan 2-
vibrator (rezonator) yordamida qayd etdi (194- rasm).
Elektromagnit to‘lqinlar 2- vibratorga yetganda unda elektromag-
nit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oraliqda uchqun chaqnashi
ro‘y beradi. Elektromagnit to‘lqinlarning qayd qilinishi va chaqnash
ro‘y berishi elektromagnit to‘lqinlar energiya tashishini ko‘rsatadi.
Gers vibrator va rezonatordan foydalanib, elektromagnit to‘lqinlar
boshqa to‘lqinlarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham ega ekanligini
ko‘rsatdi.
Gers vibratori yordamida 0,6 m dan 10 m gacha to‘lqin uzunlikli
yassi to‘lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang
to‘lqinlar ekanligi ko‘rsatildi. Gers turg‘un elektromagnit to‘lqinlarni
hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to‘lqinlarning tezligini
aniqlab, uning yorug‘lik tezligi bilan mos kelishini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: