O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi.
1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab
Nizomiy nomli T.D.P.U.da amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi.
O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen,
G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova,
Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va
boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini
davom ettirmoqda. 1998 yilda Sh.R. Baratov “Ta`lim tizimida va ishlab
chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari”
mavzusida ish olib bordi va doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Hozirgi davr bosqichida psixologik xizmatning ikki yo`nalishi : dolzarb va kelajak
yo`nalishlari mavjud.
Dolzarb yo`nalish – bu o`quvchilar ta`lim-tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular
xulq-atvoridagi , muloqotidagi va shaxsi shakllanishidagi buzulishlar bilan bog`liq
muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo`nalishi - har bir bola indevidualligini rivojlantirishga jamiyatda
yartuvchanlik hayotiga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishga qaratilgan.
Psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol
shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat 3 ta asosiy bo`limdan
tuzilgan:
1.
Aniq o`quv muassasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi .
2.
Tuman xalq ta`limi qoshidagi tashxis markazi.
3.
Respublika kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedogogik tashxis
markazi.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har
tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadi.
Amaliyotchi psixolog o`z faoliyati pedogogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin
aloqalarda amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy difiktologik
va boshqa xizmat turlari bilan bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik
xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar .
O`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi –
shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti to`laqonli psixologik taraqqiyotni
ta`minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda
tadqiqot va ta`sir otkazish ob`yekti maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab
o`quvchilari, maxsus o`quv yurti, oliy maktab, kollej talabalari, ota-onalari bo`lib
hisoblanadi. Ularni yoki guruhiy shaklda tadqiq qilishi mumkin.
|