27
qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik
va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday
alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va
1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola
huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va
Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan,
23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro
paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda
bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi
xalqaro tashkilotlarning
Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, bola huquqlari
deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan
kamolotga yetmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka,
binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy
himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy
va huquqiy tamoyillar
to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni
milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish
hamda asrab olish paytidagi
himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart
qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida
ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida deklaratsiya
qoidalariga tayanib,
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar
borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning
himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari
va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,
har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush
sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Dostları ilə paylaş: