keying talabaga uzatadi, ruchkasini esa, o‘ziga ro‘baro‘ qilib, stolga qo‘yib
qo‘yadi. Javobni bilmaydigan talaba qog‘ozni keyingi talabaga uzatadi-yu, lekin
ruchkasini qo‘lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni
ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo‘lishiga bu
o‘rinda yo‘l qo‘yilmaydi. Topshriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog‘oz
o‘qituvchida. U o‘sha variantlarni sanab o‘tadi. Variantlar sanab o‘tilar ekan,
ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug‘ma qobiliyatni qanday
izohlaysiz? Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? Va
hokazo. «Ruchka stol o‘rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan,
o‘qituvchi mashg‘ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko‘rib turadi:
– mashg‘ulotga tayyorlanmagan talaba og‘zaki muhokama paytida ko‘rib
chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;
– bu guruhda olib boriladigan ish bo‘lib, talabalar intizomini mustahkamlaydi
va ularni jipslashtiradi, chunki o‘z variant ustida juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan
talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, talaba
mashg‘ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki
guruh uning uchun ishlashi kerak bo‘ladi;
– talabalar o‘z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og‘zaki
muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida
qo‘llaniladigan mazkur interfaol usullar o‘quvchi-talabalarning mustaqilligi,
ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol
toptirishga yordam beradi.
Interfaol usullarni yana boshqaca ta‘riflaydigan bo‘lsak interfaol ta’lim
jarayonida
dars
o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga
oshiriladi.Interfaol metod — ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar
o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida
bilimlarni o‘zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat
qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv
materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish,