O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix11.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI 
TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”SINING PRINSIPLARI 
2.1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilishning shart-
sharoitlari, o‘ziga xos xusutsiyatlari va poydevor prinsiplari 
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan 
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlarini himoya qilish tarixida 
alohida o‘rin egallaydi. Konvensiya tez orada, 20 ta davlat tomonidan ratifikatsiya 
qilindi va 1990-yilda kuchga kirdi. Konvensiyani tayyorlash jarayoni oddiy 
kechmaganligini inobatga olish lozim. Bolaga har qanday odamlarga tegishli 
huquqlarni taqdim etishga ishonmaydiganlarning jiddiy qarshiliklariga uchradi. 
Ayniqsa, bolaning o‘z fikrini bayon qilish, yig‘ilishlarda erkin ishtirok etish, vijdon 
erkinligi, ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqlarini e’tirof etishning zarurligiga 
shubhalanuvchilar bo‘ldi. Keskin munozaralar natijasida bola huquqlari odamlarga 
tegishli huquqlar kompleksi bilan ta’minlanishi to‘g‘risida g‘oyani e’tirof etuvchilar 
har qalay ustun keldilar. YUNISEF ma’lumotlarida alohida ta’kidlanganidek, bu 
huquqlarning barchasi Konvensiya matni bo‘yicha uch asosiy maqsadni nazarda 
tutadi: 
• birinchidan, bola huquqlari barcha boshqa shartnomalarga binoan umuman 
insonlarga berilgan huquqlardan iborat ekanini yana bir-marta ta’kidlash; 
• ikkinchidan, insonning ba’zi asosiy huquqlarini mustahkamlab, bolalarning 
o‘ziga xos manfaatlarini alohida e’tiborga olish; 
• uchinchidan, bolalar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan sohalarga oid me’yorlar 
belgilash. Ta’kidlash lozimki, bolalarning keng huquqlarini tan olinishini, o‘z 
huquqlaridan foydalanish va ularni himoyalashda mustaqil bo‘lishini ba’zilar 
Konvensiya, xuddi bolalarni o‘z oilalaridan “ozod” qilayotgandek tushundilar. 
Bunday tushuncha Konvesiyaning mazmuniga batamom zid bo‘lib, uning harakteri 
va maqsadini noto‘g‘ri talqin qilardi. Haqiqatda esa, Konvensiyaning maqsadi 
bolalarni o‘z ota-onalaridan va oilalaridan uzoqlashtirish va yakkalab qo‘yish emas, 
aksincha, bolalarni o‘z oilasida yashashi, ota-onasidan ajratilmasligi, oila tizginlarini 
susaytirish emas, balki kuchaytirishga qaratilgan edi. Ishtirokchi davlatlarga, turli 


16 
sabablarga ko‘ra buzilgan oilalarni tiklash vazifasi yuklatilgani ham buning 
isbotidir. Konvensiyaning chin mohiyati va ruhi oilani tibbiy orombaxsh muhit 
ekanligini va bola uni sevgan ota-onasi bag‘rida mustaqil rivojlanishi, shakllanishi 
zararligini e’tirof etishga qaratilgandi. Konvensiyada uch jiddiy yangilik mavjud. 
Birinchidan, u bolalar uchun “ishtirok etish huquqi” tushunchasini amaliyotga kiritdi 
va bolalar o‘z huquqlaridan xabardor bo‘lishining ahamiyatini tan oldi.Ikkinchidan, 
ilgari xalqaro hujjatlarda hech eslatilmagan ba’zi masalalarni o‘rtaga tashladi: 
shafqatsizlik va ekspluatatsiyadan jabr ko‘rgan bolalar o‘z ahvolini tiklashga haqli 
ekani va hukumatlar bolalarning salomatligiga putur yetkazadigan odatlarga barham 
berish uchun qadam tashlashga majburligini ta’kidladi. Uchinchidan, u ilgari yuridik 
majburiyat tug‘dirmaydigan matnlardagina uchraydigan prinsiplar va me’yorlarga, 
xususan farzandlikka olish va voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga 
oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tiborni qaratdi. Konvensiya, shuningdek, ikki 
muhim konsepsiyani amaliyotga kiritdi: Birinchi konsepsiya - “bola manfaatlarini 
yaxshiroq ta’minlash” (3-modda) bolalarga nisbatan barcha munosabatlar uchun 
majburiy omil deb sanaldi; Ikkinchi konsepsiya - ota-ona yoxud bola uchun mas’ul 
bo‘lgan barcha shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirib, bolaga nisbatan boshqaruv 
va rahbarlik qilish chog‘ida uning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga mos ish 
tutishlari darkor. Konvensiyaga ko‘ra, bolaga nisbatan barcha harakatlar “bolaning 
manfaatlarini imkon boricha ta’minlash” (3-modda) mezoniga asoslanishi lozim. Bu 
mezon ota-onalarning o‘z bolalariga munosabatlarida ham inobatga olinmog‘i shart. 
Ular (ota-ona va ularning o‘rnini bosuvchilar) o‘z huquqlarini bolaning 
rivojlanayotgan qobiliyatlariga, ya’ni uning manfaatlariga moslab amalga 
oshirishlari kerak. Konvensiyaning asosiy prinsiplari tegishli qonun majmualarida - 
oila, fuqarolik, mehnat kodekslarida va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda 
topgan. Bu asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
• Yashash bolaning ajralmas huquqi ekani prinsipi; 
• Bola manfaatlarining yanada yaxshiroq ta’minlanishi prinsipi; 
• Bolani kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi; 


17 
• Bolaning o‘z fikrini erkin ifodalashi va tinch yig‘ilish erkinligiga bo‘lgan 
huquqi prinsipi. “Bolaga tegishli barcha huquq va erkinliklarning negizini tashkil 
etuvchi to‘rtala prinsip, uning teng huquqli shaxs sifatidagi huquqiy maqomini 
yuksaltirish nuqtai nazandan qadrlanadigan mazkur prinsiplar Konvensiyaning 
poydevor prinsiplari hisoblanadi va uning normalari bu prinsiplar asosida qurilgan. 
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Bola huquqlari to’g’risidagi 
Konvensiyaga qo’shilish to’g’risida” 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XP-sonli qarori. 
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY
KENGASHINING
QARORI
BOLA
HUQUQLARI
TO‘G‘RISIDAGI
KONVENSIYAGA
QO‘SHILISH
HAQIDA 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq, 
jamiyat barcha a’zolarining qadr-qimmatini, teng va daxlsiz huquqlarini e’tirof etish 
inson erkinliklarini ta’minlashning asosi ekanligini e’tiborga olib, shuningdek 
bolalar alohida g‘amxo‘rlik va himoya huquqiga ega ekanligini e’tirof etib, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1989-yil 20-noyabrda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44- sessiyasi qabul qilgan 
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilsin. 3. Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi konvensiya normalarining umumiy tavsifi Mazkur hujjat konvensiya 
shaklida tuzilgandir. Odatda, konvensiya (lot. sonventio-bitim) atamasi umumiy 
ma’noda ham, muayyan turdagi xalqaro bitimlarni belgilsh uchun ishlatiladi. 
Umumiy ma’noda atama odat huquqidan farqli o‘laroq, BMT Xalqaro sudi 
Statutining 38-moddasida belgilanganidek, asosan shartnoma huquqini belgilash 
uchun ishlatiladi . Konvensiyanmng tuzilishi, odatga ko‘ra, kirish qismi 
hisoblanmish muqaddima, ikkita qismdan iborat asosiy qism va yakunlovchi 
qismdan iborat 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, umumiy 54 moddani tashkil etadi. 
Konvensiyaning rasmiy maqsadi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari 
va shartnoma tuzish sabablari ko'rsatilgan Muqaddima qismida, xalqaro 
hamjamiyatning jahonda bola huquqlarini har tomonlama himoya qilishga qat’iy 
sa’y-harakati, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga 
uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega 
bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan 


18 
bo‘lishiga erishish maqsadda zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim 
ekanligi, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti 
uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida 
o‘sishi zarurligini e’tirof etgan holda, jahondagi barcha mamlakatlarda og‘ir 
sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj 
ekanliklarini, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har 
bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini 
munosib tarzda hisobga olinganligi, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro 
hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etilganligi, shuningdek, Konvensiyani bola 
huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar va ularning normalari 
uyg‘unligi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Konvensiyaning I-qismida ishtirokchi 
davlatlarning bolalarning huquq va erkinliklari, ota-onalari va ularni o‘rni 
bosuvchilarning huquqlari, majburiyatlari, shuningdek, ularni ta’minlab berish 
borasidagi davlat va uning tegishli organlarining majburiyatlari va vazifalari 
belgilab berilgan. Konvensiyaning 1-moddasida “bola” ta’rif beriladi, ya’ni, unga 
ko‘ra “18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan 
qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi”. 
Konvensiyaningg 2-5 moddalarida ishtirokchi-davlatlarga, ular tomonidan 
Konvensiyada ko‘zda tutilayotgan huquqlarni ta’minlab berish yuzasidan amalga 
oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari, kabi majburiyatlar yuklatilgan. Jumladan, 
2-moddada, ishtirokchi-davlatlarga o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun 
Konvensiya ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, 
tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy 
kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki 
qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qilishi 
lozimligi hamda bu huquqlarni ta’minlab berish, shuningdek, “bola, uning ota-onasi, 
qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z 
ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha 
shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘rish 


19 
majburiyatini yuklaydi. Kamsitish - yengish qiyin bo‘lgan ijtimoiy hodisa 
hisoblanib, ijtimoiy turmushning barcha darajalarida barham berilishi lozim. Uni 
yo‘qotish uchun avvalo, davlat o‘zining siyosiy irodasini namoyish etishi zarur. Bola 
huquqlari to‘g‘risida konvensiya, ishtirokchi-davlatlar zimmasiga ular tomonidan 
nazarda tutilgan ”barcha huquqlarni hurmat qilish va ta’minlash” vazifasinini yuklab 
qo‘yganligi bejiz emas. Shunga muvofiq, davlat bolalar o‘z huquqlaridan haqqoniy 
foydalanishlari uchun huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tusdagi 
choralardan foydalanishi kerak. Bu o‘rinda kamsitishning oldini olish borasida 
ogohlantiravchi choralarni yaratish haqida so‘z yuritilmoqda. Insonning rivojlanish 
erkinligini kamsitish nomaquldir. Hozirda jamiyat, uning har bir institutining 
bevosita ishtirokisiz uni tubdan yo‘qolishini tasawur qilib bo‘lmaydi. Fuqarolik 
jamiyatining rivojlanish darajasiga shubhasiz ko‘p narsa bog‘liq. Dunyo rivojlanish 
tajribasining dalolat berishicha, fuqarolik jamiyatining “ulg‘ayishi” ijtimoiy 
muammolarni hal etish jarayonida fuqarolarning ishtiroki bilan amalga oshadi. 
Jamoatchilik kamsitishni yo‘qotishga qanchalik muvaffaqiyatli kirishsa, uning 
hayotiy zarur muammolarni yechish faoliyatining natijasi ham shunchalik samarali 
bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan 
tayyorlangan “2000-yil bo‘yicha insoniyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi ma’ruza”da 
sanab o‘tilgan “Yetti erkinlik“ qatoriga “Kamsitishlardan erkin bo‘lish” ham 
kiritilgan 3-moddada “Bola manfaatlarini yaxshiroq ta’minlash prinsipi” o‘z aksini 
topgan, ya’ni unga ko‘ra, bolalarga nisbatan barcha hatti-harakatlarda, ular ijtimoiy 
ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, 
ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, 
bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi 
darajali e’tibor berilishi; Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning 
farovonligi uchun zarar hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda 
uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish 
boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga olishlari 
hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘rishlari; 
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish 


20 
uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar 
tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash 
sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli 
nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini 
ta’minlashlari lozimligi belgilab qo‘yilgan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin