398
RAÒAN — 600 teleskopidir. U 900 ta 7,4 ½ 2m li qaytargichlardan
iborat bo‘lib, 588 m diametrli halqa sifatida joylashtirilgan.
Radioastronomiyada
galaktika,
yulduzlararo galaktik muhit,
yulduzlar, quyosh, sayyoralar, oy va boshqalar nurlanish manbalari
bo‘lib xizmat qiladi.
1963- yilda radioastronomlar yangi yulduzsimon obyektlar — kva-
zarlarni (lotincha «yulduzsimon radiomanba») ochishdi. Fanga ma’lum
bo‘lgan pulsarlardan biri qisqichbaqasimon tumanligida qayd etilgan.
Zamonaviy izlanishlar fazoviy nurlanish manbalarini (neytron
yulduzlar, kvazarlar va hokazo) emas, balki ularning spektrlarini
ham o‘rganishga imkon berdi. Ko‘plab kimyoviy elementlarning, orga-
nik va noorganik molekulalarning spektrlari o‘rganildi va ular asosida
yulduzlar va sayyoralar sistemasining vujudga kelish jarayonlari tahlil
qilindi. Bunday tekshirishlar hamon davom etmoqda.
Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
yana ko‘plab fanlar va fan bo‘limlari vujudga keldi.Ular jumlasiga:
radiospektroskopiya, radiogolografiya, radiografiya, radiometriya,
radioelektronika va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: