3
Fransiyada yagona kollejlarda guruh bo‘yicha ta'lim doimiy tashkil etiladi.
Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim
gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil.
Guruhlarga o‘qituvchilar,
psixologlar, yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilar
tavsiyasiga ko‘ra bo‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini o‘zlashtiradilar.
Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil
guruhni bitirgan kollej o‘quvchilariga ta'limning keyingi tiplari tavsiya etiladi.
Yaponiya maktablarida guruhli ta'lim yaxshi mavqyega ega,
uni musobaqa
tarzida tashkil etishadi. Sinfdagi guruhchalar kim ko‘p ingliz tilidagi so‘zlar, ieroglif
va she'r yod olish bo‘yicha bellashadilar. Baho butun guruhga qo‘yiladi. Yapon
pedagoglari guruhli ta'limga har xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Guruhli ta'lim
pedagogik jihatdan to‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlar
dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi. Masalan, guruhni kuchlilar va
zaiflar guruhiga bo‘lganda 2ta holat yuzaga keladi: yoki kuchlilarga, yoki kuchsizlarga
e'tibor
qaratiladi, bu har ikkala guruhga ham zarar.
Dostları ilə paylaş: