O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Til undoshlari. T tovushi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib,
so‗zning boshida (to‗ti, tuxum), o‗rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, 
harakat) kela oladi. O‗zbek milliy tilining o‗g‗uz lahjasiga mansub shevalarda t 
ba‘zan d ga o‗tadi: tuz > duz, o‗t > o‗d kabi. Bu o‗tishlar adabiy orfografiyada 
ifodalanmaydi. 
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o‗zlashtirigan so‗zlardagi qo‗sh undoshlar 
tarkibidagi t tovushi talaffuzda ko‗pincha tushib qoladi: g‗isht > g‗ish, pastqam > 
pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o‗zgarish yozma nutqda aks etmaydi. 
D tovushi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗zning boshida 
(devor, do‗kon, dala), o‗rtasida (shabada, sodda, to‗da) va oxirida (qasd, hudud, 
gard ) kela oladi. So‗z oxirida kelgan d tovushi talaffuzda hamma vaqt 
jarangsizlashadi va t tovushiga o‗tadi: Asad>Asat, Samarqand>Samarqant,
Xo‗jand>Xo‗jant kabi. Bu tovush ham o‗zlashma so‗zlar tarkibidagi qo‗sh 
undoshlar ichida kelganda tushib qolishi mumkin: farzand>farzan, baland>balan.
N tovushi til oldi, portlovchi-sirg‗aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush 
bo‗lib, so‗zning boshida (nom, nima, nusxa), o‗rtasida (aniq, tiniq) va oxirida (un, 
to‗n, son) kela oladi. Bu tovush ayrim so‗zlar tarkibida b yoki m tovushlaridan 
oldin kelganda, shu tovushlar ta‘sirida talaffuzda (yozuvda aslicha yoziladi) m 
tovushiga o‗tadi: manba>mamba, tanbal>tambal, ko‗nmadi >ko‗mmadi kabi.
S tovushi til oldi, sirg‗aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗zning 
boshida (soat, semiz, sabr), o‗rtasida ( asar, mustaqil, osma) va oxirida (tus, mos, 


tovus) kela oladi. Bu tovush o‗zbek tilidagi eng faol qo‗llanadigan tovushlardan 
biridir. 
Z tovushi til oldi, sirg‗aluvchi, shovqinli, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z
boshida (zahar, zehn, zina), o‗rtasida (Aziza, andoza, qiziq) va so‗z oxirida (tig‗iz, 
qarz, yulduz) kela oladi; bu tovush sof o‗zbekcha so‗zlarda so‗z boshida deyarli 
qo‗llanmaydi. Ayrim so‗zlar tarkibida yonidagi jarangsiz tovushlar ta‘sirida 
ko‗pincha s tovushiga o‗tadi: rizq > risq, tuzsiz>tussis. Bu tovush ba‘zi so‗zlarda 
y tovushiga mos kelishi mumkin: sizlamoq>siylamoq, so‗zlamoq > so‗ylamoq,
yozmoq > yoymoq, kabi. 
Sh tovushi til oldi, sirg‗aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida 
(shar, shahar, sholi), o‗rtasida (hashar, o‗sha) va oxirida (qish, yosh, tashvish) 
keladi. Bu tovush so‗zlarning turli o‗rinlarida ko‗p qo‗llanadi. 
J til oldi, sirg‗aluvchi, jarangli undosh tovushi arab, fors-tojik va rus tillaridan 
o‗zlashtirilgan so‗zlarning boshida (janr), o‗rtasida (vijdon, sajda, furajka) oxirida 
(garaj) uchraydi.
Ҕ til oldi, qorishiq portlovchi, jarangli undosh tovushi so‗zning boshida (jamalak, 
jabr, jilov), o‗rtasida (kajava, ojiz, o‗jar) va oxirida (xorij, xiroj, saj) keladi. Bu 
tovush o‗zbekcha so‗zlar oxirida deyarli qo‗llanmaydi. O‗zlashma so‗zlar oxirida 
qo‗sh undoshlar tarkibida kelgan ҕ tovushi ch tovushiga o‗xshab talaffuz 
qilinadi: mavj>mavch, avj>avch. 
Ch tovushi til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗zning 
boshida (chaqa, chigit, chuqur), o‗rtasida (achchiq, ochiq, ko‗cha) va oxirida (och, 
uch, kech ) keladi. Ayrim so‗zlarda o‗zidan keyingi jarangsiz undoshlar ta‘sirida 
talaffuzda sh tovushiga o‗tadi: kechdi>keshti, qochdi>qoshti, sochdi>soshti. 
L tovushi til oldi, portlovchi-sirg‗aluvchi, jarangli (sonor) undosh tovush bo‗lib,
so‗z boshida (lagan, latifa, lof), o‗rtasida (olis, uloq, belgi ) va oxirida (kasal, kel, 
yo‗l) keladi. Bu tovush so‗z o‗rtasida kelganda so‗zlashuv nutqida ko‗pincha 
tushib qoladi: olsa>osa, kelsa>kesa, bo‗lsa>bo‗sa, kelgan>kegan. 
R tovushi til oldi, portlovchi-sirg‗aluvchi, titroq, sonor, jarangli undosh tovush 
bo‗lib, so‗z boshida (randa, rang, ruh), o‗rtasida (arra, mo‗ri, baraka) va oxirida 
(bozor, hozir, huzur) keladi. Bu tovush sof o‗zbekcha (turkiycha) so‗zlar boshida 
qo‗llanmaydi. 
Y tovushi til o‗rta, sirg‗aluvchi va jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida 
(yigit, yo‗l, yil), o‗rtasida (sayr, qayir) va oxirida (to‗y, uy, oy) keladi.


K tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida 
(katta, kim, ko‗p), o‗rtasida (ikki, aka, uka) va oxirida (tilak, yuk, to‗k) keladi. Bu 
tovush bilan tugagan ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarga unli bilan boshlanuvchi qo‗shimcha 
qo‗shilganda, k tovushi g tovushiga o‗tadi va bu holat yozuvda ham aks etadi:
malak>malagi, ko‗ylak>ko‗ylagim.
G tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida 
(gulxan, gilam, go‗zal), o‗rtasida (tugun, agar, egri) va oxirida (barg, biolog, 
pedagog) keladi. Bu tovush sof o‗zbekcha so‗zlar oxirida deyarli qo‗llanmaydi.
G tovushi bilan boshlanadigan qo‗shimchalar k tovushi bilan tugagan so‗zlarga 
qo‗shilganda k tovushiga aylanadi: ko‗k+ga > ko‗kka, boq+gan >boqqan.
O‗zlashma so‗zlarda bunday o‗zgarish bo‗lmaydi: geologga, biologga.
Ng tovushi til orqa, portlovchi-sirg‗aluvchi, burun, jarangli, sonor undosh tovush 
bo‗lib, so‗z boshida mutlaqo uchramaydi. So‗z o‗rtasida (yangi, bangi) va oxirida 
(bodring, ong) keladi. 
Q tovushi chuqur til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗z 
boshida (qadr, qovoq, qo‗l), o‗rtasida (oqil, baqir, chuqur ) va oxirida (o‗roq, yo‗q,) 
keladi. Bu tovush ayrim ko‗p bo‗g‗inli so‗zlar oxirida kelganida unli bilan 
boshlangan qo‗shimchalar qo‗shilsa, g‗ tovushiga almashadi: quloq+im>qulog‗im,
to‗yoq+i >tuyog‗i. To‗qson, maqtov, maqsad kabi so‗zlarda esa x tovushiga 
o‗xshab talaffuz qilinadi. 
G‗ tovushi chuqur til orqa, sirg‗aluvchi, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z 
boshida (g‗azab, g‗ildirak, g‗o‗za), o‗rtasida (dag‗al, og‗ir, o‗g‗ri) va oxirida (tog‗, 
bug‗, tig‗ ) keladi.
X tovushi chuqur til orqa, sirg‗aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗z 
boshida (xabar, xurjun, xol), o‗rtasida (paxta, axir) va oxirida (six, mix) qo‗llanadi.
H tovushi bo‗g‗izda hosil qilinadigan, sirg‗aluvchi, jarangsiz tovush bo‗lib, so‗z 
boshida (halol, hikoya, hukumat), o‗rtasida (sayohat, ohu) va oxirida (sayyoh, eh) 
qo‗llanadi. Bu tovush asosan arab, fors tillaridan o‗zlashgan so‗zlarda uchraydi.
Qo‗sh tovushlar va ularning qo‗llanilishi 
Ma‘lumki, unli tovushlar so‗zlarni shakllantirishda yakka holda, qo‗sh holatda va 
ketma-ket holda qo‗llanadi. Unlilarning yakka holatda kelishi o‗zbek tili tabiatiga 
xos bo‗lib, turli tipdagi ikki unli ketma-ket bir o‗rinda kelishi yoki bir xil unlining 


bir o‗rinda qo‗sh holda qo‗llanishi (poema, doim, sanoat, taajjub, matbaa) turkiy 
tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida boshqa tillarning ta‘siri, xalqlarning o‗zaro 
aloqasi tufayli paydo bo‗ladi. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida ao, oa, oi, ia, io kabi 
turli unlilarning ketma-ket bir o‗rinda kelish hollari mavjud: jamoat, faol, doira, ... 
Bir xil unlilarning aa, uu, ii, oo kabi qo‗sh kelish hollari uchraydi: taalluqli, shuur, 
badiiy, inshoot. Deyarli barcha undoshlar qo‗sh holatda (g, x, h, g‗ undoshlari 
bundan mustasno) qo‗llanadi: qubba, avval, sodda, mijja, lazzat, tayyor, ikki, alla, 
omma, anneksiya, oppoq, burro, issiq, o‗ttiz, iffat, achchiq, ishshaymoq, to‗qqiz
Bu undoshlar talaffuzda ham qo‗sh tarzda aytiladi. Bu hodisa aloqalarning 
kengayishi tufayli yangi so‗zlar hisobiga boyimoqda: musson, Anna, Emma, 
milliard, affiks. Qo‗sh unlilar so‗zning o‗rtasida (manfaat), so‗z oxirida (mutolaa),
qo‗sh undoshlar esa so‗z boshida (ssenariy), o‗rtasida (qattiq) va oxirida 
(kongress) qo‗llanadi.
Turkiy tilga turli tipdagi undoshlarning so‗z oxirida ketma-ket (qator) kelishi qo‗sh 
undoshlarga nisbatan ancha ilgari o‗zlashdi: daraxt, g‗isht, payvand, Samarqand,
baxt, xursand kabi. 
O‗zbek tilida oldin so‗z boshida undoshlarning ketma-ket kelish hollari yo‗q edi, 
rus tili va boshqa tillarning ta‘sirida adabiy tilimizda bu holat ham paydo bo‗ldi: 
brom, drezina, ftor, grek, krem, stol, traktor, xrom, shkaf kabi. 
Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi.
Tovushlar kompleksini (tizimini) birga talaffuz qilish natijasida ayrim tovushlar 
o‗zaro bir-biriga ta‘sir qiladi va bu ta‘sir tovush o‗zgarishiga olib keladi. Masalan, 
yurt so‗ziga o‗rin-payt kelishigi affiksi -da, chiqish kelishigi affiksi –dan 
qo‗shilganda, so‗z oxiridagi t tovushi affiksdagi d undoshiga ta‘sir qilib, uni t 
tovushiga aylantiradi: yurt+da=yurtta, yurt+dan=yurttan kabi (yozilishi: yurtda, 
yurtdan). Bir sanoq soniga dona son affiksi –ta qo‗shilganda, affiksdagi t 
undoshning ta‘siri bilan so‗zning oxiridagi r tovushi t ga o‗tadi: bir+ta=bitta kabi. 
So‗z tarkibidagi tovushlar nutq jarayonida bir-biriga ta‘sir qilmagan holda ham 
o‗zgarishga uchrashi mumkin. Bunda tovushning so‗z tarkibidagi o‗rni (qanday 
tartibda joylashganligi); so‗zning boshida yoki oxirida, urg‗uli yo urg‗usiz 
bo‗g‗inda kelishi muhim rol o‗ynaydi. Masalan, odob, javob, niqob, maktab 
so‗zlari oxirida kelgan b jarangli undosh talaffuzda jarangsiz p tarzida talaffuz 
qilinadi; negativ, normativ pozitiv, operativ kabi ruscha-internatsional so‗zlarning 
oxirida kelgan v jarangli undosh jarangsiz f tarzida; voleybol, olimpiada kabi 
ruscha-internatsional so‗zlarning urg‗usiz bo‗g‗inida kelgan o unlisi esa a tarzida 
talaffuz qilinadi: valeybol, alimpiada. Bunday hodisalarning sodir bo‗lishiga 


nutqda ixchamlikka intilish, bo‗g‗inda urg‗uning tushishi yoki tushmay qolishi, 
shoshilib talaffuz qilish, boshqa tillardan o‗tgan so‗zlarni talaffuz qilishdagi 
qiyinchiliklar sabab bo‗lishi mumkin. 
Demak, nutq tovushlarining o‗zgarishi ikki turga bo‗linadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin