Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


YERNI BAHOLASHNI STATISTIK USULI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
YERNI BAHOLASHNI STATISTIK USULI 
Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat. 
1. Yerni sifat jihatdan baholashni so‘rov savollari orqali to‘plangan 
ma’lumotlar asosida o‘tkazish. 
2. So‘rov savollarga javob berish, to‘ldirish yer egalari va yer boshqarmalari 
zimmasiga yuklatilgan. 
3. So‘rov savollarini tarqatish, ularni to‘plash, tekshirish uezd politsiya 
boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to‘g‘ri javob 
beradigan xodimlar etarli bo‘lmagan. Chunki statistika xodimlari ichida hatto maxsus 
ma’lumot emas, balki to‘liq o‘rta ma’lumotli bo‘lmaganlari ham ko‘p uchrab 
turadigan holat bo‘lgan. 
Politsiya maxkamasi esa ma’lumotlar soni to‘g‘rimi, hammasi to‘ldirilganmi 
yo‘qmi, shu savollarga javob bergan. So‘rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini 
tushinadigan odam bu zanjirda deyarli bo‘lmagan. 
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda 
bajarilgan. 
Bu usulni o‘zini oqlamasligi tezda ma’lum bo‘ldi, shu bois boshqa usullar 
izlandi. 
YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI 
R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli. 
Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar. 
Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan 
mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi 
bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini 
o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq 
xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi. 
Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va 
shunday ham bo‘ldi. 
G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy 
xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u 
baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini 
xaritalanishini afzal ko‘rdi. 



Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar 
tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi. 
Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda 
qo‘llanila boshladi. 
1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning 
177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Bu maydon 996 ming km
2
yoki 
Rossiyaning Yevropa qismini 25 % demakdir. 
2. So‘rov-statistika usuli. Bu usul iqtisodchilar, statistika xodimlari tomonidan 
tavsiya etilgan bo‘lib, 59 uezd, 7 guberniyada qo‘llanildi, 350 ming km
2
maydonda sinaldi. 
3. Rispolojenskiy usuli, ya’ni morfologik usul bo‘lib, 47 uezd, 5 guberniyada 
qo‘llanildi, 618 ming km
2
maydonda sinaldi. 
Bu usullardan tashqari Nefedov usuli bilan Tula, Tredesevich usuli bilan 
Lyubinskiy guberniyasida, Tomas usuli bilan Boltiq bo‘yida yerni baholash ishlari 
o‘tkazildi. 
Yuqorida qayd qilinganidek Rispolojenskiy usuli nisbatan qulay va arzonligi 
tufayli usulni iqtisodchilar, statistlar qattiq turib himoya qildilar, ammo tarix, hayot, 
amaliyot hamma narsalarni joy-joyiga qo‘ydi. Dokuchayev usuli eng to‘g‘ri va 
ob’ektiv ekanligi vaqt o‘tishi bilan isbotlana boraverdi. 
Shuni alohida qayd qilish kerakki, Dokuchayev iqtisodiy statistik usulni 
butunlay bekor qilishni rad etdi, aksincha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p yillik hosil 
miqdori tuproqni tabiiy xossalari bilan uyg‘unlashgan holdagina eng to‘g‘ri va eng 
sifatli natija olinishi ta’kidlanadi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin