O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix11.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI 
TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”SI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. 
1.1. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risidagi 
konvensiya” va uning mazmun va mohiyati 
Mamlakatimizda inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umum e’tirof 
etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-
bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy 
qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy 
e’tibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning amalga kiritilgani 
mamlakatimizda bola huquqlariga oid yaxlit, kodifikatsiyalashgan milliy 
qonunchilik tizimining yaratilishiga huquqiy poydevor vazifasini o‘tadi.
O‘zbekistonda Bola huquqlari bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident 
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini 
himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy 
hujjat bo‘ldi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun 
hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning 
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya 
qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora 
va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini 
belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentyabrda “Voyaga etmaganlar o‘rtasida 
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 
amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy 



asoslarini yanada mustahkamladi. Ya’ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning 
nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga 
qaratilgan kompleks huquqiy choratadbirlar tizimini belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan 
o‘ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Sog‘lom avlod” (2000 yil), “Ona va bola” (2001 yil), “Ayollar va 
ulg‘ayayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar 
to‘g‘risidagi davlat dasturlari (2012 yil), shuningdek, “YOshlar yili” (2008 yil) va 
“Barkamol avlod yili” (2010 yil), “Sog‘lom bola yili” (2014 yil), “Sog‘lom ona va 
bola yili” (2016 yil)ga bag‘ishlangan davlat dasturlari va milliy harakat rejalari 
ishlab chiqildi.
Bugungi kunda bolalar va yoshlar masalalari davlat siyosatining asosiy diqqat 
markazida turganligini “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi (2016 yil 15 
sentyabr), “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya 
qilish to‘g‘risida”gi (2017 yil 9 sentyabr) Qonunlarning qabul qilinishi ham yaqqol 
ko‘rsatib turibdi.
Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratiladi? Buni 
quyidagilar bilan izohlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi 28 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% ni 18 
yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy 
rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali 
oilalarni, etim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi 
yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston 
qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi 



konvensiyasidir. Mana 26 yildan beri ushbu konvensiya O‘zbekistonda amal qilib 
kelmoqda.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. 
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish 
bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat 
bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat 
siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini 
amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga 
solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon 
bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz xalqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng 
kichik yosh to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining 
og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar 
to‘g‘risidagi konvensiyasiga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shildi va ushbu 
hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda.
Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy 
hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, 
davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’yi-
harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish 
bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari 100 dan ortiq qonunlar bilan 
tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2008 yil 7 yanvarda 



imzolagan.Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va kuchga kirgan.
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha 
kafolatlari (24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2009 yildagi O‘RQ-
239-son Qonuniga muvofiq o‘zgaritirishlar kiritilgan.
Qonunning 2-bobida “Bola huquqlarining asosiy kafolatlari” to‘g‘risidagi 
qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unda jumladan bolaning quyidagi huquqlari:
Bolaning yashash huquqi, individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan 
huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, himoyaga bo‘lgan huquqi, oilaviy 
muhitga bo‘lgan huquqi, g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi, o‘z 
fikrini ifoda etish huquqi, axborot olish huquqi, fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod 
erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo‘lgan huquqi, turar joyga bo‘lgan huquqlari, 
mehnat qilish huquqi, dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi, sog‘lig‘ini saqlash 
huquqi hamda bilim olish huquqi kafolatlari haqida gap boradi
Qonunning ahmiyatli jihati shundaki, uning 3-bobida “Ijtimoiy himoyaga 
muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari” belgilab qo‘yilgan bo‘lib, 
unda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning:
- oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari
- turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari
- ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 
bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- ta’lim olish huquqi kafolatlari mustahkamlangan.
1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sonli rezolyusiyasi 
bilan qabul qilingan, 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan “Bola huquqlari 



to‘g‘risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat 
bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1-41 moddalari 
bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi 
davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari:
-Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish. Barcha huquqlar 
hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – 
bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda 
uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish. 
- Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga 
nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga 
birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara 
olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va 
g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
- Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola 
yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom 
rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada
imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.
- Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish 
huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri 
e’tiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning:
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
to‘g‘risidagi konvensiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va 
muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa 
turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham 
tayanadi. 


10 
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga 
muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
2008 yilda O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga ham tegishli bo‘lgan bir 
qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMT ning 
konvensiyasini (2008 yil 4 aprelda);
2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir 
shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008 yil 8 aprelda);
3.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka
qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000 yil 15 noyabr) to‘ldiruvchi odam 
savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek 
qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini (2008 yil 8 iyulda);
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar 
fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil 
11 dekabrda);
5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli 
mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil 12 dekabrda).
2014 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choratadbirlar Dasturining yaratilishi, 2016 yilda 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda 
istiqomat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 60%dan ortiq aholi 
vakillarining ijtimoiy, huquqiy, qonuniy manfaatlari doimo davlatning diqqat 
markazida ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu qonun 4 bob, 33 moddadan 
iborat bo‘lib, 2016 yilning 15 sentyabridan kuchga kirgan.


11 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin