10
fanning ayrim mavzularini oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil
oʻzlashtirish, oʻquv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va labaratoriya mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrib kelish;
ma’lum mavzu boʻyicha referat tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar
toʻplash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali
savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta
oʻylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, talabaning
auditoriya mashgʻulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish,
kengaytirish va toʻldirishga xizmat qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: