11
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va boshqalar)
oʻqituvchilardan maslahatlar oladilar.
Mustaqil oʻzlashtirilgan mavzu boʻyicha
tayyorlangan matn kafedrada
himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boʻlgan biror mavzu boʻyicha
referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari
qoʻshimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy,
uslubiy maqolalar, internetdan
olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materriallari va h.q.) foydalanib
materiallar yigʻadi,
tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha imkon
darajasida toʻliq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda
oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Koʻrgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga
muayyan mavzuni bayon
qilish va yaxshiroq oʻzlashtirish uchun yordam beradigan koʻrgazmali
materiallar(jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar,
maketlar, modellar, grafiklar,
namunalar,musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.q.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu
oʻqituvchi
tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum koʻrsatmalar, yoʻl-yoʻriqlar
beriladi. Koʻrgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan
mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu boʻyicha
bir necha talabaga
topshirish ham mumkin.
Talaba koʻrgazmali materiallardan foydalanish boʻyicha yozma ravishda
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: