o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga
imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh,
katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma
ishlar bajarish va boshqalardan iborat.Interfaollik, bu — o‘zaro
ikki kishi
faolligi, ya’ni, bunda o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida,
dialog
shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi-o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari
asosida kechadi.Interfaollik — o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi-
o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (sub’yekt- sub’yekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi.
Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o‘q jarayoni uchun eng qulay muhit
vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy
fikr yuritish, uni ehtiyoj,
qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar
shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan,
o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bolalarda bilim
olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi.Interfaol
ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash,
topish) suhbat-dars
jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish
va
yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida,
axborot kommunikatsion
texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Demak, interfaol ta'lim texnologiyalari va uning muhim tarkiiy elmenti
bo‘lgan interfaol metodlar ta'lim jarayonini tashkil etish ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishini ta'minlaydi. Zero, zamonaviy ta'lim
doimiy ravishda fan va
texnologiya rivoji bilan bog‘liqlikda ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va
vositalarining yangilanib borishini talab qiladi.