74
tuman, xo‘jalik tuproq ayirmasigacha borishi kerak. Demak alohida-alohida
ishlanmog‘i darkor.
Masalan; bo‘z tuproqlar uchun narx ishlanganda eng avvalo bu tuproqlarni
sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan, nam bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan
hamda tipchalarga bo‘linishi e’tiborga olinadi va asosiy narx ishlanadi. Keyinchalik
sho‘rlanganligi, eroziyalanganligi, mexanik tarkibi va boshqalarni e’tiborga
oluvchi
maxsus pasaytiruvchi koeffitsiyentlar ishlanib asosiy narxga ko‘paytirish asosida
oxirgi narx chiqariladi.
Buni quyidagicha tasvirlash mumkin, aytaylik eskidan sug‘oriladigan tipik
bo‘z tuproqlarning yagona narxi 100 ming so‘m. Bu tuproq kuchsiz sho‘rlangan
(pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,85), kuchsiz yuvilgan (0,88), o‘rtacha toshli (0,79)
bo‘lsa, u holda bu yerimizning narxi (N) N = 100*0,85*0,88*0,79=59 ming 92
so‘mni tashkil qiladi.
Bu o‘rinda eng murakkab ish dastlabki stavka narxini belgilash va
koeffitsiyentlarni aniqlash hisoblanadi. Bu kabi ishlar respublika tuproqlari uchun
ilmiy asoslangan tarzda haligacha ishlanmagan o‘z echimlarini kutmoqda.
Mamlakat bozor munosabatlariga o‘ta boshlagach 1990 yilda "Yer
to‘g‘risida"gi
qonun qabul qilindi, unga asosan yerga egalik qilish va yerdan
foydalanishning pulli bo‘lishi belgilandi.
1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan "Yer
solig‘i to‘g‘risida"gi maxsus qonun qabul qilindi, unda soliq solishning ob’ektlari va
sub’ektlari, imtiyozlar, soliq to‘lash tartibi va hokazolar batafsil belgilab berildi.
Yer solig‘ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga
solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo‘ldi.
Yerdan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarni iqtisodiy usullar
yordamida asrash hozirgi davrda yerdan pulli foydalanishni joriy etishning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Yer solig‘i
stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan
kelib chiqib belgilanadi.
Jahon bo‘yicha yer solig‘i stavkalari o‘rtacha yer qiymatining 5% ni tashkil
qiladi. Bizning mamlakatimizda tabiiy geografik, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlarni
hisobga olib bu raqam 3% deb qabul qilingan.
Yer uchun to‘lanadigan soliq miqdori bizning mamlakatimizda yerlarni sifati,
tabiiy iqlim mintaqalari bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadida sug‘oriladigan yerlar
uchun soliq stavkalari ma’muriy tumanlar bo‘yicha,
ularning tuproqlarini ball
bonitetilariga tayangan holda 10 darajaga bo‘lib belgilangan.
Bonitet ballarini aniqlashda yuqorida tanishganimizdek tuproqlarning
genetikaviy kelib chiqishi, sug‘orishning davomiyliligi, agroiqlimiy resurslar va
boshqa tuproqning qator xossa va xususiyatlari e’tiborga olinadi va 100 balli tizimda
aniqlanadi.
Sug‘oriladigan yerlarda joylashgan jamoatchilik qishloq xo‘jaligi yerlari uchun
to‘lanadigan yer solig‘i stavkalari quyidagicha qabul qilingan.
Misol tariqasida Farg‘ona viloyatining ayrim tuman va shaharlari uchun yer
solig‘i stavkalari (42) jadvalda ko‘rsatilgan. Bu stavkalarni ishlab chiqish jarayonida
tuproqning ball boniteti, kategoriyasi e’tiborga olingan.