4
Isroilda ta'lim intizomi va yutuqlar (Yossi Shavit, Karmel Blank). Isroil
ta'limidagi intizomiy iqlim va talabalarning yutuqlari orasidagi kuchli va muhim
bog‘liqlik mavjud. Test natijalari rahbarlarning talabalarning mashg‘ulligi yuzasidan
qilgan hisobotlari va o‘qituvchilarning sinf intizomi hisobotinig salbiy bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Talabalar orasidagi va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan amalga
oshirilgan zo‘ravonlik ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘p
yoritilib kelinmoqda. Isroil talabalari itoatkorlik va ehtirom borasida aralash
ma'lumotlarni qabul qiladilar. Maktablarda, Isroillik talabalar ayni hisobotda ham
intizomi uchun, ham fanlari uchun baholanadi. O‘z navbatida intizom bahosi qoniqarli
ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, talabalar safidan chiqarilishi mumkin. Boshqa tarafdan,
isroilliklar mustaqil va jasurlikni qadrlaydigan sabrli yoshlar madaniyatiga juda katta
ahamiyat beradilar (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment:
School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012
104-107).
Dostları ilə paylaş: