Ko`pchilik mutaxassislar test psixolog xizmatining komponent-laridan biri
deb hisoblaydilar. Hayot ham shuni ko`rsatmoqda.
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya,
Polsha, Balgariyada to`plangan.
Bu mamlakatlarning ko`pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan
pedogogika- psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil eetilgan bo`lib, ular xalq
ta`limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik
xizmatning asosiy mazmuni sog`lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi
ayrim kamchiliklarga o`z vaqtida e`tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash
masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog`chaga
berish kabi muammolarni hal qilish, kasbga yo`naltirish, psixoterapiyaning turli
formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo`llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultatsiyalar orqali ota-onalarga amaliy
yordam ham beriladi, ya`ni boladagi o`qishga qiziqmaslik, maktabdan
qo`rqish,o`g`irlik yolg`onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola
xulqidagi tasodifiy o`zgarishlar, nutqning buzilishi so`zlashda duduqlanish,
bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og`rig`i uyqusizlik, sababsiz tez
toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari
uchun hadiksirashlarini yo`qotishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: