Soʻzning grammatik ma‘nosini hosil qiluvchi qoʻshimchalar shakl (forma)
yasovchi qoʻshimchalar deyiladi: gullarga soʻzidagi -lar koʻplik ma‘nosini, -ga kelishik
(joʻnalish) ma‘nosini hosil qilayotgan shakllardir.
Ishlamayapti soʻzida -ma inkor, -yap
zamon, -ti shaxs -son ma‘nolarini ifodalayapti.
Soʻz yasovchi qoʻshimchalar soʻzning material qismiga, leksik ma‘no ifodalovchi
qismiga kiradi. Shakl yasovchilar esa soʻzning formal qismida boʻladi:
Masalan: terimchilarga soʻzida terimchi-material qism, -larga formal qism -soʻz
shakli hisoblanadi.
Shakl yasovchi qoʻshimchalar asosiy xususiyatlariga koʻra ikki turga boʻlinadi:
1. Kategorial shaklni yasovchi qoʻshimchalar.
2. Nokategorial shaklni yasovchi qoʻshimchalar.
Ma‘lum soʻz turkumidagi biror grammatik kategoriyaga xos shakl yasash uchun
xizmat qiladigan qoʻshimchalar kategorial shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi:
otlardagi koʻplik, egalik va kelishik shaklini yasovchi qoʻshimchalar, fe'lning mayl,
zamon shaxs -son shaklini yasovchi qoʻshimchalar bunga misol boʻla oladi,
Grammatik kategoriyaga oid boʻlmagan ma‘noni ifodalovchi, ma‘lum sintaktik
vazifaga xoslangan soʻz shaklini hosil qiluvchi qoʻshimchalar nokategorial shakl
(funksional shakl) yasovchi qoʻshimchalar deyiladi: otning kichraytirish, erkalash shakli,
fe'lning sifatdosh, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi qoʻshimchalar (-cha,
-choq, -chak, -ar, -ib).
Bu oʻrinda soʻzning morfema strukturasi va soʻzning morfologik strukturasi
tushunchalarini izohlash ham oʻrinli. Soʻzning morfema strukturasi – soʻzning
morfemalardan iboratligi: ish+chi+lar.
Soʻzning morfologik strukturasi soʻzning shakl yasalishi uchun asos boʻladigan
qism bilan shakl yasovchi qismdan iborat strukturasi: terimchi+lar, ishchi+ga, kitob+dan.
Soʻz tarkibi yoki soʻz strukturasiga uch nuqtay nazardan yondashiladi:
1. Morfema strukturasi - necha morfemadan iborat: ish+chi soʻzi ikki morfemali.
2. Soʻz yasalish strukturasi - yasalish asosi va yasovchi: ish+chi, terim+chi.
3. Shakl yasalish strukturasi yoki morfologik strukturasi -yasalish asosi va shakl
yasovchi: ish+lar, ishchi+lar.
Dostları ilə paylaş: