Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish


Talaba mustaqil ishi (TMI)



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#126329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
алижанов захидов мустакил иш курсатма

Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan oʻquv dasturida belgilangan 
bilim, koʻnikma va malakaning ma’lum bar qismini talaba tomonidan fan 
oʻqituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
oʻzlashtirilishiga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Oʻqishning boshlangʻich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar 
bilan bogʻliq. Ayniqsa, baranchi kurs talabalarning ta’limning navbatdagi turi – 
oliy ta’lim talablarga koʻnikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida 
oʻz mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi 
manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga 



solish, konspektlashtirish, oʻz fikrini aniq va yorqin ifodalash, oʻz vaqtlarini toʻgʻri 
taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini toʻgʻri baholash ular 
uchun katta muammo boʻladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan 
tayyor boʻlishmaydi. 
Shuning uchun har bir professor-oʻqituvchi dastlab talabada oʻz qobiliyati va 
aqliy imkoniyatlariga ishonch uygʻotishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-
bosqich mustaqil bilim olishni toʻgʻri tashkil qilishga oʻrgatib borishi lozim 
boʻladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda oʻzlashtiriladigan bilim va 
koʻnikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga 
olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda 
mustaqil ta’limga koʻnika boshlagan talaba faqat oʻqituvchi tomonidan belgilab 
berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, oʻzining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga 
qarab, oʻzi zarur deb hisoblagan qoʻshimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda 
tanlab oʻzlashtirishga oʻrganib boradi. 
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin