8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va

Masofaviy ta'lim 
Hozirda dunyo shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib 
qolyapti. Shuning uchun, ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, odamzot 
informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter - bu oddiy va qulay tarzda 
ma'lumotlarga yetish vositasidir. Ma'lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma'lumotlarning 


14 
qayerda joylashishidan qat'i nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi 
bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Hozirda shu va shunga o‘xshash 
boshqa muammolar kompyuterlar yordamida bartaraf qilinmoqda. Kompyuterlar inson 
hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borapti va jahonda ularning soni va 
qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengaymoqda. Bu esa kompyuterlarning kundan-
kunga yanada rivojlanishini ta'minlayapti. Bularning hammasi ta'lim tizimiga ham o‘z 
ta'sirini ko‘rsatadi. Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion 
texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim 
zamon talablariga mos kelishi kerak. Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, 
ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, 
ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi 
ma'lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin. Internet 
tizimi orqali ta'lim tizimi tashkil qilingan maktablar, kollejlar va o‘quv yurtlari hozirgi 
kunda rivojlanib borayotgan "virtual o‘quv yurtlari"ga birlashayotganini kuzatish 
mumkin. Bu esa o‘quv muassasalari orasidagi masofani qisqartiradi va ma'lumotlar 
almashinuvini maksimal darajada ta'minlaydi.
Ta'limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi-axborotni uzatish va qayta 
ishlashning elektron vositalariga asoslangan yangi ta'lim texnologiyalarining va 
o‘qitish shakllarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Masofaviy o‘qitishda o‘rgatuvchi, 
sinovchi va aloqa vositalari kabi texnik vosita va texnologiyalar qo‘llaniladi. 
O‘rgatuvchi vositalarga izohli lug‘atlar, qidiruv vositalari, elektron o‘quv 
qo‘llanmalar, ma'ruzalarning videokursi va boshqalar kiradi. Sinov vositalariga test 
savollari, o‘zo‘zini tekshirish vositalari mansub. Aloqa vositalari bular-forumlar, 
pochta, audio va videokassetalardir.
Masofaviy ta'limda o‘qituvchi funksiyasini o‘rgatuvchi va sinovchi vositalar 
(to‘la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, 
o‘qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr 
etilgan uslubiy material bajaradi. Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikatsiya 
va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo‘llagan holda kengaytirish mumkin. 


15 
Bular o‘quv kursi bo‘yicha videoma'ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining 
namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Zamonaviy kompyuterga mo‘ljallangan didaktik dasturlar (electron darslik, 
kompyuter topshiriqnomalari, multimediyali elektron darsliklar va h.) o‘qitishning 
multimediyali vositalari sirasiga kiradi. Multimediya didaktik material uzatishni yuqori 
darajada qulay va ko‘rgazmali bo‘lishini ta'minlaydi, bu, o‘z navbatida, talabalarda 
o‘rganishga qiziqishni orttiradi. Yaqin vaqtlargacha masofaviy ta'lim, sirtqi ta'lim, 
ochiq ta'lim va hokazolar kabi tushunchalar deyarli bir-biridan ajratilmas edi. Biroq 
hozirgi vaqtga kelib, masofaviy ta'lim o‘z ahamiyati va zarurligini isbotladi. Biroq 
hozirgacha,-bu ta'lim shaklimi yoki texnologiyami degan savollar dolzarbligicha 
qolmoqda. Chunki, bu savolning tushunchasidan masofaviy ta'limning strategiyasi, 
amalga oshirish taktikasi hamda o‘qituvchilarni masofaviy ta'limda ishlashga 
tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda masofaviy ta'limning tadqiqotchi va amaliyotchilari tomonidan 
unga quyidagicha asosiy ta'rif berib kelinmoqda: Masofaviy ta'lim - bu o‘quv 
materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi 
o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an'anaviy va yangi axborot 
texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarini keng qamrovda ishlatilishidagi 
ta'limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir. Masofaviy ta'lim kunduzgi ta'lim 
mazmunidagi kabi mos ravishda o‘sha maqsadlar bilan quriladi (agar u ta'limga mos 
keluvchi dastur bo‘yicha qurilsa), lekin, materialni yetkazish shakli, o‘qituvchi va 
o‘quvchilar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zaro o‘rtasidagi ta'sir etish shakli 
boshqacha bo‘ladi. Masofaviy ta'limning asosiy bazaviy didaktik prinsiplari boshqa 
ta'lim turlari kabidir, lekin masofaviy ta'limning tashkiliy prinsiplari boshqachadir, ular 
masofaviy ta'lim uchun xosdir, chunki shakl xususiyatlari, internetning axborot vositasi 
imkoniyatlari, uning xizmatlari (chatlar, forumlar, elektron pochta, videokonferensiya) 
bilan ifodalangan. Masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida modullilik, 
o‘qituvchi rolini o‘zlashtirish, o‘quv jarayoni subyektlarining masofa bilan 
ajratilganligi, ta'limning virtual kooperativligi, o‘qituvchi tomonidan yuritiladigan 
nazorat ustidan o‘z nazoratini o‘rnatish, zamonaviy maxsus ta'lim texnologiyalari va 


16 
vositalarining ishlatilishini keltirishimiz mumkin. Masofaviy ta'lim ishlatilishining 
asosiy sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– ma'lum sohalar bo‘yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish;
– imtihonlarni ekspert usulida topshirishda alohida o‘quv fanlari bo‘yicha 
maktab o‘quvchilarini tayyorlash; 
– ma'lum yo‘nalishdagi o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish uchun maktab 
o‘quvchilarini tayyorlash;
– maktab o‘quvchilarining yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishlarini tashkil etish;
– qiziqish bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim olish;
– kadrlarni kasbga qayta tayyorlash;
– kasbiy tayyorgarlik. 
Masofaviy ta'lim bilan kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarini taqqoslab, shuni 
xulosa qilish mumkinki, masofaviy ta'limni, personal kompyuterlar, video va audio 
texnika, kosmik va optik tolali texnikaning ishlatilishiga asoslangan ta'limni axborot 
texnologiyalari bilan ta'minlangan sirtqi va kunduzgi ta'lim rivojlanishining yangi 
bosqichi sifatida ko‘rish mumkin. Masofaviy ta'lim sirtqi ta'lim shaklidan shunisi bilan 
farq qiladiki, unda materialning mohiyatli qismi mustaqil o‘zlashtirilmasdan, 
o‘qituvchi bilan doimiy muloqotda amalga oshiriladi (telefon va internet, ma'ruza va 
seminarlarda onlayn rejimidagi konsultatsiyalar). Shuningdek, masofaviy ta'limning 
sirtqi ta'lim shaklidan asosiy farqlari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:- 
telekommunikatsiya vositalari yordamida o‘qituvchi bilan doimiy muloqot, vujudga 
keladigan savollar bo‘yicha u bilan operativ tarzda muloqot qilish imkoniyati. 
Rivojlangan davlatlarda yangi tipdagi o‘quv yurtlari mavjud. Bunday o‘quv 
yurtlari “ochiq”, “masofali” universitet, “elektron”, “virtual” kollejlar deb nomlana 
boshlandi. Ular o‘ziga xos tashkiliy strukturaga ega bo‘lib o‘ziga mos pedagogik usul, 
iqtisodiy mexanizmlardan foydalaniladi.

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin