Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Eroziyalangan yerlarni tashxis belgilari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Eroziyalangan yerlarni tashxis belgilari. 
№ 
Yuvilganlik darajasi 
Diagnostik belgilari 
A+B qatlam qalinligi, sm. 
B

qatlam chuqurligi, sm. 
1 Yuvilmagan 
>70 
>21 
2 Kuchsiz yuvilgan 
50-70 
21-31 
3 O‘rtacha yuvilgan 
30-50 
31-51 
4 Kuchli yuvilgan 
<30 
<51 
5 Yuvilma jinslar to‘plami 
>75 
>75 
Keltirilgan tashxis belgilariga asoslangan holda bonitirovka koeffitsiyentlari 
ishlangan bo‘lib, M. Yakutilov bo‘yicha quyidagicha tasvirlanadi. 
27-jadval. 
Yuvilganlik darajasiga ko‘ra bonitirovkalash koeffitsiyentlari. 
№ 
Yuvilganlik darajasi 
Bonitirovkalash koeffitsiyentlari 
Lyosslar, lyossli jinslar 
Prolyuvial va delyuvial jinslar 
1 Yuvilmagan 
1,00 
1,00 
2 Kuchsiz yuvilgan 
0,95 
0,95 
3 O‘rtacha yuvilgan 
0,90 
0,95 
4 Kuchli yuvilgan 
0,70 
0,75 
5 Yuvilma jinslar to‘plami 
1,00 
0,65 
Prolyuvial va delyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan tuproqlar har xil 
miqdor va o‘lchamlardagi toshlar, shag‘allar, qum, qumtosh bo‘lak va 
bo‘lakchalariga boy bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda pasaytiruvchi koeffitsiyentlar tariqasida quyidagi jadvaldan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
28-jadval. 
Tuproq yuvilganlik darajasiga ko‘ra pasaytiruvchi koeffitsiyentlar. 
№ 
Yuvilganlik darajasi 
Koeffitsiyentlar. 

Yuvilmagan 
1,0 

Kuchsiz yuvilgan 
0,9 

O‘rtacha yuvilgan 
0,8 

Kuchli yuvilgan 
0,7 

Yuvilma jinslar to‘plami 
1,0 
Tuproq tarkibidagi tosh va shag‘allarni birlashtirib skelet, ya’ni tuproq skeleti 
deyiladi. Skelet miqdori tuproqni ustki qatlamlarida ko‘p bo‘lsa, urug‘ni unib 
chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Skelet qo‘shilmalar tuproqni tez isishiga va shu 


49 
bois tez qurishiga sabab bo‘ladi. Bevosita toshga tegib turgan o‘simlik yoz vaqtlarida 
kuyib qolib, qurishgacha boradi. 
Tuproq qatlamidagi skelet miqdori o‘simlikni ildiz tizimini rivojiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi, oziqa elementlarni miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Skeletli tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik nisbatan yuqori bo‘lib, suv ushlash 
qobiliyati past bo‘ladi. 
I.Aliyeva ma’lumotlariga ko‘ra to‘la dala nam sig‘imi kuchli darajada skeletli 
tuproqlarda 16-20 %, o‘rta va kuchsizlarida esa 22-28 % bo‘ladi. Qoyali jinslar ustida 
hosil bo‘lgan tuproqlarda 36-38 % ni tashkil qiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra 
koeffitsiyentlarini ko‘radigan bo‘lsak, ular quyidagi chegaralarda joylashadi. 
29-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin