Sug’urta franshizasi turli sabablar bilan yetkazilishi mumkin bo’lgan
zararlarning umumiy miqdorini sug’urta tashkiloti
hisobidan qoplanmaydigan
qismi.
Sug’urta brokеri - sug’urta tashkiloti va sug’urtalanuvchining sug’urtalash va
sug’urta shartnomasini bajarishdagi munosabatlarni o’rnatuvchi shaxs. Sug’urta
brokеri yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, u yoki bu sug’urta
kompaniyasi bilan
sug’urta shartnomasini tuzishda sug’urtalanuvchining konsultanti rolini bajaradi.
Sug’urta brokеri o’z nomidan faoliyat olib boradi.
Sug’urta auditori - sug’urta tashkilotlarining moliyaviy xo’jalik
faoliyatlari
ustidan mustaqil tеkshirishga vakil qilingan maxsus tashkilot yoki shaxs.
Dostları ilə paylaş: