21
2.2. Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlar.
Bola huquqlari bo'yicha qo‘mita. Bu Qo‘mitaning birinchi sessiyasi 1991-
yilda bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita o‘n nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola
huquqlarini rag'batlantirish uchun kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi
bo‘lgan barcha davlatlar o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilishini
ta’minlash vazifasi topshirilgan
1.Qo‘mita jahon bolalarining tinchligi va farovonligiga tahdid soluvchi
omillarni aniqlab, muayyan muammolarning amaliy yechimini izlamoqda va
ularni hal qilish uchun odamlarni va moliya resurslarini safarbar etish
choralarini ko‘rmoqda hamda jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga,
shuningdek, bola huquqlarini himoya etish va rag'batlantirishdagi ishtirokini
kengaytirishga ko‘maklashmoqda. Qo‘mita ana shu maqsadda mazkur sohada
jo'shqin faoliyat olib borayotgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilib
kelmoqda.
Qo‘mita 1989-yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya
qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining bu boradagi majburiyatlarini
qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiya qatnashchisi bo'lgan
davlatlar Konvensiya bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini
amalga oshirish sohasidagi taraqqiyot to'g'risidagi ma’ruzalarni muntazam
ravishda shu Qo'mitaning o'ziga taqdim etadilar. Bu ma’ruzalarning milliy
darajada oshkor etilishi va keng ommalashtirilishi ta’minlanadi.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi Yevropada va Xitoyda bolalarning oziq-
ovqat, dori-darmon va kiyim- kechakka bo'lgan kundalik zarur ehtiyojlarini
to'laroq qondirish maqsadida 1946-yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi
sessiyasida UNICEF ta’sis etilgan edi. 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi
mazkur Fond faoliyatining asosiy yo'nalishi rivojlanayotgan mamlakatlar
bolalarining manfaatlari ko'zlangan dasturni amalga oshirishdan iborat, deya qaror
qabul qildi. Uch yildan keyin BMT Bosh Assambleyasi UNICEFning faoliyatini
nomuayyan muddatga uzaytirishga qaror qilgan. UNICEF insonparvarlik, muruwat
22
yordami ko'rsatgan holda rivoj lanishga hamkorlik qilar ekan, bolalarni himoya
etish va ularning barcha qobiliyatlarini o'stirish maqsadida rivojlanayotgan
mamlakatlar bilan hamkorlik doirasini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda.
Bunday hamkorlik bolalarni kamol toptirish sohasidagi milliy dasturlar doirasida
amalga oshirilmoqda. Ana shu hamkorlik mohiyatan jahondagi har bir bolaga
uning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada e’lon qilingan tayanch huquqlari
hamda imtiyozlari imkon qadar ro'yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek sobiq Sovet Ittifoqi hududida
bolalarning eng zarur talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida UNICEF ba’zi
davlatlarga yaqindan yordam ko'rsatib kelmoqda. UNICEF bola huquqlarini
rag'batlantirish masalalari bilan shug'ullanuvchi Bola huquqlari qo'mitasi bilan
yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan bo'lib, ayni bir vaqtda Konvensiyaning amalga
oshirilishini kuzatish hamda Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki bu hujjatga
qo'shilgan davlatlarga zimmalaridagi vazifalarini bajarishlarida har tomonlama
yordam ko'rsatish bilan shug'ullanmoqda. UNICEF o'z faoliyatida bolalarning omon
qolishini ta’minlash, ularni himoya etish va kamol toptirish to'g'risidagi
Umumjahon deklaratsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasiga amal
qiladi. Mazkur Deklaratsiya bolalar manfaatlarini ko'zlab 1990-yilning
sentabrida Nyu-Yorkda ko'pgina davlatlar va hukumatlarning rahbarlari hamda
oliy martabali boshqa shaxslar ishtirokida o'tkazilgan oliy darajadagi umumjahon
uchrashuvida qabul qilingan.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi - UNICEFning bolalar huquqlari hamda
ularning xavfsizligi, salomatligi va ta’lim masalalarini ilgari surishdagi
faoliyatida dasturilamal vazifasini bajaradi.
Bu jarayonda bolalarning o‘zlari faol ishtirok etishlari muhimdir. 2002-
yil may oyida bo‘lib o‘tgan BMTning Bolalar masalalari bo‘yicha maxsus
sessiyasida bolalarning dunyoqarashlari ifoda etildi. Unda 7000 ishtirokchidan 600
nafarini bolalar tashkil etgan bo‘lib, bolalar forumini ifoda etish imkoniyatini
23
berdi. Buning natijasida davlat rahbarlari “Bolalarga maqbul dunyo” yaratish
majburiyatini oldilar.
“Bolalarga maqbul dunyo” bolalar salomatligi, ta’limi va himoyasini
bolalar huquqlarini ta’minlash bo'yicha maqsad-vazifalarni hamda ularni amalga
oshirish vaqtini belgilaydi.
UNICEFning O‘zbekistondagi faoliyati bolalar va ularning oilalari
hayotini yaxshilashga qaratigan bo‘lib, quyidagi huquqlarni amalga oshirishga
yordam beradi:
- yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, xususan, onalar
salomatligi, bolalar o‘limini qisqartirish hamda OITV/OITS to'g'risidagi
ma’lumotlarga ega bo'lish huquqi;
- yuqori sifatli va bepul bo'lgan boshlang'ich ta’lim olish hamda yuqori
sifatli va imkon qadar bepul bo'lgan o'rta ta’lim olish huquqi;
- bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va hordiq chiqarish huquqi;
- o'z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish huquqi;
- jinsi, dini yoki irqidan qat’i nazar, hamma uchun teng imkoniyatga ega
bo'lish huquqi.
Bolalar huquqlariga tayziq o'tkazish ehtimoli hamma yerda ham bo'lishi
mumkin. UNICEF o'zining O'zbekiston hukumati bilan hamkorlik dasturi doirasida
ana shu masalalarga e’tibor beradi. 2005-yil avgustda O'zbekiston Respublikasi
Hukumati va UNICEF tashkiloti o'rtasidagi 2005-2009-yillarga mo'ljallangan
Mamlakat Harakat Rejasi dasturi imzolandi. Ushbu Rejada bola huquqlarini
kafolatlash va himoya qilishga qaratilgan yagona (umumlashtirilgan) huquqiy
hujjat ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi Hukumat tomonidan olib
borilayotgan sa’y-harakatlarni qo'llab-quwatlash, bolalar huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish, ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bilan
bog'liq institutsional tizimni yanada takomillashtirish, jumladan, bolalarning oila
hayoti muhitiga bo'lgan huquqlarini keng targ'ib qilish, bolalarga mo'ljallangan
muassasalarning muqobil ko'rinishlarini yaratish va ular bilan bog'liq bir qator
masalalarga oid qoidalar o'z aksini topgandi.
24
UNICEF ushbu maqsadlarga erishish yo'lida O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va bevosita bolalarning o‘zlari bilan
ham yuqorida qayd etib o‘tilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida
hamkorlik qilib kelayotir1. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, jabrdiyda guvohlar himoyasi, shuningdek, ota-
onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga topshirishning muqobil
ko‘rinishlari bo'yicha ko‘plab aniq tadbirlar ushbu hamkorlikning muayyan
natijalaridandir.
Umuman, bola huquqlari, ularning kafolatlari to‘g‘risida xulosa qilib
aytish mumkinki, aholisining katta qismi yoshlarni tashkil etuvchi mamlakatimiz
uchun bola huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish masalasi mamlakatda
demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning eng
muhim shartlaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero, Prezident I. Karimov
ta’kidlaganidek, “Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning
buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham,
O'zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi ham
bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o'sib kelayotgan
farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishiga bog'liqdir”
|