Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra bonitirovka



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
Tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra bonitirovka
koeffitsiyentining o‘zgarshi. 
№ 
Skeletlilik darajasi 
Koeffitsiyenti 

Skeletsiz tuproqlar 
1,00 

Kuchsiz skeletli 
0,95 

O‘rtacha skeletli 
0,80 

Kuchli skeletli 
0,70 
Faqat skelet miqdorigina o‘simlikni hayoti va faoliyatiga ta’sir qilmaydi, balki 
skeletli qatlamni qalinligi, joylashgan chuqurligi ham tuproq unumdorligiga salbiy 
ta’sir qiladi, ya’ni hosil bilan salbiy korrelyatsiyalanadi. 
Skeletli qatlam 30, 30-50 sm chuqurlikda, ya’ni shu chegaradan yuqorida 
joylashganda g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, poliz va boshqa ildiz tizimi yuzada 
joylashadigan o‘simliklar uchun katta zarar etkazadi. Agar bu qatlam chuqurda 
joylashgan bo‘lsa, daraxt o‘simliklariga ham zarar etkazadi. Shu bois skeletli qatlam 
chuqurligiga ko‘ra ham bonitirovkalash koeffitsiyentlari o‘zgaradi. 
30-jadval. 
Skeletli qatlam chuqurligiga ko‘ra bonitirovka 
koeffitsiyentining o‘zgarishi. 
№ 
Birinchi skeletli qatlam chuqurligi, sm. 
Koeffitsiyenti 

100 sm dan chuqurda 
1,00 

71-100 
0,95 

51-70 
0,85 

31-50 
0,70 

>30 
0,60 
Tuproq unumdorligiga ta’sir etuvchi omillardan skeletlilik va gipslilik darajasi 
hozirgi kunda quyidagi tartibda e’tiborga olinadi. 
31-jadval. 
Tuproqni skeletlilik va gipslilik darajasiga 
muvofiq koeffitsiyentlar. 
№ 
Tuproqni skeletlilik darajasi 
Yotish chuqurligi, sm. 
30-50 
50-100 
100-150 

Skeletsiz 
0,8 
0,9 
1,0 


50 

Skeletli 
0,7 
0,8 
0,9 

Gipsli 
0,6 
0,7 
0,9 
Yuqorida ko‘rsatilgan hosilni cheklovchi omillardan tashqari lalmikor yerlarni 
ishlab chiqarish qobiliyatiga joyning relyefi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘rinda relyef 
agroekologik omil tariqasida eng avvalo quyosh va yerdan keladigan energiyalar 
taqsimotiga, yog‘in taqsimotiga ta’sirli ko‘rinadi. Bu omillar taqsimoti o‘z navbatida 
boshqa qator kattaliklarga jumladan geokimyoviy oqimga, nam taqsimotiga va 
boshqalarga ta’sir ko‘rsatadi. Xilma-xil relyef sharoitidagi o‘simliklar har xil 
darajada quyosh energiyasi va yorug‘lik bilan ta’minlanadi. 
Sharqiy qiya tekisliklarga quyosh nuri nisbatan tik tushadi, demak, ko‘proq 
isitadi, ya’ni issiqlik rejimi boshqalarga nisbatan farqli bo‘ladi. 
Nisbatan soya shimoliy, g‘arbiy qiya tekisliklar kuchsizroq darajada isiydi, shu 
bois bu maydonlarning tuproqlarida namlik biroz ko‘proq, atmosfera havosi harorati 
pastroq bo‘ladi. 
Namlikning taqsimotiga relyef elementlarining morfometrik kattaliklari ta’sir 
qiladi. Relyefning namlikka ta’siri qiya tekisliklarda, jarliklarda, qirrali qoyalarda, 
uzun va tik qiyaliklarda, chuqur cho‘kmalarda yaqqol ko‘rinadi. 
Tuproqqa va uning ichki qatlamlariga singib kirib borgan suvlar qiya tekislik 
bo‘ylab geokimyoviy oqimni tashkil qiladi va qiyalik bo‘ylab pastqamliklar tomon 
oqib boradi. 
Geokimyoviy oqim o‘z yo‘lida har xil geokimyoviy baryyerlarda xilma-xil 
moddalarni kontsentratsiyalarini o‘zgartiradi. Masalan; organik moddalarni, oziqa 
elementlarni, mikro va makroelementlarni kontsentratsiyalariga geokimyoviy oqim 
turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Yog‘inlarning bir qismi relyef turiga qarab tuproq ustida turli tezlikda 
pastqamliklar tomon, vaqtinchalik yoki doimiy eroziya bazisi tomon harakat qiladi va 
qattiq oqim tariqasida moddalarni harakatga keltiradi. Bu oqim ta’sirida yerlar 
eroziyalanadi. Tuproq ustki va ichki omillarining nisbatlari joyning relyefiga, 
o‘simlik turi va qoplanganlik darajasiga, tuproqning zichligiga, yotish holati va 
boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. 
Salbiy relyef holatida, ya’ni chuqurliklarda joylashgan tuproqlar hamma vaqt 
ham nisbatan yuqori namlikka ega bo‘ladilar. Bunga sabab yuqoridagi maydonlarda 
ichki va tashqi oqim tariqasida u yoki bu miqdorda suvlar har xil kontsentratsiyada 
kelib qo‘shilib turadi. Shu bois ba’zan bunday yerlar suv o‘tkazmas qatlam ustida 
joylashgan bo‘lsa sho‘rlanishi yoki botqoqlanishi mumkin. 
Shu munosabat bilan bir xil iqlimiy sharoitda joylashgan maydonlarda har xil 
xususiyatlarga ega bo‘lgan tuproq ayirmalari ham hosil bo‘ladi. 
E.Volni, S.Tashchanov, N.Altinbayev va AQSH davlat departamenti 
ma’lumotlariga ko‘ra relyef elementlaridan eng katta agroekologik ahamiyatga ega 
xususiyatlari qiya tekslik ekspozitsiyasi, qiyalik darajasi, relyef shakli hisoblanadi. 
Ayniqsa qiya tekislik ekspozitsiyasi donchilik hosili bilan korrelyatsiyalanadi, 
shu 
bois 
lalmikor 
yerlarni 
baholashda 
ekspozitsiya 
uchun 
ishlangan 
koeffitsiyentlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, to‘g‘ri baholashga olib 
keladi. 


51 
32-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin