— talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini
bilish;
— fanga qiziqgira olish;
— berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o‘qitish;
— bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
— har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish
zarur.
Kompetensiya turlari, kvalifikasiya va kompetensiya O‘qituvchining kasbiy kompentensiyasi turlari quyidagilardan iborat:
1.Kasbiy.
2.Shaxsiy.
3.Umuminsoniy.
4.Ma’daniy.
5.Maxsus.
Kasbiy kompetensiya - Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
- O‘z ustida ishlash;
- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;
- O‘quvchilar ehtiyojini anglay olishi;
- O‘quvchilarda motivasiyani shakllantirish;
- AKTni bilishi;
- Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- O‘z fanini mukammal bilishi;
- Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari: 1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.