6
pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta'lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga
to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning
fikrimizcha, o‘rganilayotgan obyektlarning ba'zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar
(fragment) shaklida o‘rganish
natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va
tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII
asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra
yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas.
Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning
yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi,
munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha:
"Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni
ko‘payishiga
olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning
natijalarini ma'lum ketmaketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li
bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi tuzilma
ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi".
Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik
va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi,
o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab,
mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir.
Chunki predmetlararo
aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida
ma'lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va
muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ
aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan
predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va
munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va
istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat
ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi.
Chunki u
tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish
bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash,
7
shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish,
sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash
operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan obyektni barcha muhim
jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati
va mazmunini anglab
yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim
ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan
holda rivojlanib boradi yoki aksincha. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va
amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: a) o‘quv
predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; b) turli
o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; v)
ta'lim-tarbiya
ishini
tashkil
etish
shakllarini
integratsiyalash
va shu kabilar.
Bu yo‘nalishlarning har birining aniq o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi.
Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina ko‘zlangan
maqsadga
erishish mumkinligini ham shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim. Pedagogika fanida XX
asrning 80- yillaridan boshlab integratsiya, "o‘zaro aloqadorlik", “o‘zaro ta'sir",
"sintez" kabi tushunchalar qo‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bo‘lib, ta'lim-tarbiya ishida
integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. Hozirgi paytga kelib ta'lim-
tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi xususiy fanlar doirasida chegaralanib
qolmasdan, umumpedagogik ahamiyatga ega masalaga aylandi.
Dostları ilə paylaş: