6-mavzu: Morfemika va so’z yasalishi
Reja:
1.
Morfemika haqida.
2.
So’z yasalishi va uning turlari
Morfemika tilshunoslikning bir qismi boʻlib, tildagi ma‘noli
qismlar haqida
ta‘limot beradi.
Tildagi boʻlinmas, eng kichik ma‘noli qism morfema deyiladi.
Aqlli soʻzi ikki morfemadan tashkil topgan: aql+li.
Aql oʻzak morfema boʻlib,
soʻzning asosiy leksik ma‘nosini ifodalaydi.
-li morfemasi esa oʻzak morfema orqali
ifodalangan belgi yoki predmetga egalik ma‘nosini bildiradi. Koʻrinadiki,
morfemalar
ikki koʻrinishga ega:
1. Oʻzak morfema.
2. qoʻshimcha morfema (qoʻshimcha).
Soʻzda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma‘no ifodalaydigan morfema oʻzak
morfema deyiladi. Oʻzak morfema soʻz yasash uchun qam, forma yasash uchun ham asos
boʻla oladi. Chogʻishtiring: ish+chi, paxta+zor, ish+ga, paxta+da.
Mustaqil leksik ma‘no
ifodalay olmaydigan, soʻzning leksik yoki grammatik
ma‘nolarining shakllanishida xizmat qiladlgan morfemalar qoʻshimcha
morfema
deyiladi: kuch+li, ish+la (soʻz yasayapti), uy+lar, uy+ga (shakl yasayapti).
Soʻzlarni oʻzak va qoʻshimcha morfemalarga ajratishda bu morfemalarning ma‘no
ifodalay olishiga e'tibor berish kerak boʻladi:
quloqchin soʻzida
-chin elementi ma‘no
ifodalaydi; tiril, tirik soʻzlarida esa "tir" qismi ma‘noga ega emas. Shuningdek -xona, -
noma, -xoʻr, -boy kabilar aniq oʻzak morfema ma‘nosidan uzoqlashib, qoʻshimcha
morfemaga aylangan. Morflar turli koʻrinishlarga ega boʻladi. Masalan: ishla soʻzidagi -
la elementi hayda soʻzida -da shaklida kelgan (lekin hay-hayla fe'lida
yana -la tusida
qoʻllangan), hozir ajralmaydigan
unda soʻzida ham aslida shu -da qoʻshimchasi bor (un
ovoz). Bu -la va -da koʻrinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir
koʻrinishi esa morf (allomorf) sanaladi. Bu turli koʻrinishdagi qismlar, morflar bir-biriga
nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol oʻzak morfemalarda ham koʻrinadi:
tashqi soʻzidagi
Dostları ilə paylaş: