2- MAVZU. FONETIKAGA KIRISH
Reja:
1. Fonetikaning predmeti va vazifalari.
2. Fonetika fanining turlari.
3. Fonetik birliklar
Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush
tomoni nutq tovushlari bo‗g`in, urg`u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi
birliklarni o‗z ichiga oladi.
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va
lingvistik-funksional asoslarini o‗rganish, ularning til mexanizmidagi rolini
aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a)
tovush, urg`u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‗rganish;
b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy
fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid
munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik
tahlil ko‗nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-
fonologlar haqida qisqacha ma‘lumot berish.
Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va
supersegment birliklarga bo‗linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va
bo‗g`in kiradi. Bunday birliklar so‗z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi,
yotiq (gorizontal) yo‗nalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi.
Masalan: kitob so‗zidagi 5ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo‗g`in (ki-tob) segment
birliklar, demak, shu so‗z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga
urg`u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so‗zga, frazaga, gapga
yoki nutqqa yaxlit aloqador bo‗lib, ularni so‗z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb
nomlash hollari ham uchraydi.
Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyushaya funktsiya). Bunda fonetik
birliklarning so‗z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish
materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‗zining tarkib
topishida 5 ta tovush (p, a, x, t, a), ikkita bo‗g`in (pax-ta) va bitta so‗z urg`usi
(paxta) "qurilish materiali" vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda
joylashtirilishidan paxta so‗zining tovush qiyofasi - fonetik so‗z shakllangan.
Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud
nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak so‗roq va
buyruq gaplarning o‗ziga xos intonatsiyalari, she‘riy misralardagi ohang
tovlanishlari bunga misol bo‗ladi;
2) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatel‘naya funktsiya). Bunda fonetik so‗z
tarkibidagi fonetik birliklarning shu so‗zni va uning ma‘nosini "tanib olish" va
"eslab qolish" uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: so‗z va uning ma‘nosi (yoxud
morfema va uning ma‘nosi) shu so‗zning (yoki morfemaning) fonetik qobig`i
tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi. Masalan, inson paxta so‗zini (fonetik
so‗zni) eshitganda yoki o‗qiganda, uning xotirasida "g`o‗za o‗simligining oq tolali
yumshoq mahsuli", taxta so‗zini eshitganda yoki o‗qiganda esa "g`o‗ladan
uzunasiga tilib olingan yassi yog`och bo‗lagi" esga keladi, bu hol har bir so‗zning
fonetik qobig`i bilan shu so‗zning mazmun planidagi ma‘nolar o‗rtasida doimiy
aloqa borligidan (shakl va mazmun birligidan) dalolat beradi. Ko‗pchilik
so‗zlarning fonetik tarkibi o‗zaro farqli bo‗lishini hisobga olsak, bunday farqlar
so‗z ma‘nolarini tafovutlash uchun xizmat qilishi ham ma‘lum bo‗ladi: "qishloq"
ni "pishloq"dan, "g`o‗za"ni "ko‗za"dan, "uy"ni"kuy"dan farqlash imkoni yaratiladi.
Demak, so‗z va grammatik formalar o‗zining tovush materiyasi tufayligina nutqda
ma‘lum ahamiyat kasb etadi. Tovushgina so‗z yoki so‗z shaklini eshituvchi uchun
borliq tusiga kiritadi.
Fonetika fani tilning tovush tomonini turli usulda va turli maqsadlarda o‗rganadi,
shunga ko‗ra uning quyidagi turlari o‗zaro farqlanadi:
1. Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun
umumiy bo‗lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha
tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik)
asosi va lingvistik-funksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema
tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (ziddiyatlar)
va korrelyatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar
shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo‗lgan bunday
nazariy masalalarni ko‗rish umumiy fonetika predmeti sanaladi.
2. Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida
ma‘lumot beradi: o‗zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.
Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o‗rganishda umumiy
fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to‗plangan
tajribalarga tayanadi.
Uning quyidagi ikki turi bor:
a) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik
hodisalar va faktlar statik holatda (shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan
bog`lanmay) o‗rganiladi. Xususan, "Hozirgi o‗zbek adabiy tili fonetikasi" ham
aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o‗zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda
mavjud bo‗lgan fonetik faktlar (unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat
belgilari, tasnifi, urg`u, bo‗g`in va hokazolar) hozirgi o‗zbek tilida qanday bo‗lsa,
shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog`lanmay) o‗rganiladi.
Hozirgi o‗zbek adabiy tilining tavsifiy fonetikasi "Hozirgi o‗zbek adabiy tili" kursi
bo‗yicha nashr etilgan ko‗pchilik darsliklarda, shuningdek, "Uzbekskiy yazik"
(Reshetov V.V., 1959 g.), "Osnovi fonetiki i grammatiki uzbekskogo yazika "
(Reshetov V.V., 1965 g.), "Obshaya xarakteristika osobennostey uzbekskogo
vokalizma" (Reshetov V.V., 1949 g.), "Foneticheskaya sistema uzbekskogo
literaturnogo yazika" ADD (Maxmudov A., 1980 g.), "Hozirgi o‗zbek adabiy tili"
dan metodik ko‗rsatmalar va konspektiv kurs: fonetika, orfoepiya, grafika va
orfografiya (Tursunova T., Jamolxonov H., 1981y.), "O‗zbek tili fonetikasi"
(Mirtojiyev M.M., 1991y., 1-nashri; 1998y., 2-nashri), "Hozirgi o‗zbek adabiy
tili". Ma‘ruzalar matni (Jamolxonov H.,2000 y.) kabi ishlarda hamda "Sochetanie
glasnix i soglasnix v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike" (I. Ishaev,
1985 g.), "Reduktsiya glasnix v uzbekskom yazike: tip, funktsiya,
programmirovanie" (S. Atamirzaeva, X. Yuldasheva, D. Mamatov, 1985 g.) kabi
maqolalarda bayon etilgan;
b) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik
hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog`lab o‗rganiladi,
shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy
o‗zgarishlar (divergensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va
yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko‗ra u diaxron fonetika deb ham
yuritiladi.
3. Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, o‗zbek,
qozoq, qirg`iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va
xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi.
O‗zbek va rus tillari fonetikasini qiyosan o‗rganish rus maktablarida o‗zbek tilini,
o‗zbek maktablarida esa rus tilini o‗qitish uslubiyatini takomillashtirish nuqtai
nazaridan, shuningdek, o‗zbek-rus bilingvizmi (ikki tilliligi) masalalarini, bunday
bilingvizmning har ikkala til strukturasi va sistemasiga ta‘sirini aniqlash
pozitsiyasidan foydalidir.
4. Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq
tovushlarining fizik-akustik va artikulyatsion jihatlari maxsus asboblar
(pnevmograf, ossilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq
qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi,
tembri, spektri, cho‗ziqlik darajasi), ularning artikulyatsiyasi (hosil bo‗lish o‗rni,
usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik
jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi.
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‗zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida
so‗zlar va shu so‗zlarning o‗zaro bog‗lanishini ta‘minlovchi grammatik vositalar
(qo‗shimchalar, yordamchi so‗zlar) ma‘lum nutq tovushlari orqali shakllanadi.
Masalan: Biz ulug‗ayyomni mana shu cho‗lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov).
Bu gapni tuzishda biz, ulug‗ , ayyom, mana, shu, cho‗l, kutib, olmoq so‗zlari,
ularning o‗zaro bog‗lanishini ta‘minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‗shimchasi), -
yap (zamon ma‘nosini ifodalovchi qo‗shimcha), -miz (shaxs-son qo‗shimchasi)
qo‗shimchalari qatnashgan; har bir so‗z va qo‗shimcha esa nutq tovushlari
vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug‗ - u, l, u, g‗ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi)
shakllandi.
Ko‗rinadiki, nutq tovushlari so‗z va gaplarni tuzishda moddiy baza
hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.
Fonologiya so‗zi tarjima qilinganda ―tovush haqidagi ta‘limot‖ degan
ma‘noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta‘limot). Bu bo‗limda tovushlarning
so‗z va morfemalar ma‘nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika
bo‗limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada,
ta‘bir joiz bo‗lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‗rganiladi.
Tovush va fonema
Tovush bilan fonemani o‗zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan
bo‗linmaydigan eng kichik birligidir, u ma‘no ifodalamaydi, lekin har qanday so‗z
tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma‘lum bir
tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma‘nodagi
so‗zlar hosil qilinadi. So‗zlar tovush tarkibiga ko‗ra turlicha bo‗ladi.
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so‗zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh –
ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og‗ , og‗ - ox; oz – iz,
iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, ko‗za – g`o‗za kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko‗ra farq qiladigan so‗zlar. Masalan:
qo‗y – yo‗q (birinchi so‗z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so‗zning oxirida
qo‗llanadi.)
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so‗zlar: o‗lka – yo‗lka, et-
bet, sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o‗roq - so‗roq kabi.
Demak, so‗zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to‗rt va hokazo
miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo‗ladi.
Fonema so‗z ma‘nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir.
Masalan: bal - bel –bil –bol – bo‗l so‗zlari tarkibidagi a, e, i, o, o‗ tovushlari so‗z
ma‘nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor,
nor, tor, xor, chor, qor so‗zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch,
q ) ham shunday vazifa bajargan.
Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi
(aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma‘no farqlashi (ba‘zi darsliklarda ―lingvistik tomoni‖
deyiladi)4 .
Bular ichida fonemaning ma‘no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks
holda tovush fonema sanalmaydi.
Fonetik akustika
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan
sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu
tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o‗pkadan kelayotgan
havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo‗ladigan ovoz va nutq
organlarida hosil bo‗ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari
akustikasida ko‗yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma‘lum vaqt ichida un
paychalarining tebranish miqdoriga ko‗ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‗p
tebransa, tovush baland bo‗ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past
chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma‘lum kenglikdagi maydondan ma‘lum
vaqtda o‗tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov
4 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – T.: ―O‗zbekiston‖
nashriyoti. 1992, 15-bet.
shunday yozadi: ―Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda
o‗tadigan energiya miqdoridir‖5 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari
tebranishi kengligiga bog‗liq: tebranish kengligi katta bo‗lsa, tovush kuchli
chiqadi, bu kenglik kichik bo‗lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo‗ladi.
Tovushlarning tembri og‗iz bo‗shlig‗i va burun bo‗shlig‗ining hajmi, shakliga,
tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‗lishiga bog‗liq.
4. Tovushning cho‗ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan
vaqt bilan o‗lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‗ziq; tebranish qisqa
davom etsa tovush qisqa bo‗ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a‘zolari deb
yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a‘zolarining nutq tovushlarini hosil
qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a‘zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o‗pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‗li (traxeya).
2. Bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‗aylar
hamda un paychalari joylashgan.
3. Og‗iz bo‗shlig‗ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va
tishlar joylashgan .
4. Burun bo‗shlig‗i.
5. Markaziy nerv sistemasi.
Nutq a‘zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a‘zosining vazifasi
xususida to‗xtalib o‗tamiz.
O‗pka inson organizmini kislorod bilan ta‘minlovchi a‘zo ekanligi
hammaga ma‘lum. Nutq a‘zosi sifatida esa o‗pka nutq tovushlarining hosil
bo‗lishi uchun zarur bo‗lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya‘ni inson nafas
olganida o‗pka va undagi bronxlar havoga to‗ladi va bu havo oqimi tashqariga
qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo
5 Jamolxonov H.A. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. - T.: ―Talqin‖ nashriyoti. 2005, 25-bet
.
oqimi nafas yo‗li orqali bo‗g‗izga tomon harakatlanadi. Bo‗g‗izdagi
cho‗michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon
tog‗aylar un paychalarini ushlab turuvchi a‘zolardir. Un paychalari esa ovoz
manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o‗xshab havo urilishi
natijasida ovoz chiqaradi (simyog‗ ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi
natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‗z oldingizga keltiring). Og‗iz bo‗shlig‗i
tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a‘zodir. Til juda ko‗p tovushlarni
hosil qilishda ishtirok etadigan a‘zodir. Tilning turlicha harakati va holati
natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo‗ladi. Kichik til ham ayrim
tovushlarning (q, g‗ , x) hosil bo‗lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi,
cho‗chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida
turli tovushlar hosil bo‗ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan
sirg‗alib chiqishi natijasida hosil bo‗ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo‗lishida havo
oqimining bir qismi burun bo‗shlig‗i orqali o‗tib, tashqariga chiqadi. Markaziy
nerv sistemasi nutq a‘zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita
boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a‘zosining tovushlarni hosil qilishda
o‗z vazifasi bor.
So‗z ma‘nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar
fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg‗u, ohang
(ohang) kiradi. So‗z ma‘nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida
yuqorida fikr yuritildi. Lug‗at tarkibidagi barcha so‗zlar, grammatik shakllar ana
shu fonemalarining ma‘lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi.
Ayrim hollarda o‗xshash bo‗lgan (omonim) so‗zlarning ma‘no va grammatik
shakllarini farqlashda urg‗u (leksik urg‗u) fonetik vosita bo‗lishi mumkin.
Masalan: olm (predmet, mevaning bir turi), lma (harakat, olmoq fe‘lining
bo‗lishsiz shakli, -ma qo‗shimchasini ajratish mumkin); akadem k (predmet, ot),
akadem k (belgi, sifat); gull r (ot, ―ko‗p gul‖ ma‘nosida), g llar ( fe‘l,
―gullamoq‖).
Gapning maqsadga ko‗ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita
bo‗lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so‗roq
gap).
Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha
farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‗lishida o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz
bo‗shlig‗ida hech qanday to‗siqqa uchramasdan o‗tadi, undosh tovushlarni hosil
qilishda esa o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz bo‗shlig‗ida turli to‗siqlarga
uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‗ladi; 2) unli tovushlarni cho‗zib
talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‗zib talaffuz qilib bo‗lmaydi; 3) unli
tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa
tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham
(jarangsizlarda) mumkin.
Unli tovushlar va ularning tasnifi
Har bir til o‗zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi.
O‗zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‗, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‗ra.
Og‗iz bo‗shlig‗ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda
oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu
harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal
harakatiga ko‗ra ikki guruhga bo‗linadi:
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‗, u.
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‗ra.
Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‗tarilishi va tushishi
vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og‗izning ochilish darajasi har xil bo‗ladi.
Chunonchi, i, u unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning
uchun ham og‗izning ochilish darajasi tor bo‗ladi; aksincha, a, o tovushlarini hosil
qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan
tanglay o‗rtasidagi oraliq keng bo‗ladi; e, o‗ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan
tanglay o‗rtasidagi oraliq o‗rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo‗ladi.
Ko‗rinadiki, tilning vertikal harakati og‗izning ochilish darajasini (tor, keng, o‗rta
keng) belgilaydi. SHuning uchun unlilar tilning vertikal harakati (yoki og‗izning
ochilish darajasi)ga ko‗ra uch guruhga bo‗linadi:
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‗rta keng unlilar: e, o‗.
3) quyi keng unlilar: a, o.
3. Lablarning ishtirokiga ko‗ra.
Unlilar talaffuzida lablarning roli ham kattadir. Ayrim unlilar talaffuzida
lablar albatta qimirlaydi, ya‘ni ular doira shaklini oladi, ayrimlarida esa nisbatan
kam qimirlaydi. Shunga ko‗ra unlilar ikki guruhga bo‗linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‗, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unli tovushlar tasnifini quyidagi jaldvalda aks ettirish mumkin:
Lablarning
ishtirokiga ko‗ra
Tilning
gorizontal
harakatiga
ko‗ra
Tilning
vertikal
harakatiga ko‗ra
Old qator
Orqa qator
Lablanmagan
I
Yuqori tor unlilar
Lablangan
u
Lablanmagan
E
O‗rta (keng) unlilar
Lablangan
o‗
Lablanmagan
A
Quyi (keng) unlilar
Lablangan
o
Unli tovushlar tavsifi
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (ipak), so‗z o‗rtasida (tilak) va so‗z oxirida (tulki) keladi.
2) so‗z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‗irot,
oxir.
4) cho‗ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e tovushiga moyil varianti bor: mix-mex.
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (urmoq), so‗z o‗rtasida (tugun) va so‗z oxirida (urg‗u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‗ulg‗ula, tuxum so‗zlarida esa til orqa varianti qo‗llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya‘ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul,
tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida, so‗zning birinchi bo‗g‗inida keladi: eshik, elak, e‘tibor, kel, bet
kabi.
2) jonli nutqda sheva ta‘sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o‗g‗uz shevalarida a tovushiga o‗tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb –
dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (ari), o‗rtasida (daftar) va so‗z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g‗ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz
qilinadi: g‗azab, xabar.
3) ba‘zi so‗zlarda sheva ta‘sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla –
shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (olim), o‗rtasida (toza) va so‗z oxirida (bobo) keladi.
O‗ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‗zlarning asosan birinchi bo‗g‗inida uchraydi: o‗g‗il, bo‗ri, to‗g‗ri,
o‗rin, bo‗yin.
2) o‗zlashma so‗zlarning oxirgi bo‗g‗inida ham keladi: ro‗baro‗, xushro‗y, gulro‗,
kubok, (kubo‗k).
3) til oldi varianti ham bor: o‗rik, ko‗l, cho‗l.
Undosh tovushlar va ularning tasnifi
Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‗zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal
so‗zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so‗zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l,
m, n, ng (tong so‗zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‗ , h. Sirg‗aluvchi
j, f tojik va boshqa tillardan o‗zlashgan so‗zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika,
tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga
bo‗linadi:
1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo‗luvchi tovushlar bo‗lib,
ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlarining ba‘zilari ikki lab orasida paydo bo‗ladi: ba‘zilari esa
(masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so‗zlardagi v; telefon, kefir,
fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so‗zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar
orasida hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra lab undoshlarini ikki turga bo‗lish mumkin:
a) lab-lab undoshlari: b, m, p;
b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo‗lib,
ularga quyidagi undoshlar kiradi: g, d, j (gijda so‗zidagi kabi), j (jiyda so‗zidagi
kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‗ (jami 18 ta).
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‗lishiga ko‗ra ham bir-biridan farq
qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi
undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi
tilning o‗rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g‗ tovushlari esa
til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo‗g‗izga yaqin joydi)
hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra, til undoshlari o‗z navbatida 4 guruhga bo‗linadi.
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta );
b) til o‗rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang);
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‗ , x.
3) bo‗g‗iz undoshi. Bo‗g‗iz undoshi faqat bitta h tovushidan iborat bo‗lib, u
bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida un paychalari orasidagi tor oraliqda hosil bo‗ladi (jadvalga
qarang).
E s l a t m a : Shuni aytish kerakki, v tovushining lab-lab varianti ham mavjud:
ov, qovun, bevosita, birov. Shuningdek f tovushining ham lab-lab varianti bor:
vafo, puf, tufurmoq, juft. Tilshunos H.A.Jamolxonov ―lab-tish v ni lab-lab v ning
fakultativ varianti deb qarash to‗g‗riroq bo‗ladi‖ degan fikrni bildirgan.6
2. Hosil bo‗lish usuliga ko‗ra undosh tovushlar uch turga bo‗linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a‘zosining o‗zaro jipslashuvi va
o‗pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a‘zolariga ma‘lum zarb bilan
urilib, portlab o‗tishidan hosil bo‗ladigan tovushlar bo‗lib, ularga: b, g, d, j (jo‗ja
so‗zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p
undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to‗siqdan, d, j (jajji
so‗zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk
orasidagi to‗siqdan, k, g undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan
tanglayning orqa qismi orasidagi to‗siqdan portlab o‗tadi. Bu undoshlardan ch, j
(jadval so‗zidagi) o‗ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib
turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo‗lishida tilning old qismi milkka taqaladi,
lekin odatdagi portlash yuz bermay, og‗iz bo‗shlig‗iga kelgan havo, asosan,
sirg‗alib chiqadi. Natijada, to‗la bo‗lmagan portlash (t + sh = ch kabi) qorishiq
(affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j
tovushi esa portlovchi d va sirg‗aluvchi j tovushlari oralig‗idagi tovushdir,
shuning uchun Juma, Jahongir so‗zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida
yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga
ajratiladi.
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;
b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon)
2) sirg‗aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a‘zosining o‗zaro yaqinlashishi va
havo oqimining ana shu nutq a‘zolari orasidan sirg‗alib chiqishi bilan hosil
bo‗ladigan tovushlar bo‗lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‗, h
undoshlari kiradi.
6 1. Jamolxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 59-bet.
Havo oqimining ikki lab o‗rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi
tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o‗rta qismi bilan
qattiq tanglayning o‗rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi y undoshini;
tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o‗rtasidagi tor oraliqdan sirg‗alib
o‗tishi g‗, x undoshlarini; bo‗g‗izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan
sirg‗alib o‗tishi esa h undoshini vujudga keltiradi.
3) portlovchi-sirg‗aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o‗zida ham portlash,
ham sirg‗alish jarayonlarining ro‗y berishi natijasida hosil bo‗ladi. Ularga m, n, ng,
l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo‗lish usuliga ko‗ra boshqa
undoshlar (portlovchilar, sirg‗aluvchilar)dangina emas, o‗zaro ham farq qiladi va
uch guruhga bo‗linadi:
a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil bo‗lishida o‗pkadan
kelayotgan havo oqimining bir qismi og‗iz bo‗shlig‗idan lablarning to‗sqinligiga
uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo‗shlig‗idan sirg‗alib
chiqadi, n undoshining hosil bo‗lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka
tegib, yarim portlash ro‗y beradi, burun yo‗li ochiq bo‗lgani uchun, havo
oqimining qolgan qismi burun bo‗shlig‗i orqali sirg‗alib chiqadi. Tilning orqa
qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va
havo oqimining bir qismi burun bo‗shlig‗i orqali sirg‗alib chiqishi ng tovushini
vujudga keltiradi.
b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka
tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg‗alib o‗tishi uning og‗iz
bo‗shlig‗idan qisman portlab, qisman sirg‗alib chiqishiga sabab bo‗ladi.
d) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o‗pkadan chiqayotgan havo to‗lqini
tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi esa
havo oqimining og‗iz bo‗shlig‗idan portlab-sirg‗alib chiqishiga olib keladi.
Demak, portlovchi-sirg‗aluvchi undoshlarning hosil bo‗lishida ham portlovchilarga
xos bo‗lgan ikki a‘zoning jipslashuvi, ham sirg‗aluvchilarga xos bo‗lgan ikki nutq
a‘zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo‗shlig‗idan) sirg‗alib o‗tishi sodir
bo‗ladi.
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra undosh tovushlar dastlab ikki turga
bo‗linadi:
1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan
ko‗p yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar bo‗lib, bu guruhga b, v, g, d, j
(ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g‗, h undoshlari kiradi. Shuning
uchun ham shovqinli undoshlar un paychalarining ishtirokiga, tarkibida ovozning
ishtirok etish-etmasligiga ko‗ra, ikkiga bo‗linadi:
a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta) talaffuz qilish paytida un paychalari titraydi,
shuning uchun uning tarkibida ovoz qatnashadi, lekin ovoz miqdori shovqinga
nisbatan ozroqdir. Jaranglilar shu bilan sonorlardan farq qiladi: v, b, g, d, j (garaj),
j (jo‗xori), z, y, g‗ .
b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta) talaffuzida un paychalari qatnashmaydi, bu
undoshlar faqat shovqinning o‗zidan iborat bo‗lgan, tarkibida ovoz mutlaqo
ishtirok etmaydigan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Ba‘zi jarangli va
jarangsiz undosh tovushlar hosil bo‗lish o‗rni jihatdan juftlik (8 ta) hosil qiladi: b –
p, v – f, g - k, d – t, j(qorishiq) – ch, j(sirg‗aluvchi) – sh, z - s, g‗ - x .
2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) tarkibida
ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‗lib, ularga m, n, ng, l, r undoshlari
kiradi. Bunday ovozdor undoshlarning hosil bo‗lishida un (ovoz) paychalari faol
ishtirok etadi – bu tovushlar un paychalarining titrashidan hosil bo‗ladi, shuning
uchun ham ular unli tovushlarga birmuncha yaqin turadi. Ammo bu undoshlar
o‗pkadan chiqib kelayotgan havo oqimining og‗iz bo‗shlig‗ida to‗siqqa uchrab,
qisman shovqin hosil qilishi natijasida hosil bo‗ladi.
Undosh tovushlarning tasnifini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:
Ovoz va
shovqinning
ishtirokiga
ko‗ra
Hosil
bo‗lish
usuliga
ko‗ra
Hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra
Lab
undoshla
ri
Til undoshlari
Bo
‗g
‗i
z
u
n
d
o
sh
i
lab-
lab
lab-
tish
til
oldi
til
o‗rt
a
til
orq
a
chuq
ur
til
orqa
Sh
o
v
q
in
li
lar
Jarangli
Po
rt
lo
v
ch
il
ar
Sof
portlov
-chilar
B
d
g
jarangsiz
P
t
k
q
jarangli
Qori-
j
jarangsiz
shiq
portlov
-chilar
ch
jarangli
Sirg‗aluv-
chilar
V
v1 j1, z y
g‗
jarangsiz
F
f1
s,
sh
x
h
O
v
o
zd
o
r (s
o
n
o
r)l
ar
jarangli
Po
rt
lo
v
ch
i-
Si
rg
‗al
uv
ch
i-
lar
Buru
n
tovu
sh-
lari
M
n
ng
Yon
tovu
sh
l
Titro
q
tovu
sh
r
Undosh tovushlar tavsifi
B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida
(bahor), o‗rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu tovush so‗z oxirida
kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob-
odop. Bu tovush ko‗pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe‘l birikib
talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba‘zan shunday yoziladi: kabob –
kavob, qobirg‗a - qovurg‗a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko‗ra ber – ko‗raver
kabi.
So‗z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga
o‗tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m
tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga
va h.
V tovushi – lab-lab va lab-tish, sirg‗aluvchi, jarangli undosh tovush. So‗zning
boshida (vazifa, vafo), o‗rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o‗tov, birov)
kela oladi. Sof o‗zbekcha so‗zlarda bu tovush so‗z boshida deyarli qo‗llanmaydi.
M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg‗aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush
bo‗lib, so‗zning boshida (mehr, mo‗ylov, mulk), o‗rtasida (omon, umr) va oxirida
(tom, bodom, qadam) kela oladi.
P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗zning
boshida (pilla, po‗choq, parda), o‗rtasida (opa, qipiq, to‗piq) va oxirida (cho‗p, top,
sop) kela oladi. Ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg‗aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, faqat o‗zbek
tiliga arab, fors va rus tillaridan o‗zlashgan so‗zlarning boshida (faqir, oftob,
fabrika), o‗rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba‘zi
so‗zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida.
Bunday o‗zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |