X-MAVZU. DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLAShTIRISh 10.1. Davlat mulkini xususiylashtirish 10.2. Хususiylashtirishni amalga oshirish 10.1. Davlat mulkini xususiylashtirish Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlani-shida mulk shakllarining
turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta’minlash davlat mulkini xususiylashtirish,
uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo’yadi. Chunki,
nobozorcha boshqarish usuli o’rniga bozorcha xo’jalik yuritishni o’rnatish,
raqobatbop xo’jalik turlarini yaratish asosiy muammolardandir. Davlat mulkini
xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik bo’lib, bozor iqtisodiyoti
shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Хususiylashtirish iqtisodiyotni
liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin,
iqtisodiy sharoitga bog’liq chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi.
Privatizatsiya davlat iqtisodiy monopolligini bitirish va o’rniga bozorga xos
bo’lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki, bunda davlat mulki
hukmronligi o’rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda, xususiy mulk
shakllarini o’rnatib borish yuz beradi. Agarda biz xususiy mulk shakllarini yaratish va
bozorga o’tish sharoitlarini paydo etish uchun davlat mulkini xususiylahtirayotgan bo’lsak,
rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor
taraqqiyotini takomillashtirish va shu sohada davlat va bozor tizimlari o’rtasidagi
muvozanatni zamonaviylashtirish amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan
monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli bozorni kuchaytirish bilan bog’liq.
Shuning uchun bizdagi va g’arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo’lmaydi. Bizning
sharoitimizdagi bu jarayon o’tish davri vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos
solish bilan bog’langan bo’lsa, g’arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini
ta’minlash hamda navbatdagi davlat va raqobat bozori o’rtasidagi balansni
ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomon-lari mavjud bo’lganidek,
xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda milliy, ommaviy
xususiyatlari mavjuddir. Keyingi yillarda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish jarayoni
sharoitida nog’oyaviylashtirish kuchaymoqda. Chunki, faqat xususiylik
tarafdorlari bo’lganlar yoki davlat iqtisodiyoti tarafdorlari bo’lganlar kamayib, o’z
ahamiyatlarini yo’qotmoqdalar. Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik neft
kompaniyasi bo’lgan "British petrolium"ni konservatorlar emas, balki leyborist
demokratlar xususiylashtirishdi. Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday
qilishdi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yo’l va
usullari ko’p bo’lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni
hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi.
G’arb davlatlari tajribasiga ko’ra iqtisodiyotning no-davlatlashtirish usullaridan
to’rt xilini samarali deb tanlasa bo’ladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
74
Albatta bu usullarni O’zbekiston uchun to’g’ri keladi deb bo’lmaydi. Lekin
ulardan foydalanish mumkin. Shunga ko’ra bularni tahlil etish foydadan xoli emas, deb
o’ylaymiz va quyidagilarni xulosa sifatida keltiramiz: