5
yozuvlarda joyning geografik sharoiti, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shahar, qishloqlar
to‘g‘risidaga ma’lumotlar, relyef, aholi o‘z aksini topgan. Yerni sifati to‘g‘irisidagi
ma’lumotlar ham berilgan.
Haydaladigan yerlar o‘zlarining sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga:
saxiy, o‘rtacha, ozg‘inlarga bo‘lingan.
Bulardan tashqari haydalgan, haydalmagan o‘rmon, qamishzor,
toshli yer,
qumli yer va boshqalarga ajratilgan.
Feodalizm davridagi yer taqsimotidayok yerlarni sifati e’tiborga olingan, ya’ni
o‘rtacha sifatga ega bo‘lgan yerlardan yer berilayotganda me’yorga nisbatan 25%
ko‘proq, past sifatli yerdan berilganda esa 50% ko‘paytirilib berilgan.
Pyotr davrida Yerga bo‘lgan munosabatlar, uni baholash masalalari deyarli
to‘xtab qoldi yoki kuchli darajada buzildi.
Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya
Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk
olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda departament
tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan.
M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga
sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi.
Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi.
Yel, sosnalar tagidagi tuproqlarni kambag‘al tuproqlar qatoriga kiritdi, sabab
tariqasida ularning igna barglarini to‘kilmasligi keltirildi.
M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi
sifatida gilli qora tuproq, toshli,
o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Erkin
iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi
dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi
usullarini ishlab chiqish, yerlarni sifatini o‘rganish edi.
Bu davrga kelib Rossiya dunyoda bug‘doy sotuvchi yirik mamlakatlardan
biriga aylangan edi. Shu bois erkin iqtisodiy uyushma asosiy bug‘doy maydoni
hisoblangan qora tuproqlarni o‘rganishga kirishdi. Akademik Leman, Bolotov,
Komovlar uyushmani to‘plamlarida
tuproqni xossalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida chiqib turdilar.
XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat
tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta
xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq
olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu
komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida
Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Peterburg,
Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk,
Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida
1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi.
Bu xaritaga va ish
jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi.
Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va
tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi.
Keyinchalik baholash ishlari uslubi ishlandi va biroz takomillashdi.
Tuproqlarni sifat jihatidan baholash hosilga bog‘landi. Haydaladigan yerlar 5 sinfga,
6
pichanzorlar esa 14 sinfga, pichan 4 navga ajratildi. Guberniyalar uchun alohida-
alohida bug‘doyni hosildorligi, narxi aniqlandi. Eng kam hosil podzol, eng yuqori
hosil esa qora tuproqlardan olinishi aniqlandi.
Xullas bu davrdagi yerga baho berish, ro‘yxatga olish davlat siyosati uchun bir
tadbir tariqasida o‘tkazildi.
Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina
boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i"
nomli asar chop
etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi.
Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy
bonitirovkalashga asos solindi.
Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u
darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi.
Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu
davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi.
Bu davrda yerlarni baholashda Dokuchayevdan boshqa Amalitsskiy, Baravkov,
Vernadskiy, Glinka, Zamyatchinskiy, Levinson-Lessing,
Sibirtsev va boshqalar
qatnashdi. Shu tariqa Dokuchayev tuproq bonitirovkasining tabiiy-tarixiy usulini
yaratdi.
Dostları ilə paylaş: