O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Frazeologiya (gr. 
phrasis-ifoda va logos-ta‘limot) atamasi ikki ma‘noda ishlatiladi: 1) til 
frazeologik tarkibini o‗rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi 
majmui. 
Frazeologiyaning o‗rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substantsional 
xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. 
Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq 
mustaqil leksema ko‗rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma‘noviy 
tabiatga ega bo‗lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: [tepa sochi tikka bo‗ldi], 
[sirkasi suv ko‗tarmaydi], [o‗takasi yorildi], [do‗ppisi yarimta], [ikki gapning 
birida], [boshga ko‗tarmoq] va boshqa. 
Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‗un birikma, barqaror birikma, 
frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. 
Frazeologiya leksikologiya bo‗limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil 
etuvchisiga ko‗ra qo‗shma leksema, so‗z birikmasi va gapga o‗xshaydi. Biroq ular 
ko‗proq qo‗shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda 


yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos 
bo‗lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‗ladi. 
Frazeologizm lug‗aviy birlik bo‗lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir 
mustaqil so‗z kabi harakat qiladi - bir gap bo‗lagi yoki kengaytiruvchi sifatida 
keladi: 1.Madamin bo‗yniga qo‗yilgan aybnomadan tamom hovuridan 
tushdi.(P.Tur.) 2.Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. (S.Zun.) 3. Qosh 
qo‗yaman deb ko‗z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‗y berib 
turibdi. 4. Kavushini to‗g‗rilab qo‗yish kerak. (As.Mux.) 1- va 2- gaplarda 
frazeologizmlar gap markazi – kesim mavqeida, 3- gapda so‗z kengaytiruvchisi 
aniqlovchi va 4- gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan. 
Frazeologizm tashqi ko‗rinishi jihatidan so‗z birikmasi yoki gap ko‗rinishida 
bo‗ladi. So‗z birikmasi ko‗rinishidagi frazeologizm: [ko‗ngli bo‗sh], [enka-
tinkasini chiqarmoq], [jig‗iga tegmoq], [bel bog‗lamoq], [kir izlamoq], [terisiga 
sig‗may ketmoq] va h. Gap tipidagi frazeologizm «gap kengaytiruvchisi+kesim» 
qolipi mahsuli: [istarasi issiq], [ichi qora], [labi-labiga tegmaydi], [ko‗ngli ochiq], 
[tarvuzi qo‗ltig‗idan tushmoq], [kapalagi uchib ketdi], [po‗konidan el o‗tmagan], 
[tepa sochi tikka bo‗lmoq] va h. 
Ayrim leksik birliklar frazeologizmning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: 
[dardisar], [toshbag‗ir], [boshog‗riq]. Demak, leksema hosil bo‗lish manbalaridan 
biri – frazeologizm. 
Frazeologizm, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik 
jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi so‗z turkumiga mansub. 
Fe‘l turkumiga mansub frazeologizmlar: [me‘dasiga tegmoq], [yaxshi 
ko‗rmoq], [holdan toymoq], [sabr kosasi to‗lmoq], [tepa sochi tikka bo‗lmoq], 
[og‗ziga talqon solmoq], [podadan oldin chang chiqarmoq].
Sifat turkumiga mansub frazeologizm: [ko‗ngli bo‗sh], [rangi sovuq], 
[yuragi toza], [avzoyi bejo], [dili siyoh], [kayfi buzuq]. 
Ravish turkumiga mansub frazeologizm: [ipidan-ignasigacha], [ikki dunyoda 
ham], [miridan-sirigacha], [ha-hu deguncha]. 
So‗z - gaplarga mansub frazeologizm: [turgan gap], [shunga qaramay], 
[katta gap]. 
Frazeologizmlar tilshunosligimizda muayyan so‗z turkumi bo‗yicha tasnif 
qilinmagan va grammatik xususiyati etarli darajada o‗rganilmagan.


Frazeologizm leksik birlik kabi qo‗llanish darajasi nuqtai nazaridan ham 
tasnif qilinadi. Bunga ko‗ra umumiste‘mol frazeologizmi ([holdan toymoq], 
[shunga qaramay], [ro‗yobga chiqmoq]) va qo‗llanilishi chegaralangan 
frazeologizm farqlanadi. Qo‗llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‗llanilish 
davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‗zlashuv) bilan 
ham ma‘lum bir tafovutlarga ega: 
- eskirgan frazeologizm: [alifni kaltak demoq], [aliflayloni bir cho‗qishda 
qochiradigan], [dastin aliflom qilib, kallasini ham qilib], [eng silkitmoq];
- dialektal frazeologizm: [alag‗da bo‗lmoq] (xavotir olmoq), [ko‗ngli tob 
tashladi] (ezildi), [halak bo‗lmoq] (ovora bo‗lmoq), [qumortqisi quridi] (intiq 
bo‗lmoq);
- ilmiy frazeologizm: [nazar tashlamoq], [ko‗zga tashlanmoq], [chambarchas 
bog‗lanmoq], [to‗g‗ri kelmoq], [imkoniyatlar doirasi], [qulay qurshov]; 
- badiiy frazeologizm: [sabr-kosasi to‗lmoq], [og‗zining tanobi qochmoq], 
[og‗zidan bodi kirib, shodi chiqmoq], [qildan qiyiq axtarmoq], [six ham kuymasin, 
kabob ham], [boshida yong‗oq chaqmoq]; 
- co‗zlashuv nutqi frazeologizmi: [arpasini xom o‗rmoq], [erga urmoq], 
[yuragi qon], [ko‗zi tor], [ko‗zi och], [boshi ochiq]. 
Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‗zlashuv nutqiga xos. 
Iboraning semantik tarkibi 
Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik bo‗lib, shakl va mazmunning 
dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‗z (leksema emas) 
tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma‘nodir. Frazeologik 
ma‘no o‗ta murakkab tabiatli, leksemada bo‗lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli 
bo‗lsa, boshqalari grammatik ma‘noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‗z 
turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‗rpaga o‗t qo‗ymoq, 
tarvuzi qo‗ltig‗idan tushmoq; ko‗ngli bo‗sh; hash-pash deguncha) denotativ 
ma‘noga ega bo‗lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar 
faqat grammatik vazifa bajaradi. 
Odatda, frazeologizmning ma‘nosi bir leksema ma‘nosiga teng deyiladi. 
Biroq hech qachon ular teng emas. CHunki frazelogizm va leksema ma‘nosi teng 
bo‗lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‗lib qolar edi. Misol sifatida [yoqasini 
ushlamoq] frazeologizmi bilan [hayron bo‗lmoq] leksemasining ma‘nolarini 
qiyoslab ko‗raylik. Mazkur frazeologizm «kutilmagan, tushunib bo‗lmaydigan 


narsa yoki hodisadan o‗ta darajada ta‘sirlanib, taajjublanmoq» bo‗lsa, [hayron 
bo‗lmoq] leksemasi «kutilmagan, tushunib bo‗lmaydigan narsa yoki hodisadan 
ta‘sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma‘noda ham kishi ichki ruhiy holati 
(denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma‘nosida «o‗ta darajada» va «so‗zlashuv 
uslubiga xos», «bo‗yoqdor» semalariga egaligi bilan «hayron bo‗lmoq» 
leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning ko‗pincha, ifoda semalarida 
obrazlilik, bo‗yoqdorlik bo‗rtib turadi. Umuman olganda, frazeologik ma‘no torroq 
va muayyanroq, leksema ma‘nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq 
bo‗ladi. Masalan, [hayron bo‗lmoq] leksemasi umumuslubiy va bo‗yoqsiz. 
SHuning o‗ziyoq barcha uslubda qo‗llanish imkoniga egaligini va turli «bo‗yoqlar» 
bilan ishlatish mumkinligini ko‗rsatadi. 
Ko‗rinadiki, frazeologizm va leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash 
semelari bir xil bo‗lsa-da), ifoda bo‗yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya‘ni 
ifoda semalari turlichadir). 
Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so‗zdan tashkil topadi. Biroq uning 
ma‘nosi tashkil etuvchi ma‘nolarining oddiy yig‗indisi emas. Masalan, [qo‗yniga 
qo‗l solmoq] frazeologizmining ma‘nosi [qo‗yin], [qo‗l], [solmoq] leksemalari 
ma‘nolari sintezi yoki qo‗shiluvchi emas. Frazeologizmning ma‘nosi tashkil 
etuvchi so‗z to‗la yoki qisman ko‗chma ma‘noda ishlatilishi natijasida hosil 
bo‗ladi. Masalan, birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qo‗ynini titkilab, 
nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o‗xshaydi. Natijada, qo‗yniga qo‗l 
solmoq erkin birikmasi o‗zidan anglashilgan mazmunga o‗xshash bo‗lgan boshqa 
bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. 
YOki kishi qo‗ltiqlab ketayotgan tarvuzini tushirib yuborsa, qanday ahvolga 
tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga 
monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo‗lgan. Bu esa frazeologik 
ma‘noning mantiqiyligidan dalolat beradi. 
Frazeologizm tarkibidagi ayrim so‗zning ko‗chma ma‘noda, boshqalarining 
o‗z ma‘nosida qo‗llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, 
[aqlini emoq], [ko‗zini bo‗yamoq], [ko‗zi ko‗ziga tushdi], [og‗zi qulog‗ida] 
frazeologizmlarida (aql), (ko‗z), (og‗iz) so‗zlari o‗z ma‘nosida, (emoq), 
(bo‗yamoq), (tushmoq), (qulog‗ida) so‗zlari ko‗chma ma‘noda. 
Ba‘zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga 
aylanadi. Masalan, kishi afsuslanishi natijasida barmog‗ini tishlab qolishi mumkin. 
SHuning uchun barmog‗ini tishlab qolmoq qurilmasi frazeologik qiymat kasb 
etgan. Tishni-tishga qo‗ymoq, tepa sochi tikka bo‗lmoq, labiga uchuq toshmoq 
iboralari ham shular jumlasidandir. 


Ayrim frazeologizm turli diniy aqida, tushuncha, rivoyat asosida ham 
shakllanadi: 1.Uning eriga mening ko‗zim tekkan emish. (I.Rahim) 2.Hammani 
qo‗yib, sizning soldat o‗g‗lingizga tegaman deb ko‗zim uchib turibdimi? 
(M.Muham.) 3. «Jabrdiyda»ning ham, guvohlarning ham dumi xurjunda gaplari 
shunday savollar berilishini talab etardi. (M. Ism.) 
Frazeologizm, asosan, bir ma‘nolidir. Ammo polisemantiklik frazeologizmda 
ham uchrab turadi. Masalan, [aqli etadi] frazeologizmi «idrok qilmoq», «ishonch 
hosil qilmoq» ma‘nosiga, [bo‗yniga qo‗ymoq] iborasi 3 ta - «aybni birovga 
to‗nkamoq», «isbotlab e‘tirof qildirmoq», «biror ishni bajarishni birovning 
zimmasiga yuklamoq» ma‘nolariga, [qo‗lga olmoq] iborasi esa 4 ta- «o‗z ixtiyoriga 
o‗tkazmoq», «qo‗qqisdan hujum qilib bosib olmoq», «qamash maqsadida tutmoq», 
«biror yo‗l bilan o‗z xohishiga bo‗ysunadigan qilmoq» ma‘nolariga ega. 
Frazeologik polisemiyada barcha ma‘no ko‗chma bo‗lganligi bois, ularni bosh 
va hosila ma‘nolarga ajratish qiyin. 
Iboralarning shakl va ma‘no munosabatiga ko‗ra turlari 
Leksikada bo‗lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal 
qiladi.
Frazeologik sinonimiya. Ma‘nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. 
Frazeologizmning ma‘nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga 
ko‗ra farqlanadi: [yaxshi ko‗rmoq] – [ko‗ngil bermoq], [er bilan yakson qilmoq] – 
[kulini ko‗kka sovurmoq], [ipidan ignasigacha] – [miridan sirigacha], [qilidan 
quyrug‗igacha] va h. Ma‘nodosh frazeologizmlarning atash semasi bir xil bo‗ladi. 
Masalan, [ipidan ignasiga] – [miridan sirigacha], [qilidan quyrug‗igacha] kabi 
iboralarida «butun tafsiloti bilan» atash semasi umumiy. Ammo ular uslubiy 
xoslanganlik va bo‗yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanadi. 
Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim 
iboralarda ayni bir so‗z bir xil bo‗lishi mumkin. Lekin qolgan so‗zlar sinonim 
leksemaning ko‗rinishlari bo‗lmasligi lozim. [Jonini hovuchlab] va [yuragini 
hovuchlab] iboralarida bir xil so‗z mavjud. Ammo [jon] va [yurak] so‗zlari 
sinonim leksema ko‗rinishi emas. [Ko‗ngliga tugmoq] va [yuragiga tugmoq] 
iboralari frazeologik variant. 


Frazeologik antonimiya. Zid ma‘noli antonimlar bir-biriga teskari 
tushunchani ifodalaydi. Misollar: [ko‗ngli joyiga tushdi] – [yuragiga g‗ulg‗ula 
tushdi], [qoni qaynadi] – [og‗zi qulog‗iga etdi]. 
Frazeologik omonimiya. Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham 
bo‗lishi mumkin. Misollar: [so‗z bermoq I] (―va‘da bermoq‖), [so‗z bermoq II] 
(―gapirishga ruxsat bermoq‖), [boshga ko‗tarmoq I] (―ardoqlamoq‖), [boshga 
ko‗tarmoq II] (―to‗polon qilmoq‖), [qo‗l ko‗tarmoq I] (―ovoz bermoq‖), [qo‗l 
ko‗tarmoq II] (―urmoq‖). 
Frazeologizmdagi darajalanish, giponimiya, funksionimiya, ierarxionimiya kabi 
semantik munosabatlar o‗z tadqiqotini kutmoqda. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin