tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik,
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy
figuraga aylanadi.Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv- tarbiyaviy
jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor
berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni
amalga oshirish imkoniyatining kengligida ―Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda
rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli
faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik
texnologiya
o‘qituvchini ta’lim-tarbiya
jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon
kechishini
nazorat
qilishgacha
bo‘lgan
texnologik
zanjirni
oldindan
loyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini
qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy
etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida
faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘qituvchidan ko‘proq mustaqilllikni,
ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga
o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z
nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.Hozirgi davrda sodir
bo‘layotgan innovasion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish
uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari
tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin
fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida
zamonaviy o‘qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning
o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda