Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Tayanch iboralar. Sho‘riston, urug‘lik, urug‘, tuxum, eroziya, o‘zbek modeli, 
Yer fondi, Yer qonuni, sug‘oriladigan tuproq, to‘q tusli bo‘z, tuproqlar tasnifi, bo‘z-
voha, o‘tloqi - voha, botqoq tuproq, sahro mintaqasi, genezis, gumus, gumus miqdori, 
me’yoriy hosildorlik. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. Qobusnomada yerga berilgan baholarni tushintiring? 
2. Markaziy Osiyoda qadimdagi ko‘chmanchi dexqonchilikning sabablari? 
3. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni ro‘yxatga olish va baholash ishlarining 
boshlanishi? 
4. O‘zbekiston yerlarini, tuproqlarini baholashda qo‘llaniladigan uslubiy ishlar va ularning 
muammolari? 
5. O‘zbekistonda yer qonuniga muvofiq yerlardan foydalanish bo‘yicha turlarga bo‘linishi? 
6. O‘zbekistonda va Farg‘ona vodiysida sug‘oriladigan yerlar muammosi? 
7. Lalmikor yerlar va ulardan samarali foydalanish muammolari? 
8. Sug‘oriladigan tuproqlar tasnifi, uning asosiy tip va tipchalari? 
9. Sug‘oriladigan yerlardan gumus va oziqa elementlarining yuvilishi va bu jarayonni 
tuproq unumdorligiga ta’siri? 
10. Kadastr zonalari va sinflar, hamda ularga berilgan bonitet ballari, hosil miqdorlarini 
chamalash? 
11. Tuproq unumdorligini baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlarni ayting? 
12. Ball bonitetli tuproq xaritasining mazmuni va moxiyati nimalardan iborat? 
 
MAVZU: SUG‘ORILADIGAN YERLARNI BONITIROVKALASH USULI 
Yer isloxotini mukammal va sifatli amalga oshirish uchun "Yer kodeksi", 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Yer kadastri to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. 
Bu qonunlarda Yer resurslaridan samarali foydalanish, foydalanuvchilarni 
rag‘batlantirish, yer egalarini tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan hatti-
harakatlarini e’tiborga olish qoidalari ko‘rsatilgan. 
Yer narxi, tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari eng avvalo Yer kadastrining 
tarkibiy qismlari hisoblanadi va quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 


20 
- yerga solinadigan soliq hajmini aniqlash 
- hosilni rejalashtirish 
- noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun yerni ajratishni asoslash 
- yerga to‘lanadigan to‘lov (kompensatsiya) miqdori 
- arendaga va fermer xo‘jaliklariga berilganda, pay shaklida foydalanganda yer 
maydonlarini narxini aniqlashda. 
- qishloq xo‘jalik korxonalarini xo‘jalik faoliyatini baholashda 
- yerdan ratsional va samarali foydalanishni rag‘batlantirishda 
- yerdan noto‘g‘ri foydalanishda jarimalarni miqdorini belgilashda 
- tuproqni degradatsiyalanishdan, ifloslanishdan saqlash, unumdorligini oshirish va 
qayta tiklash va boshqalar. 
Tuproq bonitirovkasi - tuproqning unumdorlik darajasini miqdor jihatdan 
baholash demakdir. Bu baholash nisbiy bo‘lib, solishtirish asosida olib boriladi. 
Tuproqni bonitirovkalash uni xossa va xususiyatlarini hisobga olish asosida 
bajariladi. Bunda ekin turining hosili bilan tuproq xossalari o‘rtasidagi eng zich 
bog‘lanish aniqlanib, shu asosda tuproq baholanadi. Bonitirovka ishlarini natijalari 
ballarda ifodalanadi. 
Tuproq bahosi bilan o‘simlik turi va hosili o‘rtasida maxsus bog‘lanishlar 
bo‘ladi. 
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar bonitirovkasi etakchi o‘simlik hisoblangan 
g‘o‘za asosida olib boriladi. G‘o‘za majmuasi o‘simliklari uchun ishlangan. 
Hozirgacha O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni bonitirovkalashda har xil 
usullardan foydalanilgan. 
Bu usullarga 1969 yilda nashr etilgan Genusov A.Z., Gorbunov B.V. va 
boshqalar tomonidan ishlangan, hamda 1989 yilda nashr etilgan Li V.N., Elyubayev 
S.M. va boshqalarni ishlarini keltirish mumkin. Bulardan tashqari 1977 yildagi 
Shreder V.R., Reshetov G.G. ishlarini keltirish mumkin. 
Sug‘oriladigan yerlarni tabiiy xossalariga qarab baholash uslublarini ichida 
nisbatan mukammal uslub tariqasida J. Sattorov, J. Kungirov va boshqalarni 1994 
yildagi ishlari hisoblanadi. 
Va nixoyat 1998 yilda "O‘zdavyerloyiha" Yer kadastri filiali xodimlari Li V. 
N., Maqsudov J. M., Akramov I. A. hamda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy 
tadqiqot instituti olimlari Qo‘ziyev R.Q., Turapov I. T. lar tomonidan yuqoridagi 
uslubiyatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan eng yangi 
usul ishlab chiqildi. 
Yangi usulda negizli jadval (shkala) tuproqlarni genetik guruhlari va mexanik 
tarkibiga tayangan holda tuzilgan. 
Oldingi 
negizli 
jadvallar 
esa 
yerlarni 
sug‘orilganlik darajasi va 
madaniylashganligi asosida tuzilgan. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlashda mavhumlikka 
ko‘p marta duch kelinar edi. 
Yangi uslubiyatda yuqorida qayd qilinganidek tuproqlarni tabiiy xossalariga 
ko‘ra baholashda ularni genetik guruhlariga va mexanik tarkibiga tayaniladi. 
Bulardan tashqari tuproqni sifat jihatdan baholaydigan muhim agronomik xossalariga 
asosan 
maxsus 
bonitirovkalovchi 
koeffitsiyentlar 
hisoblab 
chiqilgan. 
Bu 
koeffitsiyentlardan tuproqni bonitirovkalash jarayonida foydalaniladi. 


21 
Uslubiyatga ko‘ra g‘o‘za ekinlari asosida ishlangan bonitet ballari sholi va 
kanop ekinlardan boshqa barcha qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonlarni 
baholashga loyiq. 
Tuproqlarni baholash yopiq 100 balli shkala asosida olib boriladi. 
Eng yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan, yaxshi fizik, kimyoviy, biologik 
xususiyatlarga ega bo‘lgan yerlar 100 ball bilan baholanadi. Boshqa yerlar bularga 
nisbatan baholanadi. Shuning uchun ham bu usul nisbiy sanaladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin