Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni
rasmiylashtiradilar.
"Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan
savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi).
Jadvalning 1- va 2-bo‘limlarini to‘ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o‘qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo‘limini to‘ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish
yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda
diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to‘ldiradilar.
Juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalrini taqqoslaydilar va
to‘ldiradilar.
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo‘lgan,
ma’lumotlar ro‘yxatini tuzadi.
1. Aylana yoki to‘g`ri to‘rtburchak shakllaridan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko‘rinishini - mulohazalar zanjirini to‘g`ri chiziqli, to‘g`ri chiziqli
emasligini o‘zingiz tanlaysiz.
3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan
izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi.
Tarbiya darslarni tashkil etishda yana qaysi metodlardan foydalanish mumkin
amaliy mashg‘ulotda berilgan metodlarni o‘qib, yana 4-5 ta metodlarni yozing
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik
va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini
ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan
bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xat o
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu
jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va