1. Bozorni liberallashtirish. Bu baholar erkinligiga o’tish bilan birga,
raqiblarni bozorda ko’paytirish choralarini qo’llash, kichik biznesni kuchaytirish,
chet tovarlarni ko’proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o’zidan-
o’zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini
ko’taradi. 2. Aktsionerli davlat — shaxsiy korxonalar yaratish, ularning faoliyat sohasini
kengaytirish. Bunda davlatning aktsiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib borishga
qaratilgan
soliq,
kredit
kabi
mexanizmlar
mavjud. 3. Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketmaket yo’q qiluvchi nodavlatlashtirish usullari. Bular byudjet hisobiga korxonalarning shini yaxshilash,
davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, xususiy
investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tatbiq etishlardan iboratdir. Bu bozor
munosabatlariga yo’l ochadi.
10.2. Хususiylashtirishni amalga oshirish Agarxususiylashtirish keng qo’llanilsa ayrim shaxslar, sotiladigan kor-xonalar, bank,
yangi hissadorlik jamiyatlar, chet firmalarning jamoa a’zolari mulkdorlar qatoriga
qo’shilib boradilar va Z-jadvalda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari berilgan.
Jadvalda iqtisodiyotning nodavlatlashtirishga xos usullarini ko’rsatuvchi
tomonlarni umumlashtirilgan holda ko’rsatishga harakat qildik. Bularni alohida-
alohida qo’llaniladi, deb bo’lmaydi. Bu, albatta taraqqiy etgan g’arb mamlakatlar
tajribasi asosida tuzilgan. Lekin respublika sharoitlarini hisobga olgan holda bulardan
muvaffaqiyatli foydalanish va bu bizning shakllanayotgan bozor iqtisodiyotimiz
uchun katta foyda keltirishi mumkin. Bu to’rt usul bozor usuliga o’tgan mamlakatlarga
xos bo’lib, ularda privatizatsiya oldindan hal qilingan. O’zbekiston uchun esa hozirgi
asosiy vazifa — privatazatsiyani to’la amalga oshirishdir va ayniqsa hududiy mulkni
o’rta korxonalarga ham tarqatishdir.
Amalda yuqorida keltirilgan to’rt usul birgalikda olib boriladi. Lekin
iqtisodiyotni nodavlatlashtirishda liberallashtirish va xususiylashtirish bir-birini
to’ldirib keladi. Chunki, bularning o’ziga xos katta ustuvorliklari mavjud.
Liberallashtirishni olsak, u bozor eshiklarini keng ochib qo’yadi. Bunda bozorning
ichki tuzilishi o’zgarib boradi va iqtisodiyotning nodavlatlashuviga yordam qiladi
hamda monopollashuvni zaiflashtiradi. Хususiylashtirish esa birdaniga bunday
o’zgarishlarga olib kelmaydi. Chunki, faqat mulk shakli o’zgaradi, bozorda darrov
o’zgarishlar yuz bermaydi va o’sha tovar kamchilligi, monopoliya mavjudligi, tovar
sifatining pastligi saqlanib qolaveradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com