8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja


Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer-butun so‘zidan



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va

Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer-butun so‘zidan 
kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz: 
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning 
bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni 
yaqinlashtirish jarayoni. 
Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini 
aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik 
darajasini oshirishga olib keladi. 
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga 
tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga 
solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta'kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, 
rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani 
shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish 
zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi 
aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta'limdagi integratsiya o‘quv fanlari 
mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.


12 
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich – tabiat haqidagi 
elementar bilimlarni birlashtirish; oraliq – fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; 
yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'limning oxirgi bosqichi 
integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta'limni to‘liqroq va kengroq 
integratsiyalash 
imkoniyati 
ham 
inkor 
etilmaydi. 
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng 
soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu 
bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy 
faoliyatni ta'minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan 
tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki 
hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va 
tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga 
oshiriladi. Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim 
hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi. Bunda 
o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim 
ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta'minlaydi 
(fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida 
bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son 
bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori 
pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki 
jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy 
tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni 
bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi 
bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi. 
Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va 
o‘rta maktab ta'limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. 
S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda 
qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta'lim 
muammolari aks etmagan.


13 
Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya differensiya 
jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, 
butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga 
oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar 
tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni 
bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni 
chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differensiya va integratsiya orasidagi 
munosabatlarni tushunishga tayanadi. 
Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning 
element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga 
oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni 
o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan 
bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmaydi. 
Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro 
kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha 
bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy 
fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni 
yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga 
e'tibor qaratsa, ba'zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar 
aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi. Demak, integratsiya - 
o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki 
chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli 
shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini 
oldini oladi.

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin