Xviii bob. Elekòromagniò ÒO‘lqinlar


O‘zbekistonda telefon aloqasi



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix07.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#126171
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
379-402

O‘zbekistonda telefon aloqasi. O‘zbekistonda dastlabki 200 ra-
qamli telefon stansiyasi Òoshkentda 1904- yilda ishga tushirilgan. Hozir
Respublikamizning barcha shaharlari va tuman markazlari raqamli
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olingan. 2008-yil 1-yanvar
holatiga ko‘ra ikki mingdan ziyod ATS faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning
umumiy sig‘imi 2,08 millionni tashkil qiladi. Raqamli aloqaning ulushi
esa 86,1 foizni tashkil qiladi. 1992- yilda Yaponiyaning «NEK» firmasi
yetkazib bergan asbob-uskunalardan abonentlarning jahon telefon
tarmog‘iga chiqishini hamda ikki tomonlama xalqaro teleko‘rsatuvlarni
ta’minlaydigan 150 kanalli raqamli kosmik telefon stansiyasi qurildi
va foydalanishga topshirildi. Keyinchalik yana bir 30 kanalli xalqaro
kosmik telefon stansiyasi ishga tushirildi.
Uyali aloqa vositasi. 1991- yilda O‘zbekiston va AQSH ning «Inter-
neyshnl — kommunikeyshn grupp» firmasi bilan tashkil etilgan
«UZDUNROBIÒA» qo‘shma korxonasi 1995- yilgacha Òoshkent, Samar-
qand, Urganch, Qarshi, Andijon, Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar,
shaharlararo telefon stansiyalari bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan
uyali telefon aloqasi stansiyalarini ishga tushirdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda «MTS- O‘zbekiston » (Uzdunrobita),
«Unitel», «Coskom», «Perfektum Mobile» va «O‘zbektelekom»
aksiyadorlik kompaniyasining «O‘zbektelekom mobayl» filiali kabi
beshta mobel aloqa operatorlari faoliyat yuritishmoqda. Hozir
mamlakatimizda bunday aloqadan foydalanayotganlarning soni o‘n
ikki millionni tashkil qilmoqda.
Elektron pochta va internet sistemasi. Kompyuter texnologiyasi
sohasidagi yutuqlarni aloqa sohasidagi yutuqlar bilan bog‘lash yangi
elektron pochta va internet aloqa sistemalarining vujudga kelishiga olib
keldi. Hozirgi paytda juda ko‘p ma’lumotlar va hujjatlar kompyuter-
lar orqali modemlar vositasida uzatiladi yoki qabul qilinadi. Internet
esa o‘z navbatida ham butun jahon ma’lumot tarqatish, ham
odamlarning kompyuterlar yordamida muloqot va aloqa vositasiga
aylanib qoldi.


400
2008- yilning oxirida 
O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulanishni
ta’minlovchi xalqaro kanallarning o‘tkazish qobiliyati 511 Mbit/s ni tashkil
qildi. 
Ayniqsa, o‘quv yurtlarining, jumladan, akademik litseylar va
kasb-hunar kollejlarining ham Internet sistemasiga ulanayotganligi
quvonarli holdir.
Sinov savollari
1. XX asrgacha aloqa vositasi nimalardan iborat bo‘lgan? 2. XX asr-
ning buyuk ixtirolaridan biri nima? 3. Zamonaviy aloqa vositalarining
ish prinsipi dastlabki radiotelefon aloqadan farq qiladimi? 4. O‘zbekistonda
dastlabki telefon stansiyasi qachon va qayerda qurilgan? Uning hajmi
qancha bo‘lgan? 5. Hozir O‘zbekistonda umumiy foydalaniladigan telefon
nomerlar soni qancha? 6. Shaharlararo aloqada nechta kanal bor?
7. Hozir O‘zbekistonda xalqaro telefon so‘zlashuvlarining necha foizi
sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshiriladi? 8. O‘zbekistonda uyali aloqa
vositasi qachon ish boshlagan? 9. Hozir nechta korxona uyali aloqa xizmatini
ko‘rsatadi? 10. Elektron pochta va internet sistemasining ish prinsi pi.
11. Internet tarmog‘ining qulayliklari. 12. Butun dunyoda Internet
tarmog‘idan qancha odam foydalanadi? O‘zbekistonda-chi?

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin