Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Bonitirovkalash koeffitsiyentlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bonitirovkalash koeffitsiyentlari 
Qatlam 
chuqurligi, sm. 
Tosh-shag‘alli 
qatlam 
Qumli qatlam 
Gleyli 
qatlam 
Gipsli 
qatlam 
Shox-
arzikli 
Gumus 
qatlami 
0-30 
0,60 
0,65 
0,45 
0,50 
0,50 
0,65 
31-50 
0,70 
0,75 
0,50 
0,70 
0,60 
0,75 
51-70 
0,80 
0,85 
0,65 
0,80 
0,75 
0,85 
71-100 
0,90 
0,95 
0,85 
0,90 
0,90 
0,95 
>100 
1,00 
1,00 
1,00 
1,00 
1,00 
1,00 


24 
MAVZU: SHO‘R TUPROQLARNI BONITIROVKALASH USULI 
O‘zbekistonda sho‘r yerlar Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Farg‘ona, 
Jizzax viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarqalgan. 
Yerlarimizning turli darajada sho‘rligidan yiliga 20-25% miqdorda g‘o‘za 
hosili, ya’ni paxta kam terib olinadi. M.A.Pankov ma’lumotlariga ko‘ra kuchsiz 
sho‘rlangan yerlarda sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 20-30%, o‘rtacha sho‘rlangan 
yerlarda 40-60%, kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda esa 80% va hatto undan ham 
ko‘p g‘o‘za hosili kamayadi. 
Tuproqda suvda eruvchi tuzlarning tarkibi va miqdori, ularning harakati va 
o‘simlik turlari bilan aloqadorligi murakkab ilmiy muammolar qatoridan joy oladi va 
hozir ham shunday. 
Masalani bunday murakkab bo‘lishiga sabab o‘simlik turlarining ko‘pligi va 
ularni har xil ionlar ta’siriga va tuzlarning umumiy kontsentratsiyasiga chidamliligini 
turlicha ekanligidadir. 
O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi davrida ularni tuzlar, ionlar ta’siriga 
bo‘lgan reaktsiyalari o‘zgaradi. 
Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za o‘simligining tuzlar ta’siriga chidamsizligi eng 
avvalo chigitni unib chiqishidayok namoyon bo‘ladi, 3-4 chin barg chiqarganida bu 
ta’sirga kuchli beriladi. G‘o‘za o‘zining hayoti, ya’ni vegetatsiya davrining oxirida 
tuzlarning bir muncha yuqori kontsentratsiyalariga chidamli bo‘ladi. 
O‘zbekistonda rayonlashtirilgan ko‘pchilik g‘o‘za navlari uchun tuproqdagi 
tuzlar to‘plamining ruxsat etilgan, ya’ni eng yuqori kontsentratsiyalari 2,5-3 % ni 
tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichdan oshgan taqdirda g‘o‘za o‘simligi o‘ladi. 
Suvda eruvchi tuzlarning zaharliligi ularning eruvchanlik darajasiga, ayniqsa 
ionlar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘simliklarga nisbatan ko‘proq, kuchliroq salbiy ta’sir etuvchi ionlar ichida 
anionlardan umumiy ishqoriylik, xlor va sulfat ionlari ajralib turadi.
7-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin